Dasturning informasion-metodik ta'minoti
O'zbek adabiyotiga oid darsliklar, o'quv qo'llanmalari, dissertasiya va monografiyalar, internet ma'lumotlari dasturning informasion-metodik ta'minotini tashkil etadi.
Dasturdagi mavzularni o'tishda ta'limning zamonaviy metodlaridan keng foydalanish, o'quv jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish samarali natija beradi. Bu borada zamonaviy pedagogik texnologiyalarning “Klaster”, “Matbuot konferensiyasi”, “Bumerang”, “Yelpig'ich”, “Zinama-zina”, “Toifali jadval”, “ko'rgazmali taqdimot”, “Rezyume” hamda «Muammoli ta'lim» texnologiyasining «Munozarali dars» metodi, shuningdek, tilshunoslik nazariyasi va umumiy tilshunoslikka doir slaydlardan foydalanish, didaktik va rolli o'yin usullarini qo'llash nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |