antifomsilan
—tez
ta’sir ko‘rsatuvchi va ko‘pikni bartaraf etuvchi samarador vosita xisoblanadi,
chunki unda maxalliy ta’sirlantirish xossasi yo‘q.
4.Narkotik analgetiklar (morfin, fentanil, talamonal)- o‘pka shishini davolashda
keng qo‘llaniladi, chunki ular pireferik arteriya va venalarni kengaytirib,
yurakka venalar orqali qaytuvchi qon xajmini kamaytiradilar, ya’ni qon xajmini
taqsimlanishi o‘zgarib, kichik qon aylanish doirasida bosimni kamaytiradilar.Bu
o‘z navbatida o‘pka shishini bartaraf etilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
5. Yurak glikozidlari ayrim xolatlarda (masalan; yurak etishmovchiligida ) o‘pka
shishini davolashda samarali xisoblanadi, chunki yurak qisqarishlari kuchi ortib
o‘pkada qon dimlanish darajasi kamayadi.Lekin mitral klapan stenozi tufayli
yuzaga kelgan yurak etishmovchiligidagi yurak glikozidlari o‘pka shishini
kuchaytiradilar, chunki o‘ng qorinchadan o‘pkaga ko‘proq qon kela boshlaydi,
undan chap qorinchaga qon kam o‘tayotganligi sababli qon dimlanish darajasi
ortadi.
6.O‘pka shishini davolashda qo‘llaniladigan dorilar tarkibiga ko‘pincha
glyukokortikoid ham kiradi, chunki ular yallig‘lanishni kamaytiruvchi va
immunosupressiv ta’sir ko‘rsatadilar.
7.O‘pka shishini davolashda oksigenoterapiya universal uslub xisoblanadi,
chunki u organizmni kislorod bilan ta’minlanishini kuchaytiradi.
8. Surfaktantlar.O‘pka etishmovchiligiga olib keluvchi o‘pka shishida o‘pka
surfaktanti miqdorini kamayib ketishi, ayniqsa chaqaloqlarda distress-
sindromiga olib keladi (og‘ir xastalik). Surfaktantlar alveolalardagi maxsus
xujayralar ishlab chiqaruvchi yuqori satx faolligiga ega bo‘lgan moddalar
bo‘lib, asosan fosfatidilxolinlar, sfingomielin kabi fosfolipidlardan iborat
.Ularning asosiy vazifasi o‘pka suyuqligini sirt tarang- ligini kamaytiradi va
alveolalar to‘qimasini elastlikligini ta’minlaydi.Ularning etishmasligi ayniqsa
chaqaloqlarda o‘pkaning interstitsial shishiga va keng tarqalgan atelektazlariga
- 475 -
olib keladi.Natijada alveola-kapilyar membranalarda gaz almashinuvi (ularning
diffuziyasi) buzilib o‘tkir o‘pka etishmovchiligini rivojlanishiga sabab
bo‘ladi.Bunday xolatlarda sun’iy nafas oldirish bilan bir qatorda, endogen
surfaktantlarni o‘rnini to‘ldiruvchi preparatlar qo‘llaniladi.Ushbu surfaktantlar
guruxiga K o l f o s s e r i l p a l m i t a t (ekzosurf- sentetik preparat pediatriya
uchun), A l v e o f a k t (qora mol o‘pkasidan juda tozalangan surfaktant)
kiradi.Ular asosan intratreaxial yo‘l bilan kiritiladi (2 marta). Bulardan tashqari
S u r f a k t a n t HI (amnion suyuqligidan olingan, quruq liofillangan kukun
bo‘lib, tarkibida asosan fosfolipidlar va 0,5 mg oqsil bor ) va K u r o s u r f
(cho‘chqalarning o‘pkasidan olingan tayyor, steril fosfolipidlar suspenziyasi
bo‘lib tarkibida asosan fosfotidilxolin 80 mg/ml, xamda SP-B va SP-C
molekulyar og‘irligi past bo‘lgan oqsillar bor ) preparatlari ham
mavjud.
- 476 -
Do'stlaringiz bilan baham: |