O’quv darslik


Q-T oraliq  qisqarishi kuzatiladi. L



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/482
Sana27.03.2022
Hajmi12,93 Mb.
#513455
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   482
Bog'liq
Xarkeevich o\'zbekcha

Q-T oraliq 
qisqarishi kuzatiladi. L
idokain miokard qisqaruvchanligini o’zgartirmaydi yoki 
birmuncha pasaytiradi. Unda vagolitik xususiyatlar mavjud emas. Qon 
aylanishiga ta’sir ko’rsatmaydi. Lidokain odatda vena ichiga yuboriladi 
Preparat tez rivojlanuvchi va qisqa muddatli ta’sir bilan xarakterlanadi (bir marta 
yuborilgandan so’ng 10-20 minut davomida ta’sir ko’rsatadi). Lidokainning katta 
qismi jigarda parchalanadi. Jigar patologiyasi va uning qon aylanishi buzilganda 
preparatning metabolizmi kamayadi. Uni qo’llashga asosiy ko’rsatma qorincha
aritmiyasida (ekstrasistoliya va taxikardiyada, miokard infarktida, yurakni ochiq 
operastiyasida, operastiyadan so’ng). Preparatni odatda yaxshi ko’taradi. 
Lidokain unumlariga meksiletin kiradi va aritmiyaga qarshi vosita 
hisoblanadi. Lidokaindan farqli ravishda bu dori modda enteral yuborilganda 
samarali ta’sirga ega bo’ladi. Meksiletin ichakdan yaxshi so’riladi. Uzoq vaqt 
ta’sir qiladi (6-8 soat), ammo uning terapevtik kengligi katta emas. Yurak va 
gemodinamika tomonidan nojuya ta’sirlarni chaqirishi mumkin, shuningdek 
nevrologik o’zgarishlar ham kelib chiqishi mumkin. Qorincha ekstrasistoliyasida 
qo’llaniladi. 
Difenin (difenilgidantoin, fenitoin) epilepsiyaga qarshi vosita hisoblanadi. 
Shu bilan birga unda lidokainga o’xshab aritmiyaga qarshi faollikka ega. Preparat 
Purkine tolalaridagi diastolik depolyarizastiya tezligini kamaytiradi (qorincha-
bo’lmacha tugunida emas), va avtomatizmni pasaytiradi . Amalda 
o’tkazuvchanlikka ta’sir qilmaydi. Lidokain kabi difenin samarali refrakter 
davriga nisbatan harakat potenstialini toraytiradi. 
Q-T oralig‘ini qisqartiradi. 
Sh
unday qilib, difenin faqatgina avtomatizmni susaytirish xususiyati bo’yicha 
xinidin bilan o’xshash bo’ladi. Miokardni qisqaruvchi aktivligiga va qon 
bosimiga terapevtik dozalarda ta’sir ko’rsatmaydi. MNS ta’siri natijasida yurakni 


- 398 -
innervastiya qiladigan efferent, adrenergik tolalarda impulsastiyani kamaytiradi. 
Difenin oshqozon-ichak traktidan sekin so’riladi. Plazmada difenin asta-sekin 
kamayadi, shuning uchun kumulyastiya ehtimoli mavjud. Difeninning asosiy 
miqdori jigarda parchalanadi (> 95%). Uning o’zgartirilgan mahsulotlari 
buyrakdan orqali chiqib ketadi. Difenin ichishga ba’zan vena ichiga qabul 
qilinadi, natriyli tuz shaklida yuboriladi. 
Yurak glikozidlari bilan zaharlangandagi taxiaritmiyalarda difenin qo’llaniladi. 
Bunday holatlarda difenin avtomatizmni pasaytirib, ritm buzilishini bartaraf 
qiladi lekin, yurak glikozidlarini inotrop ta’siri saqlanib qoladi va yurak 
o’tkazuvchanligiga ta’sir ko’rsatmaydi. Difenin har-xil turdagi qorinchalar 
aritmiyasida faol modda hisoblanadi. 
Difenin vena ichiga qo’llanganda o’tkir nojuya ta’sirlar aritmiya, gipotenziya 
kuzatiladi. Uzoq vaqt enteral yuborilganda preparat turli nojuya ta’sirlarni 
ko’rsatishi mumkin (9 bobga qarang). 
Propafenon asosan qorinchalar usti aritmiyasi shuningdek, qorinchalar 
aritmiyasida boshqa preparatlar samarasiz bo’lganda qo’llaniladi (ichishga va 
ba’zan vena ichiga buyuriladi).
Nojuya ta’sirlari tez-tez kuzatiladi (
1
/z-
1
/

bemorlarda). Ko’ngil aynash, qayt 
qilish, qabziyat, holsizlik, bronxospazm va b. Kuchli aritromogen ta’sirga ega. 
Propafenonni o’tkazuvchanlik buzilganda, yurak etishmovchiligida, 
kardiogen shokda qo’llash tavsiya qilinmaydi . 
Bu guruhga fenotiazin unumlaridan etmozin va etastizinni kiritish mumkin. 
Ikkalasi aralash ta’sirga ega preparat sanaladi. Etmozin natriy kanallarini 
bloklovchi barcha uch guruh xususiyatlarini birlashtiradi (IC, IB, IA). Etastizin 
nafaqat natriy balki kalstiy kanallarini ham bloylaydi (IC, IV). 
Etmozin yurak bo’lmacha-qorincha tugunida, Gis tutamida va Purkine 
tolalarida o’tkazuvchanlikni pasaytiradi. Amalda repolyarizastiya tezligini 
o’zgartirmaydi. 
Arterial bosim va yurak qisqarishi chastotasi sezilarli oshadi. Yurak toj 


- 399 -
tomirlarida qon aylanishi biroz yaxshilanadi. Miokard qisqaruvchanligiga deyarli 
ta’sir ko’rsatmaydi. 
Hazm qilish traktidan yaxshi so’riladi. Biokirishuvchanligi 40%. Jigarda to’liq 
metabolizmga uchraydi. Metabolitlari buyraklar orqali chiqariladi. 
Preparat qorinchalar va qorinchalar usti aritmiyasida samarali ta’sir 
ko’rsatadi. Ammo etmozinning yuqori aritmogen ta’sirga ega bo’lgani sababli 
qorinchalar aritmiyasida boshqa dori moddalari ta’sir qilmaganda qo’llaniladi. 
Nojuya ta’sirlari 2-5% bemorlarda kuzatiladi. Bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, 
holsizlik, dispnoe, taxikardiya, paresteziya, qorin sohasidagi og‘riq, mialgiya, 
diareya va hokazolar kuzatiladi. 
Etastizin kuchli aritmiyaga qarshi ta’sirga ega. Avtomatizm va 
o’tkazuvchanlikni pasaytiradi. Kalstiy kanallariga bloklovchi ta’sir ko’rsatgani 
uchun miokardni qisqaruvchanligini kamaytiradi. 
Qo’llanilishi va qo’llash man etiladigan xolat etmozinga o’xshash. Nojuya 
ta’sirlari etmozinga nisbatan ko’proq kuzatiladi (bosh aylanishi, quloq 
shang‘illashi, ko’rishni buzilishi, paresteziya va hokazo). Eng ko’p uchraydigan 
nojuya ta’sirlar etastizinni vena ichiga yuborilganda namoyon bo’ladi. Shuning 
uchun preparatni enteral yuborish maqsadga muvofiqdir. 
Natriy kanallari blokatorlariga shuningdek allapinin ham kiradi. U lappakonitin 
alkaloidi gidrobromidi hisoblanadi. Eksperimentlarda yaxshi o’rganilmagan. 
Yurak bo’lmachasi va qorinchalardan qo’zg‘aluvchanlik o’tishini sekinlashtiradi. 
Miokardning 
qisqaruvchanlik 
aktivligiga deyarli ta’sir ko’rsatmaydi. 
Gipotenziyani chaqirmaydi. Qorincha usti va qorinchalar ekstrasistoliyasida 
hamda taxiaritmiyada qo’llaniladi. Ichishga qabul qilinadi. Allapinin ko’pincha 
nojuya ta’sirlarni chaqiradi (bosh aylanishi, diplopiya, bosh og‘rig‘i, aritmiya, 
allergik reakstiyalar). 

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   482




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish