YURAK GLIKOZIDLARI
Yurak glikozidlari - bu moddalar o’simliklardan olinadigan kardiotonik
ta’sirga ega bo’lgan moddalardir. Ular miokarda ish faolitini oshirib, yurakni
tejamligini va samaradorligini ta’minlaydi. Yurak glikozidlari, ko’pincha
yurakni ishemik kasalliklari natijasida, har xil etiologiyali miokardni
jarohatlarida, yurak qisqaruvchanligi ritmi buzilganda qo’llaniladi.
Yurak glikozidlari qandsiz qismi (aglikon yoki genin) va qandli
(glikondan) iborat. Aglikon glikozidlarning asosiy qismi steroid —
stiklopentanopergidrofenantrendan iborat. Steroidning 17-holatida to’yinmagan
5-a’zolik lakton halqa, ba’zi glikozidlarda to’yinmagan 6-a’zolik lakton halqa
qo’shilgan bo’ladi. Yurak glikozidlarini glikon qismi har-xil qandlardan iborat:
D-digitoksoza, D-glyukoza, D- stimaroza, D-ramnoz va boshqalar. Molekuladagi
qandlar 1tadan 4 tagacha bo’lishi mumkin.
Ba’zi bir holatlarda qandli qismiga uksus kislota qoldig‘i biriktirilgan bo’ladi.
Kardiotonik ta’sirini aglikon qismi bilan bog‘liq.Yurak glikozidlarini qandli
qismi ularning eruvchanligiga va to’qimalarga birikishiga javob beradi. Yurak
glikozidlarini glikon qismi ularning faolligi va zaharliligiga javob beradi.
1
Ot grech.
glykys
- shirin.
2
Ot grech.
genos
– nasl, kelib chiqishi.
Yurak glikozidlari oson gidrolizga uchraydi (enzimatik kislotalik va ishqoriy).
O’simliklarni o’zida yurak glikozidlarini gidrolizlaydigan fermentlar mavjud.
Bularni saqlash va tayyorlash jarayonida birlamchi genlashgan glikozidlar
- 369 -
o’simliklarni o’zida gidrolitik parchalanishga uchraydi. Bu jarayonni oldini
olish uchun fermentlarni ingibirlash mumkiny
Ba’zi bir yurak glikozidlarini asosiy ximiyaviy o’zgarishlari 14.1 sxemada
ko’rsatilgan. Ular farmastevtik sanoatda o’simliklardan yurak glikozidlarini
olishda ishlatiladi (ayniqsa ikkilamchi chidamli glikozidlar). Tibbiyot
amaliyotida quyidagi o’simliklardan olinadigan yurak glikozid moddalari
ishlatiladi:
•
Angishvonagul yirik gulli
(Digitalis purpurea;
14.1 rasm) - digitoksin;
•
strofant Kombe
(Strophanthus Kombe)
- strofantin K
1
;
Marvaridgul
(Convallaria)
– korglikon
•
Baxorgi adonis
(Adonis vernalis)
– adonis o’ti damlamasi.
Yurak glikozidlari o’simliklardan olinadigan dori moddalari, ularning ta’sirini
boshalanishi
2
jadvalda ko’rsatilgan. Individual glikozidlarni ta’siri ko’proq
qiziqtiradi. Oddiy, galen va novogalen moddalarini o’ziga xosligi kamayib
bormoqda.
Yurak glikozidlarini asosiy xususiyatlari tanlab yurak mushaklariga ta’sir
ko’rsatishi. Yurak glikozidlarini asosiy farmakoterapevtik ta’siri sistolani
kuchayishi bilan yuzaga kelib, (kardiotonik ta’sir, musbat inotrop ta’sir)dori
moddalarni yurakka to’g‘ridan-to’g‘ri ta’siri bilan bog‘liq. Sistolik qisqarishi
tezlashib kuchi oshadi.
________________________
1
Strofanta Kombe urug‘lari bilan yurak gikozidlarini aralashmasi( asosan p-
strofantin K va K- strofantozid).
2
To’liqroq jadval shu kitobning 1- va 2- nashrlarida berilgan (1980, 1981).
3
Grekcha so’zdan.
is
(qaratqich kelishikda -
inos) -
tola, muskul,
tropos -
yo’llanma.
EKG da
Q-T intervali qisqaradi;
qorincha kompleksida S-T segmentini
izoelektrik chiziqdan pasayishi kuzatiladi, T – tishchasini kichrayishi, yoki
- 370 -
silliqlanishi kuzatiladi.
Yurak yetishmovchiligida, yurak glikozidlari yurakni minutlik va zarbdor
xajmini ko’rinarli darajada oshiradi. Eng asosiysi yurak ishini kislorodga bo’lgan
talabini oshirmasdan turib yaxshilaydi (vaqt birligida).
Eslatma. Dofamin va dobutaminni tuzilishi 4 bo’limga qarang
Yurak
glikozidlarni
kardiotonik
ta’sir
mexanizmi
kardiomiostit
membranalaridagi Na+,K
+
-ATF-az ani ingibirlashi bilan bog‘liq. (14.2 rasm).
Buni natijasida Na+ i K+ ionlarini yo’nalishi o’zgaradi. Natijada
kardiomiostitlarni membranasi ichida K+ kamayadi, Na+ oshadi. Bunda xujayra
ichidagi va tashqarisidagi Na+ konstentrastiyasi kamayadi, membranalararo
Na+/Ca
2
+ almashinuvini kamaytiradi. Ca
2
+ ni intensiv chiqishini kamatiradi,
shuning natijasida sarkoplazmatik retikulumda Ca
2
+ miqdori oshib ketadi.
Buning natijasida kardiomiostitlarga qo’shimcha Ca
2
+ ionlarini kirishi, kalstiy
L- kanallari orqali kirishini oshiradi. Natijada sarkoplazmatik retikulumdan
qo’shimcha Ca
2
+ ni ajralishi oshadi. Bunda Ca
2
+ ionlari erkin holda oshib,
kardiotonik ta’sirni ta’minlab beradi.
.Rasm. Yurak glikozidlarini taxminiy kardiotonik ta’sir mexanizmi.
a-v
– yurak glikozidlarini ta’sir qilish bosqichlari; minus – falajlovchi ta’siri;
(↑) – ionlar miqdorini oshishi; (↓) – ionlar miqdorini kamayishi.
Ca
2
+ ionlari troponin kompleksi bilan birikib, miokardni qisqartiruvchi oqsil
ta’sirini yo’qotadi. Aktin bilan miozin bog‘lanib miokardni tez va kuchli
qisqarishi yuzaga keladi. (14.2 rasmga qarang).
Muhim tomoni shundaki, yurakni urish ritmini pasayishi hisobiga yurakni ishi
oshadi (manfiy xronotorop ta’sir) va diastola uzayishi kuzatiladi. Bu yurakni
samarali ishlashiga olib keladi: kuchli sistolik qisqarishi “dam olish” davri
bilan almashib turadi (diastola), miokarda energetik manbani tiklanishiga olib
keladi. Yurak qisqarishlar sonini kamayishi kardio-kardial refleks bilan
- 371 -
bog‘liq. Yurak glikozidlari ta’sirida yurak sezuvchan nervlari oxirini
qo’zg‘atib reflektor yo’l bilan adashgan nerv orqali bradikardiya chaqiradi.
Kuchli sistola vaqtida qon yurakdan chiqib, sinoaortal sohasidagi
mexanoresteptorlarni qo’zg‘atishi natijasida, qon bosimini oshiradi. EKG da
R-R tishlari oralig‘i uzayadi.
Bundan tashqari yurak glikozidlari yurak o’tkazuvchan sistemasiga to’g‘ridan
– to’g‘ri ta’sir ko’rsatib, o’tkazuvchanlikni pasaytiradi va adashgan nerv
tonusini oshiradi, qo’zg‘aluvchanlikni pasaytiradi (manfiy dromotrop ta’sir).
Bo’lmacha-qorincha (atrioventrikulyar) tugunida, refrakter davri va qorincha-
bo’lmacha tutami (Gis tutamida) uzayadi.
R-Q
intervali anchaga uzayadi.
Yurak glikozidlari toksik dozada bo’lmacha – qorincha blokini hosil qiladi.
Grekcha so’z.
chronos
- vaqt.
1
Grekcha so’z
dromos
- yo’l.
2
Yuqori
miqdorda
yurak glikozidlari
yurak
avtomatizmini oshiradi.
Qo’zg‘aluvchi ektopik o’choqlarni hosil bo’lishiga olib keladi, bu esa sinus
tugunidan impulslarni tarqalishiga bog‘liq bo’lmagan yuz beradi. Natijada
aritmiya (ko’proq ekstrasistoliya) hosil bo’ladi.
Kichik miqdorlarda yurak glikozidlarini laborator hayvonlarga yuborilganda
miokard qisqaruvchanligini oshiradi (musbat batmatrop ta’sir). Bu miokard
qo’zg‘aluvchanligi bo’sag‘asini pasayishiga javoban kelayotgan qisqarishi
hisobiga.
Yuqori
miqdorda
yurak
glikozidlari
yurak
mushaklari
qo’zg‘aluvchanligini pasaytiradi.
Shunday qilib, qo’zg‘aluvchanlik va avtomatizm-ikki xil parametr bo’lib,
yurak glikozidlari ta’sirida o’zgaradi. Avtomatizm va qo’zhaluvchanlikni
o’zgarishi to’g‘ridan-to’g‘ri yurak glikozidlarini miokardgako’rsatadigan
- 372 -
ta’siri.
Yurak etishmovchiligida, yurak glikozidlari ta’sirida yurakni minutlik
xajmini oshishi, umumiy qon aylanishiga ijobiy ta’si ko’rsatadi (14.2
jadval). Yurak dekompensastiyasida, yurak glikodidlarni asosiy ta’siri
Jadval 14.2. Yurak yetishmovchiligida yurak glikozidlarni ta’sirlari
Ot
Do'stlaringiz bilan baham: |