Rp.: Emulsi olei Ricini 18,0 – 180 ml
D.S. 1 osh qoshiqdan har soatda ichilsin
Dorivor yig‘malar
– Species – bu bir qancha turdagi dorivor o‘simlik
xom-ashyolarining aralashmasidir. Ular damlama va qaynatmalar shaklida
ichish uchun, yondirib, hosil bo‘lgan tutunidan nafas olish (chekish) uchun
(chekish uchun ishlatiladigan yig‘malar), sirtga ishlatish uchun (chayish, vanna,
primochka) qo‘llaniladi. Dorivor yig‘malar qismlarga bo‘lingan (dozalangan) va
bo‘linmagan
(dozalanmagan)
bo‘ladi.
Qismlarga
bo‘lingan
dorivor
yig‘malarning tarkibida zaharli va kuchli ta’sir ko‘rsatadigan moddalar bo‘ladi.
Misol.
Tarkibida 2,0 g bahorgi adonis o‘ti va 1,5 g valeriana ildizi bo‘lgan
10 dozadagi dorivor yig‘maga retsept yozib berilsin. Dorivor yig‘maning 1 ta
dozasini 1 stakan qaynoq suvda damlab, 30 daqiqa tindirib qo‘yilgach, suzib
olib, 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichish uchun tavsiya qilinsin.
Rp.: Herbae Adonidis vernalis 2,0
Radicis Valerianae 1,5
M.f. species
D.t. d. N. 10
- 108 -
S. Dorivoryig‘maning 1 tadozasini 1 stakan qaynoq suvda damlab,
30 daqiqa tindirib qo‘yilgach, suzib olib, 1 osh qoshiqdan kuniga
3 mahal ichilsin
Tomchilarda dozalanadigan eritmalar
Kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli ta’sirga ega bo‘lgan dorivor moddalarning
eritmalarini ichish uchun tomchilarda dozalanadi.
1 ml suvli eritma ≈ 20 ta tomchiga teng. Bir marta ichiladigan
tomchilarning tarkibida dorining bir martalik terapevtik dozasi bo‘lishi shart.
Dorilarni tomchilarda dozalash usulining kamchiliklari:
1) tomchining kattaligi shisha idish chekkasining qalinligiga va atrof-
muhitdagi havoning haroratiga bog‘liq holda o‘zgarib turishi mumkin;
2) bemor dorini o‘lchayotganda adashib ketishi mumkin;
3) har xil suyuqliklarning1 ml ida har xil sondagi tomchilar bo‘lishi
mumkin.
Keltirib o‘tilgan kamchiliklarni kamaytirish va tomchilarni yaxshiroq
o‘lchash uchun suyuq dorilarni maxsus tomchilatgichlar (kapelnitsalar) bilan
dozalanadi. ammo , bu ham barcha kamchiliklarni to‘liq bartaraf qila olmaydi.
Bir marta ichish uchun 5 tomchidan 30 tomchigacha buyuriladi. Ko‘pincha
1 martalik dozani 10-20 tomchida beriladi. Tomchilarda dozalanadigan suyuq
dorilar 20 marta ichish uchun etadigan qilib beriladi. Ularga retsept 3 xil
shaklda: kengaytirilgan, qisqartirilgan va foizli ko‘rinishlarda yoziladi.
Misol.
td=0,00025 g bo‘lgan skopolamin gidrobromidi eritmasini 10
tomchidan kuniga 3 mahal ichish uchun 20 martaga etadigan qilib retsept yozib
bering.
Hisoblash:
1) skopolamin gidrobromidi 0,00025 g x 20 marta = 0,005 g
2) suv 10 tomchi x 20 marta = 200 tomchi
20 tomchi – 1 ml
200 tomchi – x x=10 ml
- 109 -
1) kengaytirilgan shakl:
Do'stlaringiz bilan baham: |