- 904 -
yuqori emas.
Shu sababli uning faqat boshqa, unga nisbatan faolroq bo‘lgan
preparatlar bilan birgalikda (kombinatsiya) qo‘llashadi. Qayd etilganidek, PASK
ga turg‘unlik sekin rivojlanadi.
PASK ovqat hazm qilish traktidan yaxshi so‘riladi. Seroz bo‘shliqlarida
keraklicha miqdorda to‘planadi. GEB dan oz darajada o‘tadi. Qon zardobida 6
soatdan keyin juda kichik konsentratsiyada aniqlanadi. Organizmdan
o‘zgarmagan holda, hamda metabolitlar va kon'yugatlar (asosan
PASK ning
atsetillangan hosilasi) ko‘rinishida buyrak orqali ajraladi. Kiritilgan dozani 6
soat mobaynida taxminan 60 %, 24 soat ichida esa taxminan 90 % ajraladi.
Silning hamma shakllarida qo‘llaniladi. Odatda ichiladi, ba'zida tomirga
kiritishning zaruriyati tug‘iladi.
Noxush ta'sirotlaridan eng ko‘p uchraydigani, mahalliy qo‘zg‘atuvchanlik
xossasi bilan bog‘liq dispepsiyadir. Bunda ko‘ngil aynash, qayt qilish, diareya,
qorin sohasida og‘riq, ishtaxani buzilishi, kamdan kam hollarda, agranulotsitoz,
gepatit, kristalluriya rivojlanadi. Ko‘pgina bemorlarda
gipotireoz belgilar bilan
kechuvchi bo‘qoq aniqlanadi. Allergiya bilan bog‘liq terida o‘zgarishlar,
istmalash, artritlar, eozinofiliya va boshqalar bo‘lish mumkin.
Tioatsetazon (tibon, konteben)ning mikroblarga qarshi ta'sir spektri sil
mikobakteriyasi va moxov qo‘zg‘atuvchisi bilan chegaralangan.
Silga qarshi
faolligi bo‘yicha tioatsetazon I va II guruh preparatlaridan kuchsiz.
Tioatsetazonga sil mikobakteriyasining chidamliligi nisbatan sekin rivojlanadi.
MIT dan preparat yaxshi so‘riladi. Qisman jigarda faolsizlanadi.
Organizmdan 1 sutka davomida ajraladi. Preparatning ko‘p qismi buyrak orqali
chiqariladi.
Tioatsetazonni enteral yo‘l bilan asosan o‘pkadan tashqaridagi silni
davolashda (shilliq qavatlar va seroz
pardalar, limfatik tugunlar sili) qo‘llaniladi.
Bir qator hollarda tioatsetazonni moxovni davolash uchun buyuriladi.
Tioatsetazonning zaharliligi ancha yuqori. U qon hosil qilish (anemiya,
leykopeniya, agronulotsitoz), buyrak (albuminuriya, silindruriya) va jigar (sariq
- 905 -
atrofiyagacha) tomonidan nisbatan ko‘p noxush o‘zgarishlar rivojlantiradi.
Bundan tashqari uni qo‘llaganda dispepsiya, allergiya va boshqa salbiy ta'sirotlar
yuzaga keladi.
Tioatsetazonni qo‘llash qon hosil qilish, jigar va buyrak funksiyalarining
holatini muntazam nazorat qilib borishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: