Montelukast -
Montelukast (singuler) – leykotrenlar retseptorlarini
blokatorlariga mansub. U leykotren D
4
(LTD
4
)ni tanlab ta’sir ko‘rsatuvchi
antogonistidir. Zafirlukastdan farq qilib jigarning mikrosomal fermentlarini
ingibitsiyalamaydi va shuning uchun boshqa dorilar ta’sir davomligini
o‘zgartirmaydi. Ichiladi. Tez so‘riladi. Ovqat maxsulotlari va ularning tarkibiy
qismlari montelukastni absorbsiyaciga ta’sir etmaydi. Preparat tez
metabolizmga uchraydi. Organizmdan asosan ichak orqali ajraladi; T
1/2
~ 2.7 -
5,5soat Bronxial astmani prfilaktikasi va uni uzoq mudat davolashda
qo‘llanadi. Bemorlar preparatni yaxshi o‘zlashtiradilar. Noxush ta’siri: bosh
og‘rig‘i, dispepsiya,bosh aylanishi, terida toshmalar va boshqalar.
O‘PKA SHISHIDA
QO‘LLANADIGAN VOSITALAR
O‘pkaning shishishi og‘ir va hayot uchun xavfli bo‘lgan patologiya bo‘lib,
yurak tomir sistemasi xastaliklari, o‘pkani kimyoviy birikmalar bilan
jaroxatlanishida, hamda bosh miyaning shishida yuzaga keladi.Bunday xolatda
qonning suyuq qismi (zardobi) tomirlardan sizilib chiqib alveolalarni va mayda
bronxlarni to‘ldirib qo‘yadi. Natijada o‘pkaning gaz almashinuv satxi kamayib
qonning oksigenatsiyasiga tusqinlik qiladi. SHu bilan bir qatorda alveolalar va
mayda bronxlar ichidagi suyuqlik ko‘pirib boshqalarini ham to‘ldi radi. Bu o‘z
navbatida organizmni kislorod bilan ta’minlashni yana ham og‘irlashtiradi va
asfiksiyani rivojlanishi tufayli bemorning o‘limiga sabab bo‘ladi. Keltirilgan
dalil-larni inobatga olgan xolda o‘pka shishini va u bilan bog‘liq gipoksiyani
bartaraf etish-ning patogenetik asoslari quyidagilardan iborat:
- 473 -
1.
Arterial qon bosimini yuqori bo‘lishini bartaraf etish
- ganglioblokatorlar qo‘llash (gigroniy, pentamin, benzogeksoniy)
- miotrop ta’sirli gipotenziv vositalar (natriya nitroprussid)
- alfa adrenoblokatorlar (fentolamin, aminazinning kichik dozalari, diprazin)
Ushbu vositalar arterial bosimni pasaytirib kichik qon aylanish doirasida qon
bosimni tushiradilar. Yurak faoliyati samaradorligini oshiradilar va shu tufayli
o‘pka shishini kuchayishiga to‘sqinlik qiladilar, ya’ni o‘pka kapilyarlarida
transsudatsiya jarayonini susaytirib, alveolalar ichidagi suyuqlikni qayta
so‘rilishi kuchaytiradilar.
2.Arterial bosim mo‘tadil yoki ozgina ko‘tarilgan (baland) bo‘lgan xolatlarda
o‘pka shishini qonning umumiy xajmini kamaytirish xisobiga bartaraf etish
mumkin, ya’ni suv miqdorini peshob xaydashni oshirish xisobiga kamaytirish
mumkin: jumladan mannit yoki toza mochevina tomirga kiritilsa osmotik
bosimni oshirib, to‘qimalardan qonga suvni o‘tishini kuchaytiradi.
Bu xolatda o‘pka arteriolalaridan (tomirlaridan) suyuqlik transsudatsiyasi
kamayadi, qon tarkibidagi ortiqcha suv peshob tarkibida ajralib uni xajmini
kupaytiradi (organizmdan ajralishi ko‘payadi). Peshobni ajralishini kuchaytirish
maqsadida kuchli va faol, ta’siri tez yuzaga chiquvchi preparatlarni qo‘llash
mumkin (furosemid, etakrin kislotasi). Bir vaqtni o‘zida arterial bosim xam
kamayadi.
3.Ko‘piklarni daf etish vositalari (penogasiteli) alveolalar va mayda bronxlar
ichini bo‘shatib o‘pkaning gaz almashinish yuzasini orttiradilar, o‘pkaga havoni
kirishi va chiqishiga to‘sqinlik qilayotgan ko‘piklarni yo‘qotadilar.O‘pka
shishida ko‘piklarning xosil bo‘lish sababi transsudat tarkibida oqsil
borligidadir.Oqsil qancha ko‘p bo‘lsa xosil bo‘layotgan ko‘pik shuncha qattiq
bo‘ladi va o‘shancha kuchli asfiksiya beradi.
Etil spirtining bug‘lari nafas yo‘llariga kiritilsa (ingalyasiya ) ko‘piklarining sirt
tarangligi pasayadi va ular xajmi ancha kichik bo‘lgan suyuqlikka aylanadi,
alveolalar, bronxlar ichi bo‘shab gaz almashinuvi tiklanadi, gipoksiya va
- 474 -
asfiksiya bartaraf etiladi. Lekin etil spirti maxalliy qo‘zg‘otuvchanlik
(qitiqlovchi, yallig‘lantiruvchi ) ta’sirga ega. Shu sababli
Do'stlaringiz bilan baham: |