Captopril
Fozinopril -
Fosinopril
Enalapril -
Enalapril
Lozartan -
Losartan
Ichga 0,025-0,05 g
Ichga 0,01-0,02 g
Ichga 0,01-0,02 g
Ichga 0,0125-
Tabletka 0,025 g
Tabletka 0,01 va 0,02 g
Tabletka 0,005; 0,01 va
0,02 g Tabletka 0,0125-
0,025 g
Gipertenziv moddalar (arterial gipotenziyani davolashda kullaniluvchi
moddalar)
Utkir arterial gipotenziya - utkir yurak etishmovchiligi yoki tomirlar
kollapsiga boglik. Dori vositalarini buyurmasdan oldin, gipotenziyani sababini
bilishimiz kerak (infarkt yoki miokard distrofiyasi, ximik vositalar bilan
zaxarlanish yoki mikrob toksinlari), chunki etiologik davolash kup xollarda eng
yaxshi variant xisoblanadi.
Arterial gipotenziyani patogenetik terapiyasi, arterial bosimni oshiruvchi
moddalar orkali amalga oshiriladi. Lekin, bu prepartlarni kullash mumkin, agar
xayot uchun zarur bulgan organlarda regionar kon aylanishlar buzilmagan bulsa.
Shuni xisobga olish kerakki, arterial bosim yurak zarbini yoki periferik kon
tomirlar karshiligini kamayishi bilan boglik bulsa, asosiy gipertenziv moddalrni
- 437 -
kuyidagi guruxlarga bulish maksadga mufovikdir.
Yurak zarbini va periferik tomirlar tonusini oshiruvchi moddalar
Adrenomimetiklar Adrenalin gidroxlorid
Periferik tomirlar tonusini oshiruvchi moddalar
a) Adrenomimetiklar Noradrenalin gidrotartrat Mezaton
b) Angiotenzinamid
Adrenomimetiklar farmakologiyasi oldingi bulimlarda yoritib berilgan.
Angiotenzinamid (gipertenzin) - tabbiiy pressor modda angiotenzin II ni amidi
bulib, organizmda xosil buladi.
Angiotenzin II strukturasi oktapeptiddan iboratligi aniklangan, va uni sintez
kilish mumkin (angiotenzinamid kabi, dori preparati sifatida ishlab chikaziladi).
Angiotenzinamidni asosiy ta’siri kon tomirlarni toraytiruvchi effektidir. Shu
tomondan preparat faolligi buyicha noradrenalindan 40 marta yukori.
Angiotenzinamidni pressor effekti, arteriollalardagi angiotenzin resteptorlariga
ta’siriga boglik. Bunda venalarni tonusi axamiyatsiz xolda oshadi. Ichki a’zolar
arterial tomirlari, teri yuzasi tomirlari, xamda buyrak tomirlari kuprok torayadi.
Angiotenzinamid yurak va uning kon aylanishiga ta’sir kilmaydi, aritmiya
chakirmaydi.
Yurak funkstiyasida yuzaga kelgan uzgarish (masalan, bradikardiya)
ikkilamchi xarakterga ega bulib, arterial bosimni oshishiga bulgan reakstiyasidir.
Angiotenzinamid aldosteron ajralib chikishiga stimullovchi ta’sir kursatadi, bu
esa elektrolitlar almashinuvini uzgarishiga olib keladi. Arterial bosim uchun
asosiy axamiyati, organizmda natriy ionlarini ushlanib kolinishi, ekstrastelyulyar
suyukliklarni xajmini oshishi esa arterial bosimni oshishi sabab buladi.
Angiotenzinamid buyrak usti bezining miya pustlogidan adrenalin ajralib
chikishinikuchaytiradi. Bundan tashkari, ma’lum bir darajada kon tomir
xarakatlantiruvchi markazni, simpatik gangliyni jadalashtiradi va noradrenalinni
periferik ta’sirini kuchaytiradi. Lekin bu effektlar angiotenzinamid yuborilganda
kelib chikadigan gipertenziyada axamiyatga ega emas. Preparatni vena ichiga
- 438 -
yuboriladi. Juda kiska vakt ta’sir kiladi.Olingan ma’lumotlarga kura angiotenzin
II ni 50% juda tez parchalanadi, shuning uchun, zarur bulgan arterial bosim
darajasini ta’minlash uchun, anik bir tezlikda venaga yuborish maksadga
muvofikdir. Shuni xisobga olish kerakki, bunda arteriolalar spazmga uchrab
tukimalarda mikrostirkulyastiyani buzilishiga olib keladi. Noradrenalindan fark
kilib tukimalarda nekroz chakirmaydi. Angiotenzinamidga taxifilaksiya
rivojlanmaydi. Preparatni utkir gipotenziya xolatida kullaniladi. Nojuya
effektlariga terida allergik reakstiyalar, bosh ogrigi, buyrak tomirlari torayishi
mumkin.
Gipertenziv moddalar sifatida alkilizotiuron birikmalaridan metiron va
etiron taklif kilingan.
Utkir gipotenziya xolatida gipertenziv preparatlarni buyurish yaxshi asoslangan
bulishi shart. Kon tomirlarni toraytiruvchi adrenomimetik tipidagi va
angiotenzinamid moddalarini extiyotkorlik bilan kullash kerak, chunki bu
preparatlar arterial bosimni oshirishi bilan birgalikda, arteriolalarni spazmini
chakirganligi tufayli, tukimalarda kon aylanishini pasaytirishi mumkin. Shuning
uchun, ba’zi bir kursatmalarga binoan tukimalarda mikrostirkulyastiyani
yaxshilash uchun kichik dozalarda a-adrenoblokatorlar yoki tomirlarni
kengaytiruvchi miotrop moddalardan natriy nitroprusid buyuriladi. Miokard
infarkti gipotenziya xolati bilan kechganda, (kon aylanishi va arterial bosimni
normallashishini) etarli darajadagi effektni yurak glikozidlarini buyurish orkali
xam olish mumkin.
Dikkatni jalb kiladigan, moddalar yordamida yurak faoliyatini oshirish va
periferik tomirlar karshiligini kamaytirish (v-adrenomimetiklardan izadrin)
mumkin. Ba’zi bir dori moddalari kardiotonik ta’sir kiladi va periferik regionar
tomirlar karshiligini kamaytiradi. Shunday preparatlarga dofamin (dopamin)
kiradi.
Dofamin kichik dozalarda (1 minutda 1-5mkg/kg) periferik dofaminergik
resteptorlarni stimullaydi, natijada buyrak va mezenterial tomirlarni kengaytiradi.
- 439 -
Bunda yurakni funkstiyasi uzgarmaydi. a-adrenoblokatorlar ta’sir doirasida
(fonida) dofamin yuborilsa buyrak va mezenterial tomirlarni vazodilatastiyasi
uzgarmaydi. Urtacha mikdori yuborilganda (1 minutda 5-20mkg/kg)yurak zarbi,
va yurak kiskarishlar soni oshadi (v
1
– adrenoresteptorlarni stimullashi xisobiga).
Buyrakda kon aydlanish oshadi. Umumiy periferik kon tomirlar karshiligi
uzgarmaydi, arterial bosim uzgarmasdan koladi. Dofaminni katta dozalarda
yuborilganda a- adrenomimetik effekt kuchayadi. Periferik tomirlar karshiligi va
arterial bosim oshadi (bu effekt a-adrenoblokatorlar bilan bartaraf etilishi
mumkin). Buyrak tomirlari karshiligi ortadi Yurak zarbi va kiskarishlar soni
oshadi (bu effektlar v-adrenoblokatorlar bilan bartaraf etiladi).
Bundan tashkari, dofamin yurak aritmiyasini chakiradi. Dofaminni odatiy yul
bilan yuborilganda MNS dagi dofamin resteptorlariga ta’sir kilmaydi chunki,
gematoenstefalik tusikdan utmaydi. Dofamin organizmda
noradrenalinga oksidlanib utishidan tashkari, 3- metoksi-4- oksifeniluksus
kislotaga (gomovanilin kislota) va 3-metoksi-4-oksifeniletanolga aylanadi. Bu
metabolitlar siydikda aniklanadi. Dofamin turli xil sabablarga kura kelib chikkan
shoklarda kullaniladi.
Gipovolemiya bilan ketuvchi gipotenziyada kon kuyish, plazma va uning
urnini bosuvchi suyukliklar, yoki natriy xlorni izotonik eritmalari yaxshi natija
beradi (organizm kon yukotganda a suvsizlanishda).
Shunday kilib, utkir xolda kelib chikuvchi gipotenziyani bartaraf kilish
uchun dori vositalarini tanlashda katiy individual yondoshishlikni talab kiladi.
Shuni nazarda tutish kerakki, shok xolatini davolashda asosiysi arterial bosimni
kutarish emas, balki tukima va organlarda etishmayotgan kon aylanishini
tiklashdan iborat (yurak, miya, buyrak).
Surunkali gipotenziya xolatida esa farmakoterapiya yordamchi vosita
sifatida karaladi. Bunday xolatlarda kon tomir xarakatlantiruvchi markazni
stimullovchi preparatlar (kofein, kordiamin, strixnin gruppasidagi preparatlar),
simpatomimetiklar (efedrin), umumiy tonusni oshiruvchi moddalar (jenshen,
- 440 -
limonnik preparatlari), mineralokortikoidlar (dezoksikortikosteron preparatlari)
kullaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |