O’quv darslik



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/482
Sana27.03.2022
Hajmi12,93 Mb.
#513455
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   482
Bog'liq
Xarkeevich o\'zbekcha

Xujasyr
a q
ob
igi
 

Io
n
 k
a
n
a
li
 


- 209 -
ko‘pchilik ekzokrin bezlarda, m
4
-xolino-retseptorlarning yurakda, o‘pka 
alveolalari devorida va MNSda, m
5
-xolino-retsepatorlarning esa MNSda, so‘lak 
bezlarida, qonning mononuclear hujay-ralarida joylashganligi aniqlangan. 
Ko‘pchilik vositalarning asosiy sama-ralari ularning m
2

va 
m
3
-
xolinoretseptorlar bilan o‘zaro ta’sirlashishi sababli yuzaga chiqadi. Shuning 
uchun mazkur darslikda m-xolinoretseptorlar-ning turlariga alohida e’tibor 
qaratilmasdan, faqat m-xolinoretseptorlar bo‘yicha umumiy tushunchalar berib 
ketilishi maqsadga muvofiqdir. 
N-xolinoretseptorlar barcha simpatik va parasimpatik gangliylardagi 
postsinaptik membranalarda, buyrak usti bezi miya qismining xromaffin 
hujayralarida, sinokarotid zonada, skeletmushaklari oxiridagi plastinka-larda va 
MNSda joylashgan. N-xolinoretseptorlarning ham turli moddalarga nisbatan 
sezgirligi har xil. Ganglionar hujayralarning n-xolinoretseptorlari (neyronal 
turdagi n-xolinoretseptorlar) skelet mushaklarining n-xolinoretseptorlaridan 
(mushakliturdagi n-xolinoretseptorlar) keskin farq qiladi va shu orqali 
ganglioblokatorlarning va miorelaksantlarning tanlab ta’sir qilishini izohlash 
mumkin. 
Atsetilxolinning m-xolinoretseptorlar orqali nerv impulslarini o‘tkazishida 
G-oqsillarning va ikkilamchi o‘tkazgichlarning (siklik adenozin monofosfat – 
sAMF; 1,2-diatsilglitserol; inozitol (1,4,5) trifosfat) ahamiyati katta. Atsetilxolin 
n-xolinoretseptorlar bilan o‘zaro ta’sirlashish va ularning konformatsiyasini 
o‘zgartirish orqali esa postsinaptik membrananing o‘tkazuvchanligini oshiradi. 
Uning qo‘zg‘atuvchi samarasi ta’sirida natriy ionlari hujayra ichiga o‘tadi va 
postsinaptik membrananing qutbsizlanishiga olib keladi.
Atsetilxolinning ta’sir davomiyligi juda qisqa, chunki u nerv-mushak 
sinapslarida tezda atsetilxolin esteraza fermenti yordamida parchalanib ketadi 
yoki 
vegetativ 
gangliylarda 
sinaptik 
oraliqdan 
chiqarib 
yuboriladi. 
Atsetilxolinning gidrolizi natijasida hosil bo‘lgan xolinning katta qismi 


- 210 -
(tahminan 50 foizi) presinaptik membrana orqali qayta ushlab olinadi va 
yangidan atsetilxolin sintezlanishi uchun sitoplazmaga transportirovka qilinadi. 
Nerv-mushak sinapslarida xolinergik o‘tkazuvchanlikning bosqichlari -
rasmda keltirib o‘tilgan. 
Sinaptik o‘tkazuvchanlikka aloqador moddalar har xil jarayonlarga ta’-sir 
qilishi mumkin: 1) atsetilxolinsinzeziga; 2) mediator ajralib chiqishiga; 3) 
atsetilxolinning 
xolinoretseptorlar 
bilan 
o‘zaro 
ta’sirlashishiga; 
4) 
atsetilxolinning atsetilxolinesteraza yordamida parchalanishiga; 5) atsetilxo-
linning parchalanishidan hosil bo‘ladigan xolinning presinaptik membrana 
orqali ushlab olinishiga. 
Dori vositasi sifatida xolinoretseptorlarga va atsetilxolinesterazaga ta’sir 
qiluvchi vositalar keng qo‘llaniladi. 


- 211 -
Xolinoretseptorga ta’sir qiluvchi moddalar ularni kuchaytiruvchi 
(xolinomimetik samara) va susaytiruvchi (xolinobloklovchi samara) ta’sir etishi 
mumkin
-rasm. Nerv-mushak o‘tkazuvchanligi (sxematik tarzda tasvirlangan). 
Sxemaning o‘ng tarafidagi aylanalarda nerv-mushak o‘tkazuvchanligining 
(oxirstinka potensialining registratsiyasi) har bir bosqichiga xos bo‘lgan 
elektrofiziologik o‘zgarishlar berilgan. Vertikal chiziqlar – potensiallar 
amplitudasining shkalasi. 
a – tinch (harakatsiz) holat. Postsinaptik membrana qutblangan. Kam 
miqdordagi 
atsetilxolinnig 
beixtiyoriy 
ajralishi 
kuzatilmoqda. 
Oxirgi 
plastinkaning juda ham past darajadagi potensiali registratsiya qilinmoqda. 
Postsinaptik 
membrana
Presinaptik 
membrana

Xolinoretseptor
Mitaxondriy



- 212 -
Mushakda qisqarish yuz bergani yo‘q; b – nerv impulsi ta’sirida katta 
miqdordagi atsetilxolinning ajralishi kuzatilmoqda. Postsinaptik membrana 
qutbsizlangan. Oxirgi plastinka bilan chegaralangan sinaptik potensial yuzaga 
chiqmoqda. Mushakda qisqarish yuz bergani yo‘q; v – lokal (chegaralangan) 
sinaptik potensial mushakning harakat potensialiga aylanadi. Tarqalib 
borayotgan qo‘zg‘alish mushakning qisqarishiga olib keladi; g – mushak 
qisqaradi. Postsinaptik membrananing qayta qutblanishi (repolyarizatsiyasi) 
yuzaga 
chiqadi. 
Atsetilxolinning 
deposi 
qayta 
tiklanadi. 
Sinaps 
qo‘zg‘aluvchanlikni o‘tkazishga tayyor. 


- 213 -
- rasm (davomi).
Erkin atsetilxolin 
Atsetilxolin sinaptik 
pufaklarda(vezikulalarda)
Atsetilxolining gidroliz 
maxsulotlari 
Atsetilxolinesteraza 
xolinoretseptor

Nervni 
qo’zg’atish 



- 214 -
Ular tasnifining asosini preparatlarning ma’lum xolinoretseptorlarga ta’sir 
yo‘nalishlari tashkil etadi. Shulardan kelib chiqqan holda xolinergik sinapslarga 
ta’sir etuvchi vositalarni quyidagicha tasniflash mumkin. 

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   482




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish