Kasallikni davolash
Bu kasallikni davolash asosan, organizmdagi moddalar almashinuvi buzilishini muvofiqlashtirish, buyrak va siydik yo‘llarida peshob harakatini ravonlashtirishdan iborat. Shuningdek, siydik yo‘llaridagi infeksiyaga qarshi kurashiladi.
Buyrak-tosh kasalligi profilaktikasi
Kasallikning paydo bo‘lishi va rivojlanishining oldini olish uchun, avvalo, organizmdagi modda almashinuvini izga solish lozim. Bunga sog‘lom turmush tarziga rioya etish va qat’iy parhez orqali erishiladi.
Mumkin emas!
Ko‘p miqdorda shovul va siydik kislotasi paydo qiluvchi mahsulotlar iste’mol qilish taqiqlanadi. Osh tuzi, jigar, buyrak, til, qazi va dudlangan go‘sht, margarin, bedana tuxumi, brinza, pishloq, shokolad, qo‘ziqorin, anjir, mosh, no‘xat, loviya, achchiq qora choy, qahva hamda kakao iste’mol qilmaslik talab etiladi.
Tavsiya etiladi!
Bemorlarga, asosan, yog‘siz mol go‘shti, qaynatilgan, bug‘da pishirilgan parranda va baliq go‘shti, o‘simlik moylari, sariyog‘, tovuq tuxumi (sutkasiga bittadan ko‘p emas), birinchi va ikkinchi navli un mahsulotlari, murabbo, marmelad, guruch va marjumak (grechixa), karam, bodring, turp, qovoq, sabzi iste’mol qilishi mumkin. O‘rik, behi, nok, olma, shaftoli, uzum, qovun-tarvuz, olcha kabi mevalar juda foydali. Ko‘k choy, meva va sabzavot sharbatlari hamda na’matak damlamalari ham tavsiya etiladi.
©
BUYRAK SANCHIG‘I
Sabablari. Siydik yo‘llarining torayib yoki bitib qolishi:
Buyrak va siydik yo‘li tosh kasalliklarida.
Sil, o‘smalar, yallig‘lanishlarda.
Jarohatlar, qon laxtalari to‘planganda.
Parazitar kasalliklarda.
Belgilari: to‘satdam bel sohasida kuchli sanchuvchan, siquvchan og‘riq Paydo bo‘ladi. U yo‘qolib, yana paydo bo‘ladi. Bemor qattiq bezovtalanadi, P111 raydi, yig‘laydi. Ofiq belda paydo bo‘lib, ko‘pincha qorinning old-Pastki yonboshidan jinsiy organlarga siljiydi. Ko‘pgil aynish, qusish, 11PI1 aylanishi. Puls, nafas tezlashadi, qon bosimi, ba’zan tana x,irorati ko‘tarilgai, siydikda eritrotsitlar, leykotsitlar paydo bo‘ladi, gsch-tez siygi qistaydi, oligouriya, siydik ofiq bilan chiqadi.
Tez yordam choralari Vrach kelguncha
1) Bemor tinchlantirilib, isitgich, gorchichniklar qo‘yiladi. Issiq
vannalar qilinadi.
2) Avisan 0,5-1 g, sistenal 10-20 tomchi, papaverin 1 tab.,
baralgin 1 tab.
Vrach bo‘lmasa
Baralgin, trigan, maksigan 3-5 ml m/o (bolalarga 1-2,5 ml).
No-shpa 2% - 2 ml m/o (bolalarga 0,3-1,5 ml) yoki papaverin 2% - 2 ml m/o (bolalarga 1-1,5 ml).
Atropin 0,1% - 1 ml t/ost (bolalarga 0,1 ml/yoshiga qarab).
Og‘riq juda kuchli bo‘lsa, promedol 1% - 1 ml m/o (bolalarga 0,3-0,8 ml). Pantopon 2% - 1 ml m/o (bolalarga 0,3-0,8 ml. 1 yoshdan kichiklarga qilinmaydi).
Kuchli nazorat. Parhez.
Jarohatlar, qoi ketishlar bo‘lsa, bog‘lanadi, to‘xtatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |