Mavzu bayoni :
Bemorlarni fiziologik chiqaruvlarida hamshiralik parvarishi
Bemornlarning fiziologik yozilish ehtiyojini qondirishga sub’ektiv baho berishda :
-Birinchidan , o’zi shu ishni mustaqil uddalay oladimi, ajralmamalar chiqishini boshqara oladimi
-Ikkinchidan , ajralmalar chqishini jadalligi
-Uchinchidan bu ishning tabiatini aniqlash zarur.
Sub’ektiv tekshirishda , odatda bu mavzuda gaplashganda, odam o’zini noqulay sezadi. Shuning uchun , hamshira bunday vaqtda iloji boricha xushmuomila bo’lishi kerak.
Siydik ajratishning buzilishi(Dezuriya) 2 turda bo’lishi mumkin.Siydik ajratishning tezlashuvi (pollakuriya) va siydik ajratishning qiyinlashuvi(stranguriya). Siydik tutilishi ro’y-rost namoyon bo’lganda, (ishuriya) , siydikni mustaqil ajratish imkoni yo’qligi sababli , siydik yig’ilib qolishi mumkin.Siydik tuta olmaslikni sababi , siydik ajratishning buzilishi qatoriga kiritish mumkin.
Sog’lom odam kun mobaynida 4-7 marta tunda 1 marta siydik ajratadi.
Har safar 200ml dan-300 ml gacha siydik ajratadi, sutkada 1000-2000 ml ni tashkil qiladi.
Ko’p siyish ba’zan, fiziologik hodisa bo’lishi mumkin(suyuqlikni ko’p ichish , sovqotish , zo’riqib, hayajonlanish natijasida). Yoki, bunda patalogik holatlar(qandli yoki qandsiz diabet) sabab bo’ladi.
Siydik ajratishning qiyinlashuvi , ko’pincha adenomasi bor yoki prostate bezi rakiga uchragan erkaklarda, shuningdek ,operatsiyadan keyingi davrlarda uchraydi.Bu holda , surunkali , yoki , o’tkir tarzda kechishi mumkin.Qisman siydik tutilishi surunkali kechganda , odam siydik chiqarish uchun bir necha minut kuchanishga majbur bo’ladi.
Siydik oqimi ingichka, susut bo’ladi,yoki, tomchilaydi.Bemor tez-tez yozilishga boradi, lekin yozila olmaydi.Bunday hollarda qovuq to’lgan bo’lsa, ham uni bo’shatishning iloji bolmaydi.Bemorga tezezm azob beradi va qovuq sohasida kuchli og’riq paydo bo’ladi.
Siydik tutilishi, ishuriya - siydiktanosil sistemasi aʼzolarining turli kasalliklarida kuzatiladi, bunda usma , prostata bezi adenomasi, shu bezning yalligʻlanishi (parenximatoz prostatit), siydik toshi kasalligi va boshqa sababli siydik chiqarish kanalining teshigi bekilib qoladi. Bundan tashqari, markaziy nerv sistemasi kasalliklari, shuningdek, toʻgri Ichak va but sohasidagi yalligʻlanish jarayonlari, chanoq suyagi shikastlanishi natijasida siydik chiqaruv kanalining zararlanishi ham Siydik tutilishiga sabab boʻladi. Siydik t utilishida bemorning teztez siygisi qistaydi, biroq siya olmaydi, qovuqning toʻlib ketganligi sezilib turadi, chov va but sohasida ogʻriq paydo boʻladi. Bemor ogʻriqni kamaytirish uchun qulay holat qidiradi: egiladibukiladi, yuza nafas oladi, sovuq ter bosadi, qaqshab titraydi. Siydik tutilishida tez yordam koʻrsatish lozim. Bunda maxsus asbob — kateter yordamida zudlik bilan qovuqaan siydik chiqariladi; baʼzan tez operatsiya qilinadi, oʻtib ketganidan soʻng uning sabablarini aniqlash va asosiy kasallikni davolatish uchun vrachurologga murojaat qilish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |