Taom tayyorlash texnologiyasi
Yaxna go‘sht
Yog‘siz mol go‘shti 1-1,5 kg li bo‘laklarga bo‘linib, qaynab turgan suvga solinadi va mildiratib qaynatiladi. Go‘shtning usti suv bilan to‘la qoplanishi lozim. Mol go‘shtining turi va naviga ko‘ra 2-2,5 soat davomida qaynatiladi. Go‘sht pishishiga 30-40 daqiqa qolganda, parrak-parrak to‘g‘ralgan sabzi, halqacha shaklda to‘g‘ralgan piyoz solinadi. Pishishidan 10-15 daqiqa awal tuz va ziravorlar qo‘shiladi.
Pishgan go‘sht bo‘lagi suyuqlikdan suzib olinib, to‘qimasiga ko‘ndalang qilib 50-75 g li bo‘laklarga bo‘linadi.
Pishgan go‘sht issiq yoki yaxna holda likopchalarga soli-nib, dasturxonga tortiladi yoki yaxna taomlar tayyorlash uchun to‘g‘raladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |