O’quv amaliyot mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi


Go’sht va go’sht mahsulotlaridan dimlab pishirilgan taomlar



Download 1,34 Mb.
bet4/9
Sana31.12.2021
Hajmi1,34 Mb.
#276240
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qaynatilgan va dimlangan go’sht taomlarini tayyorlash texnologiyasi TIT

Go’sht va go’sht mahsulotlaridan dimlab pishirilgan taomlar

Go’sht katta (2 qilogrammgacha), portsiyali va kichik bo’laklarga, kalla-pocha mahsulotlari esa portsiyali va kichik bo’laklarga bo’lib dimlanadi. Katta bo’lakli go’shtlarga tuz, qalampir sepilib qovurilgan qatlam hosil bo’lguncha qovuriladi. Ba’zi taomlar uchun go’sht sarimsoq va cho’chqa yog’i bilan sabzavotlar (sabzi, bosh piyoz, ko’katlar) birga qovuriladi yoki ajratib go’sht birga dimlanadigan idishga solinadi. Qovurilgandan so’ng katta bo’lakli go’sht ustiga idishning yarmigacha keladigan suv yoki sho’rva qo’yiladi, portsiyali va kichik bo’laklari esa suyuqlik bilan to’ldiriladi. So’ngra dorivorlar ba’zan tomat pyuresi qo’shib idish qopqogi yopiladi va past olovda dimlanadi. Dimlash davomiyligi yirik bo’lakli mol go’shti uchun 2-2,5 soat, yirik bo’lakli qo’y go’shti uchun 1-1,5 soat, kichik bo’lakli uchun 1-1,5soat. Issiqlik ishlovi berilganda og’irligini yo’qotish 32-40 % ni tashkil etadi.

Sardakni dimlangan go’sht uchun dimlash natijasida olingan suyuqlikda tayyorlanadi va unga qirg’ichlangan va eziltirib pishirilgan sabzavot aralashtiriladi. Uzatishda katta bo’lakli go’sht portsiya uchun 1-2 bo’lakdan kesiladi, qayla solinadi va sardak qo’yiladi.

Dimlangan go’sht uchun qaylani alohida yoki go’sht bilan birga tayyorlanadi. Go’sht bilan birga tayyorlangan qaylali taom mazali bo’ladi. Agar go’sht qayla bilan birga dimlansa, unda kub shaklida kesilgan kartoshka va boshqa sabzavotlar oldindan qovurib olinadi. Go’sht sabzavot va sardak bilan birga uzatiladi. Go’sht va qayla alohida tayyorlansa go’shtga sardak qo’yiladi, qayla esa yonida qo’yiladi. Qayla sifatida qovurilgan, qaynatilgan kartoshka, kartoshka pyuresi, qaynatilgan makaron va murakkab qaylalar ishlatiladi.

Urib yumshatilgan zraza tayyorlash uchun go’sht bo’laklari yupqa plast hosil bo’lguncha urib yumshatiladi. Uning ustiga qiyma qo’yiladi, to’g’ri burchak shaklida uralib ip bilan bog’lanadi, tuzlanadi, qovuriladi va 1 soat davomida suyuqlikda dimlanadi. SHundan so’ng esa chiqarib olinadi. SHo’rvasiga qizil sardak tayyorlanib, zrazalar ustiga qo’yiladi, ta’m beruvchi mahsulotlar qo’shib 35-40 minut tayyor bo’lguncha dimlanadi. Qiyma sifatida qovurilgan piyoz, qaynatilgan tuxum yoki qo’ziqorin, yanchilgan ko’katlar, ezilgan urvoq ishlatiladi. Zrazalarni bir portsiyaga 2 tadan qilib grechka yormasi, kartoshka pyuresi, qovurilgan kartoshka yoki pishirilgan sabzavotlar bilan uzatish mumkin.

Gulyash cho’chqa va mol go’shtidan tayyorlanadi. Go’sht bo’laklari (20-30 grammdan) tuzlanadi, qovuriladi. Qaynagan sho’rva yoki suv qo’yiladi, tomat pyuresi aralashtirib, tayyor bo’lguncha dimlanadi. SHo’rvasi tindirilib unga qizil sardak tayyorlanadi. So’ng sardakga passerlangan piyoz, qalampir, lavr yaprogi va tuz solinadi. Go’sht sardak bilan birga 15-20 minut tayyor bo’lguncha dimlanadi. Gulyashni smetana bilan ham tayyorlash mumkin. Qaylaga qaynatma yoki qovurilgan kartoshka, kartoshka pyuresi, gurunch bo’tqasi beriladi.

Ragu tayyorlash uchun 20-30 gr massali qo’y yoki cho’chqa go’shti bo’laklari qovuriladi. Ustiga suyuqlik qo’yiladi, tomat pyuresi aralashtirilib, 30-40 minut dimlanadi. So’ng suyuqlik ajratilib, tindiriladi va unda qizil sardak tayyorlanadi. Tayyorlangan sardakga, kub shaklidagi qovurilgan kartoshka, sabzi, sholgom, piyoz olinadi va 15-20 minut dimlanadi. Ragu sardak va qayla bilan ustiga ko’kat sepib uzatiladi.

Azu tayyorlashda tayyorlangan go’sht qizarguncha qovuriladi, unga issiq suv yoki sho’rva qo’yiladi, passerlangan piyoz, tomat pyuresi, pomidor aralashtirilib, tayyor bo’lguncha dimlanadi. So’ng sho’rvasi olinib, unga uzunchoq shakldagi tuzlangan bodring, yanchilgan sarimsoq, go’sht qovurilgan kartoshka solib sardak tayyorlanadi va 10-15 minut dimlanadi. Azu qayla va sardak bilan uzatiladi.

Palov tayyorlash uchun qovurilgan qo’y go’shti bo’laklariga to’g’ralgan piyoz va sabzi, tomat pyuresi qo’shib aralashtiriladi, issiq suv qo’yiladi va baland olovda qaynaguncha qaynatiladi. So’ngra unga yuvilgan gurunch solinib, suvi shimilgunga qadar qaynatiladi. Suvini gurunch tortib olgach idish qopqog’i yopilib, 40-50 minut dimlab pishiriladi.

Ruscha buyrak tayyorlash uchun qaynatilgan mol buyragi va xom buzoq, qo’y, cho’chqa buyraklari uzunchoq kesilib qovuriladi. Tayyorlangan bo’laklarga qizil sardak qo’yiladi, qovurilgan sabzavot tuzlangan bodring, dorivorlar aralashtirilib dimlanadi. Idishga sardak va sabzavotlar solib, ko’kat sepib uzatiladi. Qayla alohida beriladi.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish