Go’sht va go’sht mahsulotlarini qaynatib tayyorlangan taomlar
Qaynatma va dimlangan taomlar uchun mol, qo’y, cho’chqa, buzoq, echki go’shtlari, kalla-pocha mahsulotlari, bundan tashqari, sardelka, sosiskalar ishlatiladi. Go’shtni yozilgan texnologiya bilan mos holda qaynatish zarur.
Go’sht va go’sht mahsulotlarini qaynatish davomiyligi hayvonlarning ko’rinishi, ularning yoshi, bundan tashqari, qaynatish uchun olingan tana qismlari va bo’laklar kattaligiga bog’liq holda 20 minutdan 3 soatgacha vaqtni tashkil etadi.
Tayyor go’sht ikkinchi taomlar uchun mo’ljallangan bo’lib, ko’p bo’lmagan miqdordagi suyuq taomda usti yopiq idishda 3 soat 50-60 0S haroratda saqlanadi. Uzoq muddat go’shtni saqlash zarur bo’lsa, qaynatilgandan so’ng ular sovutiladi va so’ralgan o’lchamdagi portsiyalarga bulinadi, uzatishdan oldin sho’rva qo’yib, qaynatiladi. Qaynatilgan go’sht 1 portsiyaga 1-2 bo’lakdan qilib kesiladi. Turli xil go’shtlarning qaynatishda yo’qotish massasi 36-40 % ni tashkil etadi. Uzatishda qaynatilgan go’shtli mahsulotlar likopchaga qo’yiladi va ustidan sardak, sho’rva yoki sarigyog’ qo’yib uzatiladi. Mol va cho’chqa go’shti bilan qizil, vinoli qizil, piyozli, xrenli smetanali, nordonrok-shirin, qizil sardaklar, qo’y go’shti bilan tuxumli oq, xrenli smetanali sardaklari beriladi.
Qayla sifatida kartoshka pyuresi, qaynatilgan kartoshka, qaynatilgan sabzavotlar, sutli kartoshka, sutli sardakli sabzavotlardan foydalaniladi.
CHo’chqa va buzoq go’shtidan tayyorlangan kotletlar ko’p bo’lmagan miqdordagi yog’li sho’rvalarda pishiriladi va pishishidan sal oldin qo’ziqorin qo’shiladi. Qolgan sho’rva bilan kotletlarga qo’yiladigan bug’li sardak tayyorlanadi. Qovurma kartoshka, qaynatilgan sabzavotlar yoki kartoshka va sabzavot pyurelari uzatiladi.
Tayyorlangan kalla-pocha mahsulotlar va charvi yog’i sovuq suvga solib qaynatiladi. Ular buyrakdan erigan moddalar va yoqimsiz hidlarni, charvi yog’idan esa tuzni tulik ajratish uchun, ko’p miqdordagi suvga solib (3-5 l 1 kg mahsulot uchun ) qaynatiladi.
Pardasidan tozalangan miya idishga solinadi, tuzli suv va achitilgan suv qo’yiladi (miya konsistentsiyasi yopishkok bulishi uchun), lavr yaprogi, qizil qalampir solib qaynab chiqkuncha qaynatiladi, so’ng olov pasaytirilib 25-30 minut qaynatmasdan pishiriladi. Bunda yo’qotish massasi 25 % ni tashkil etadi.
Qaynatilgan miya quyidagi qaylalar bilan uzatiladi.: qaynatilgan kartoshka, pishirilgan sabzavotlar, sabzavotli pyure, qovurilgan qovoqchalar, qovoq, qaynatilgan gurunch. Ustiga sarigyog’ yoki bug’li, tuxumli, oq, sabzavotli sardaklar qo’yiladi. Tayyorlangan til issiq suvga solinadi, bosh piyoz, sabzi, oq ildizlar solib qaynatiladi va 2-3 soat davomida 90-950S haroratda pishiriladi. Tayyor bo’lgan tillarni 5-10 minut sovuq suvga solib qo’yiladi va sovitmasdan po’stidan ajratiladi.
Qaynatilgan tillarni 1 portsiyaga 2-4 bo’lakdan qilib kesiladi. Kartoshka pyuresi, qaynatilgan sabzavotlar yashil no’xat va murakkab qaylalar bilan uzatiladi. Uzatishda ustiga sarigyog’ yoki xrenli, smetanali, qizil, vinoli qizil sardaklar qo’yiladi.
Sosiska, sardelьka yoki batonli kolbasalar tuzli suvga solinib (2l suv 1 kg mahsulot uchun) qaynab chikkuncha qaynatiladi, so’ngra olov pasaytiriladi 5-10 minut qaynatiladi. Uzatishda sarigyog’ yoki qizil, tomatli yoki gorchitsa piyozli sardaklar bilan beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |