Optimallash vositalar.
Qattiq va yumshoq disklarga fayillar klasterlarga yoziladi. Bunda quydagi hollar bo`lishi mumkin:
-fayillarning hajmi klaster sig`imida kichik bo`lishi mumkin, bunda klasterlarda bo`sh joylar hosil bo`ladi.
-fayilning hajmi klaster sig`imidan katta bo`lish mumkin, bunda shu fayil bir nechta klasterlarga bo`lib yoziladi.
Diskka bir marta ma`lumotlar yozilayotganda bitta klasterga sig`magan fayillarni bo`lib yozish tartib bilan amalag oshiriladi, ya`ni fayilning ortib qolgan qismi qo`shni klasterga yoziladi. Diskdan ko`p marta foydalanilganda ko`p marta ma`lumotlar yozib yoki o`chirilganda disk ma`lumotlar yozmagan bo`sh joylar hosil bo`lishi hamda fayillarni klasterlarga bo`lib yozish tartibi buzilishi mumkin, natijada bitta fayilning bo`laklari butun disk bo`ylab tartibsiz ravishda sochilib ketishi mumkin. Bunday holatda frakmentasiya diyeiladi. Buning natijasida diskning umumiy sig`imi bo`sh joylar hisobiga kamayadi va fayillarni izlab topish murakablashadi, kompyuterning ish surati sezilarli darajada kamayadi.
Fragmentasiyalarni yo`qotish, ya`ni bosh joylarni malumotlar bilan to`ldirish, fayillarning bo`laklarini klasterlarga tartib bilan joylashtirishga defragmentasiya yoki oftemallashtirish diyiladi. Buning uchun SpeeDisk, Fast Trax kabi dasturlqardan foydalaniladi.
OLINGAN NATIJALAR VA XULOSA
Amaliyot bajarilish oxirlarida o’qituvchilardan olingan test sinovlari natijalaridan so’ng o’qituvchilar yangi bilimlarni o’zlashtirish darajasi 80 foizdan yuqori ekanligi ma’lum bo’ldi va bu qiymat umumiy o’zlashtirish yaxshi deb qa’bul qilish mumkinligini ko’rsatdi. Maktab o’qituvchilari har kuni darslarga vaqtli kelib, ma’ruzalarni to’liq darajada o’zlashtirishga harakat qildilar, ma’ruza davomida qiziqtirgan yoki mavzuni yaxshiroq tushunib olish uchun ma’ruza jarayoniga halaqit bermasdan savollar berib turdilar. Amaliy darslar yordamida har bir o’qituvchi berilgan vazifalarni vaqtida, puhta bajarishga harakat qildilar. Bundan tashqari kompyuterda ishlashda yordam beradigan bilimlarga ega bo’lish uchun qo’shimcha vazifalarni bajardilar. O’qituvchilar darslar davomida o’z irodasini va intiluvchanliklarini namoish etdilar.
Kompyuter, umuman axborot texnologiyalari hozirgi zamonamiz bilan chambarchas bog’liqligini tushintirish uchun misollarda ko’rsatib bordim. Kompyuterda ishlash ko’nikmalarini o’rganish sifatliroq va samaraliroq bo’lishi uchun amaliy ish vaqtida ishlatilgan dasturlardan foydalanishda ayrim “qisqa yo’llarni” ko’rsatib berishga harakat qildim, va mening fikrimcha ko’pgina ko’rsatilgan, o’rgatilgan saboqlar o’qituvchilarga yangilik bo’lib ko’rindi. O’qituvchilar o’z navbatida ko’rgan yangiliklarini iloji boricha tezroq o’rganib olishga harakat qildilar.
Amaliyot davomida ma’ruzachi, assistent bo’lish, va umuman o’qitish oson bo’lmadi, lekin kerakli bilimlar, ko’nikmalarni o’rganib oldim, o’rgatish bo’yicha o’z mahoratimni oshirib bordim. Ma’ruza va amaliy ishlar davomida to’plagan bilimlarimni va qo’llanmada keltirilgan ma’lumotlarni maksimal darajada ochiq-ravona, tushunib olishga oson qilib yetkazishga harakat qildim. Har bir berilgan savolga aniq javob, agar biror bir o’qituvchiga vazifani bajarishda yordam kerak bo’lsa tezkor yordam berishda urindim.
Amaliyot mobaynida menga biriktirilgan o’qituvchilar bilan ishlash yengil ishlardan biri emasligini tushunib, ikki tomonlama kelishuv, inoq bo’lish va har bir fikrni eshitish, bir birlarimizni hurmat qilish, bular uchun maxsus usullardan foydalanish va ularni ishlab chiqishga harakat qildim, va bu amaliyot kelajakda hodimlar bilan, kasbdoshlarim bilan biror bir korxonada yuqori sifatli va samarali ishlab chiqarishga yordam beradi degan xulosaga keldim.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Axmedov A.,Tayloqov N. Informatika: Akademik liцey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik.-T.: «O`zbekiston», 2001.
2. Abduqodirov A.A., Hayitov A..G`., SHodiev R.R. Axborot texnologiyalari T. «O`qituvchi». 2002.
3. www.ziyonet.uz
4. www.google.uz
5. www.kitob.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |