07.05.2022. Dars “Kompyuter tarmoqlari va uning ahamiyati” mavzusida prezentatsiyadan boshlandi.
Quyidagi mavzular bo’yicha ma’ruza o’qildi:
Kompyuterkarni bir-biri bilan bog’lash;
Tarmoq tushunchasi va uning ahamiyati;
Tarmoq orqali taqdim etiladigan xizmatlar;
Axborotni uzatish va qabul qilish;
Manzil tushunchasi;
Lokal, mintaqaviy va global kompyuter tarmoqlari;
Axborot muhitida tezlik tushunchasi, birlilklari va axborot kanallari sig’imi;
Oliy ta’lim muassasalari, kasb-hunar kolledjlari va akademik litseylarning, hamda maktablarning kompyuter tarmoqlari, ular asosida yechiladigan masalalar.
Ma’ruzadan so’ng tarmoqdan foydalanish paytida himoyalanish vositalaridan foydalanishga qaratilgan amaliy mashg’ulot o’tkazildi. Bunda Антивирус Касперского va ESET Smart Security dasturlari misolida himoyalanishning asosiy usullari ko’rib chiqildi. Antivirus dasturini o’rnatish, sozlash va dastru yordamida kompyuterni xavfli dasturlarga tekshirishni o’tkazish ko’nikmalari o’rganildi.
ESET Smart Security oynasi.
10.05.2022. Dars faqat amaliy mashg’ulotdan iborat bo’lib, kompyuterni tarmoqqa ulash, tarmoqda ishlash kabi masalalar ko’rib chiqildi. Kompyuter tarmog’ini yaratishda sinf kompyuterlaridan foydalanib, avval ularning ulanish usuli qadama-qadam tushintirildi, so’ngra kompyuterga o’rnatilgan operatsion tizim (Windows XP) orqali tarmoqni ulashda kerakli vazifalar bajarilish ketma-ketligi ko’rsatildi.
Tarmoq sozlangandan so’ng, tarmoq orqali hujjatlar bilan almashinish usullari, tarmoq orqali boshqarish usullari o’rganildi.
11.05.2022. Dars “Internet tarmog’i va uning ahamiyati” mavzusida prezentatsiyadan boshlandi.
Quyidagi mavzular bo’yicha ma’ruza o’qildi:
Internet tushunchasi;
Global tarmoq tushunchasi;
Internet tarmog’ining tuzilishi;
Internetga bog’lanish;
Telefon liniyasi orqali Internetga ulanish;
Mobil aloqa vositalari yordamida Internetga ulanish;
Modem tushunchasi va uning vazifasi;
O’zbekiston Respublikasida Internet tarmoqg’ining rivojlanishi;
Internet tarmog’ining vazifasi va undan foydalanish maqsadlari.
Maruzadan so’ng amaliy mashg’ulot o’tkazildi. Bunda Microsoft Paint va Adobe Photoshop dasturlari misolida grafik muharirlaridan foydalanish ko’nikmalari o’rgatildi.
Yangi rasm yaratish, mavjud rasmlarni qayta ishlash (qirqish, masshtabini o’zgartirish, ranglar bilan ishlash, effektlar qo’llash) usullari ko’rib chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |