28.05.2022. Dars “Internetda axborot qidiruv tizimlari” mavzusida prezentatsiya dan boshlandi.
Quyidagi mavzular bo’yicha ma’ruza o’qildi:
Qidiruv tushunchasi;
Axborotni qidirish;
Axborotni parametrlari bo’yicha qidirish;
Rasmlarni qidirish;
Musiqa va filmlarni qidirish;
WWW.UZ – milliy axborot qidiruv tizimi;
Mashhur Internet qidiruv tizimlari;
Ixtisoslashgan axborot qidiruv tizimlari;
Qidiruv tizimlaridan to’g’ri maqsadda foydalanish.
Ma’ruza tugatilgandan so’ng amaliy mashg’ulot darsi o’tildi. Bunda operatsion tizimning (Windows XP) kiritilgan vositasi yordamida local ma’lumotlarni qidirish usullari, qidirish parametrlari ishlatilishi, qidirishni tezlashtirish usullari, hamda lokal qidiruv tizimi Google Search va Nero Scout dasturlaridan foydalanish usullari o’rganildi.
22.05.2022. Dars faqat amaliy mashg’ulotdan iborat bo’lib, axborot qidiruv tizimlaridan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilishga qaratildi. Bunda Google, Yahoo, Yandex, Rambler misolida global axborot qidiruv tizimlari, Amazon, Ozon, Wikipedia misolida ixtisoslashgan axborot qidiruv tizimlari, WWW.UZ, Voydod, Doda misolida milliy axborot qidiruv tizimlaridan foydalanish usullari ko’rsatildi.
Bundan tashqari ixtisoslashgan multimedia portallari, ish yarmarkasi portallari va yangiliklar portallari, va umuman ko’p ishlatiladigan veb saytlarning qidiruv tizimlari ishlatilishi o’rgatildi.
23.05.2022. Dars “Internet orqali muloqot va uning ahamiyati” mavzusida prezentatsiya dan boshlandi.
Quyidagi mavzular bo’yicha ma’ruza o’qildi:
Forum tushunchasi;
Milliy va xalqari internet forumlari;
uForum.uz – milliy forumi;
Forumlarda ishtirok etish tartibi;
Bloglar va Viki – saytdagi materialga izoh berish va ma’lumot qoldirish;
Chat tushunchasi. Internetda chatdan foydalanish va muloqot qilish;
Internet orqali so’zlashuv;
Internet orqali video muloqot;
Veb kamera va uning ahamiyati;
Skype, Mail Agent, Google Talk, ICQ dasturlari va ular orqali muloqot o’rnatish;
Twitter ommaviy axborotlarni jo’natish tizimi, undan to’g’ri foydalanish;
Internet orqali muloqot qilish va izoh qoldirish madaniyati.
Ma’ruzadan so’ng lokal tarmoqda muloqot qilishga mo’ljallangan NetMeeting dasturidan foydalanish ko’nikmalari o’rganildi. Bunda oddiy chatdan foydalanish, konferensiya hosil qilish, ovoz orqali muloqot qilish usullari ko’rib chiqildi.
25.05.2022. Dars amaliy mashg’ulotdan iborat bo’lib, Internet xabar almashinish vosita va dasturlari bilan tanishish va ulardan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilishga qaratildi. Bunda keng tarqalgan va o’qituvchilarni qiziqtirgan veb konferensiya, forumlar, bloglarda ro’yxatdan o’tib, ulardan foydalanish o’rganildi. Ziyonet portal va ID.UZ ro’yxatdan o’tish tizimi yordamida shaxsiy blogni yaratish misoli ko’rib chiqildi.
Internet muloqot xizmatini ko’rsatuvchi bir nechta dasturlar ko’rib chiqildi, ular orasidagi farq va afzallilari o’rganildi. Mail Agent va ICQ dasturlaridan foydalanish ko’rib chiqildi. Bunda qayd yozuvlarini yaratish, suhbatdosh qidirish, konferensiya ochish, fayl jo’natish va qabul qilish usullari o’rgatildi.
Wikipedia elektron ensiklopediyasi (Mirzo Ulug’bek rasadxonasi haqidagi maqola)
Do'stlaringiz bilan baham: |