O’quv adabiyoti


Kalla asosining tashqi yuzasi



Download 43,86 Mb.
bet45/72
Sana04.06.2022
Hajmi43,86 Mb.
#637183
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   72
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 1

Kalla asosining tashqi yuzasi
Kalla asosining tashqi yuzasi (basis cranii externa) (35-rasm) uch qismga bo’linadi. Uning oldingi qismi yuqori jag’ suyagining alveolyar o’simtasi va qattiq tanglaydan hosil bo’ladi. Bu qismda o’rta va





35-rasm. Kalla asosining tashqi yuzasi.
1-maxilla; 2-processus palatinus; 3-sutura palatina mediana; 4-lamina horizontalis ossis palatini; 5-choanae; 6-arcus zygomaticus; 7-lamina medialis processus pterygoidei; 8-lamina lateralis; 9-for. ovale; 10-for. spinosum; 11-for. lacerum;12-for. caroticum externum; 13-processus styloideus; 14-for. jugulare; 15-condylus occipitalis; 16-processus mastoideus; 17- os occipitale; 18- os temporale; 19- os parietale; 20-os sphenoidale; 21- os palatinum; 22-os zygomaticum; 23-maxilla.

ko’ndalang tanglay choklari (sutura palatina mediana et transversa), keskich kanal, katta va kichik tanglay kanallari joylashgan.


Kalla asosining o’rta qismi qattiq tanglayni orqa chekkasidan katta teshikni oldingi chekasigacha davom etadi. Bu sohada cho’zinchoq, qirrali, yirtiq teshik (foramen lacerum), pastki jag’ chuqurchasi, bo’g’im do’mbog’i, tashqi uyqu tirqishi, mushak-nay kanali (canalis musculotubarius), bo’yinturuq chuqurchasi va teshigi, halqum do’mbog’i, bigizsimon o’simta, bigizsimon-so’rg’ichsimon teshik, tashqi eshituv yo’li joylashgan.
Kalla tashqi asosining orqa qismi katta teshikning oldingi chekkasidan yuqorigi ensa chizig’igacha boradi. Bu qismda bo’g’im bo’rtig’i, bo’rtiq chuqurchasi va teshigi, til osti nervi kanali, so’g’ichsimon o’simta, so’rg’ichsimon o’yma, ensa arteriyasi egati, tashqi ensa bo’rtig’i, yuqorigi va pastki ensa chiziqlari joylashgan.
Yangi tug’ilgan bolada qattiq tanglay uch suyakdan: keskich suyak, yuqori jag’ suyagining tanglay o’simtasi va tanglay suyagining gorizontal plastinkasidan hosil bo’lgan. Ularda tanglay yassi, katta va yuzasi silliq. Bir yoshda tanglay gumbazi paydo bo’laboshlaydi va bolalikning ikkinchi davrida relefi kattalarninkiga o’xshab qoladi.
Kalla tashqi asosining o’rta va orqa qismlarini hosil qiluvchi suyaklar alohida qismlardan iborat. Pastki jag’ chuquri yassi, bo’g’im bo’rtig’i va so’rg’ichsimon o’simtalar, ensa chiziqlari yo’q. Bolalikning ikkinchi davrida kallaning tashqi asosi kattalarnikiga o’xshagan bo’lib, faqat ponasimon suyak tanasi ensa suyagi bilan birikmagan. Ular 16 yoshdan keyin birikadi.
Kalla asosining ichki yuzasi (basis cranii interna) (36-rasm) bosh miyaning pastki yuzasi relefiga mos tekis bo’lmagan yuzaga ega. U uchta: oldingi, o’rta va orqa kalla chuqurchasiga bo’linadi.
Oldingi kalla chuqurchasi (fossa cranii anterior) peshona suyagining ko’z kosasi qismi, ponasimon suyakning kichik qanotlari va g’alvirsimon suyakning g’alvirsimon plastinkasidan hosil bo’lgan. Bu chuqurchada miya tepachalari va barmoq izlari, xo’roz toji, ko’r teshik va peshona qirrasi bor.
O’rta kalla chuqurchasi (fossa cranii media) ponasimon suyak tanasi va katta qanotlari, chakka suyagi piramidasining oldingi yuzasi va pallasidan hosil bo’lgan. Unda turk egari, gipofiz chuqurchasi, ko’ruv nervi kesishmasi egati, ko’ruv kanali, uyqu arteriyasi egati, koz kosasining yuqori tirqishi (fissura orbitalis superior), yumaloq, cho’zinchoq, qirrali va yirtiq teshik (foramen lacerum), uch shoxlik nerv botiqligi, katta, kichik toshsimon nervlar egati va tirqishi, nog’ora bo’shlig’i tomi va ravoqsimon tepalik joylashgan.
Orqa kalla chuqurchasi (fossa cranii posterior) eng chuquri bo’lib, uni chakka suyagi piramidasining orqa yuzasi, ponasimon suyak tanasining orqa yuzasi va ensa suyagi hosil qiladi. Unda katta teshik,



36-rasm. Kalla asosining ichki yuzasi.
1-srista galli; 2-pars orbitalis ossis frontalis; 3-canalis opticus; 4-fossa hypophysialis; 5-for. rotundum; 6-for. ovale; 7-for. spinosum; 8-for. lacerum; 9-porus acusticus internus; 10-for. jugulare; 11-canalis n.hypoglossis; 12-pyramis; 13-crista occipitalis interna; 14-sulcus transversus; 15-sulcus sigmoideus.

nishab, ichki ensa qirrasi, ichki eshituv yo’li, bo’yinturuq teshigi, til osti nervi kanali va sigmasimon vena egati bor.


Yangi tug’ilgan bola kalla asosini ichki yuzasida oldingi kalla chuqurchasi nisbatan keng va qisqa. Uning tubi yassi, barmoq izlari yo’q. Ko’r teshik katta. Orta kalla chuqurchasida yirtiq teshik yo’q. Katta qanotlar tanasi bilan birikmagan. Orqa kalla chuqurchasi yassi, qiyalik gorizontal joylashgan. Xochsimon tepalik yaxshi bilinmagan. Erta bolalik davrida oldingi kalla chuqurchasi bo’yiga, o’rta va orqa chuqurchalar bo’yiga va eniga kattalashadi. Oldingi chuqurchada metopik chok bitib, o’rnida peshona qirrasi paydo bo’ladi. Orqa kalla chuqurchasida xochsimon tepalik tuzilishi tugallanadi. Bolalikning birinchi davrida oldingi kalla chuqurchasi ko’proq ko’ndalangiga, o’rta va orqa chuqurchalar esa bir tekis o’sadi. Suyaklar relefi kuchayib choklar aniqlashadi. Ko’r teshik bekilaboshlaydi. Qiyalik uzayib vertikal holatni oladi. Ensa suyagi qismlari bir-biri bilan qo’shiladi. Bolalikning ikkinchi davrida kalla chuqurchalari ko’proq eniga o’sadi. Suyaklar relefi kuchayadi.


Kallaning yuz qismi
Kallaning yuz qismini oldingi yuzasida ko’z kosasi, burun bo’shlig’i, yon yuzasida chakka, chakka osti va qanot-tanglay chuqurchalari joylashgan.
Ko’z kosasi (orbita) to’rt tomonli piramida shaklida. Uning asosi tashqariga va oldinga qaragan bo’lib, ko’z kosasiga kirishni (aditus orbitae) hosil qiladi. Uchi orqaga va ichkariga yo’nalgan, unda ko’ruv nervi kanali (canalis opticus) o’tadi. Ko’z kosasining to’rtta: ustki, pastki, ichki va tashqi devori bor.
Ustki devori (paries superior) gorizontal joylashgan bo’lib, biroz qavariq va silliq. Uni peshona suyagining ko’z kosasi qismi va ponasimon suyakning kichik qanotlari hosil qiladi. Bu devor bilan lateral devor o’rtasida ko’z yoshi bezi chuqurchasi (fossa glandulae lacrimalis) joylashgan. Ustki devorning medial chekkasida g’altak chuqurchasi bor. Uning yonida ko’pincha g’aliak o’simtasi uchraydi.
Ichki devori (paries medialis) sagittal joylashgan. Uni yuqori jag’ suyagining peshona o’simtasi, ko’z yoshi suyagi, g’alvirsimon suyakning ko’z plastinkasi, ponasimon suyak tanasi va peshona suyagini ko’z kosasi qismi hosil qiladi. Bu devorning oldingi qismida ko’z yoshi qopi chuqurchasi (fossa saccus lacrimalis) joylashgan. Pastga tomon bu chuqurcha burun-ko’z yoshi kanaliga (canalis nasolasrimalis) o’tadi va pastki burun yo’liga ochiladi.Ko’z yoshi qopi chuqurchasidan orqaroqda medial devorning yuqori qismida ikkita: oldingi g’alvirsimon teshik (foramen ethmoidale anterius) va orqa g’alvirsimon teshik (foramen ethmoidale posterius) bo’lib, ulardan shu nomdagi qon tomir va nervlar o’tadi.
Pastki devori (paries inferior) yuqori jag’ suyagining ko’z kosasi yuzasi, yonoq suyagi va tanglay suyagining ko’z kosasi o’simtasidan hosil bo’lgan. Bu devorda ko’z kosasi osti egati (sulcus infraorbitalis) joylashgan. Bu egat yuqori jag’ suyagini oldingi yuzasiga ochiluvchi shu nomdagi kanalga davom etadi.






Download 43,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish