15-jadval
Qolip aralashmalarining turi, holati va qotish xususiyatiga muvofiq sinflarga bo‘linishi
Aralashma turi
|
Aralashmaning holati
|
Aralashmaning kategoriyasi (qolip va o‘zaklar qotish xususiyatiga muvofiq)
|
Aralashma ishlatilinishi
|
Qum-gilli
|
Plastiksimon
|
Kotirilmaydigan
|
O‘rtacha va yiriq qolip va o‘zaklar uchun
|
Issiqlik ta’sirida qotadigan
|
Qum-suyuqshishali
|
Plastiksimon
|
Havoda qotadigan
|
Qolip va o‘zaklar uchun
|
Issiqlik ta’sirida qotadigan
|
Kimyoviy usulida qotiriladigan
|
O’zi qotadigan
|
Suyuq
|
Issiqlik ta’sirida qotadigan
|
Yiriq qolip va o‘zaklar uchun
|
O’zi qotadigan
|
Qum-saqichli
|
Sochilma
|
Issiqlik ta’sirida qotadigan
|
Qoplamli o‘zok va qoliplar uchun
|
Plastiksimon
|
Issiqlik ta’sirida qotadigan
|
Kichik
O‘zaklar uchun
|
O’zi qotadigan
|
Mayda, o‘rta va yiriq
|
Issiqlik ta’sirida qotadigan
|
O‘zaklar uchun
|
Suyuq
|
Issiqlik ta’sirida qotadigan
|
O‘rtacha o‘zaklar uchun
|
O’zi qotadigan
|
Qum-sulfitli
|
Plastiksimon
|
Issiqlik ta’sirida qotadigan
|
Mayda o‘zaklar uchun
|
O’zi qotadigan
|
O‘rtacha o’lchamli qoliplar uchun
|
Suyuq
|
Issiqlik ta’sirida qotadigan
|
O’zi qotadigan
|
Qum-sementli
|
Plastiksimon
|
O’zi qotadigan
|
Yiriq qolip va o‘zaklar uchun
|
Suyuq
|
Qum-yog‘li (o‘zaklar uchun)
|
Plastiksimon
|
Issiqlik ta’sirida qotadigan
|
Mayda va yiriq o‘zaklar uchun
|
Qumlarni regenarsiya qilish
Regeneratsiya – bu ko‘p ishlatilgan qolip aralashmalaridan yaroqli qumlarni ajratib olish va qumlarning yuzasidan bog‘lovchi moddalar qoplamini bo’zish va qolip qumlarini kayta ishlatishga tiklash jarayonidir.
Regenarsiyaning oxirgi maxsuloti bu qolip qum-regenerati. Regenerat yangi toza qumning o‘rniga va u bilan birga qolip aralashmalarni tayyorlashda ishlatiadi.
Regeneratsiya qilingan qum standart talablariga javob berishi kerak, va zararli qo‘shimchalardan toza bo‘lishi va qumining donachalari o‘lchovlari bo‘yicha belgilangan ko‘rsatgichlarga to‘g‘ri kelishi kerak.
Amaliyotda uch xil regeneratsiya usuli ko‘llaniladi, bu mexanik (quruq), gidravlik (suvli) va termik regenearsiya. Ko‘pincha kombinatsiya usulida regeneratsiya qilinadi, bunda quruq va suvli usularni birlashtirib sifatli ajratilgan qum olishga harakat qilinadi.
Mexanik regeneratsiya. Mexanik regeneratsiyada bog‘lovchi moddalarning yupqa pardasiga mexanik yoki pnevmatik usulda zarba berib ajratish ko‘zda tutilgan. Pardaning ajralishi unda kuchlanishlar hosil bo‘lishida, adgeziya bog‘lanishlarini kuchlanishlarini katta tezlik bilan uchayotgan donachalari to‘sikka to‘g‘ri kelganida amalga oshadi. Donachalarni va aralashmani mexanik usulda ajratishda mexanik, pnevmatik usulida amalga oshirilsa mexanik va pnevmatik regeneratsiya deb nomlanadi.
Amaliyotda ko‘prok pnevmatik regeneratsiya qurilmalari rivojlangan.
Bu usulda 45 m/s tezlikka ega bo‘lgan havoning oqimi ishlatilgan qolip aralashmasini vertikal trubaga otadi. Trubadan chiqishda ular zarbani kaytarish qurilmasiga uriladi va bir biriga ham uriladi. Bu kuchlarning natijasida bog‘lovchi moddaning pardasi qumlar yuzasidan ajraladi. Pardaga urilgan qumlar qismi pastka tushib ketadi, boshqa qismi kayta ishkalab tozalashga boradi, mayda fraksiyalari esa havoning bosimi bilan filtrlarga boradi.
Gidravlik regeneratsiya. Bu usulda ishlatilgan qolip aralashmasi pulpa sifatida (tarkibida kerakli moddani ajratish uchun maydalangani bor suvli aralashma) ishlatilinadi.
Qum pulpasi turli usullarda yuviladi: okar suvda, gidrotsikloidda, ishqalash mashinalarida va boshkalarda. Separatsiyadan (klassifikatsiyadan) so‘ng qumning suvi ketkiziladi (regeneratni) va quritiladi. Separatsiyadan chiqqan suv qayta ishlatish uchun tozalanadi.
Suvning sarfi o‘rtacha 1 t regeneratsiya qumiga 10 t to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |