4
Mustahkamlash
15 daqiqa
5
Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa
berish
3 daqiqa
Foydalanilgan adabiyotlar :
Kimyo 7.Toshkent-2009. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi :
Tashkiliy qism:
1. O’quvchilar bilan salomlashish.
2. O ’quvchilar davomadini aniqlash.
3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni:
• Kimyo moddalar, moddalarning xossalari va ularning bir-biriga aylanishi to‘g‘risidagi fandir.
Kimyo tabiatdagi barcha mavjudot turli ko‘rinishdagi kimyoviy moddalardan tarkib topganligiga asoslangan holda ularni
bir turdan boshqa turga o‘zgarish qonuniyatlarini hamda xossalarini o‘rganuvchi aniq fan hisoblanadi.
Kimyo fanining predmeti barcha tabiiy va sintetik moddalardir.
Moddalar hozirgi vaqtda ma'lum bo‘lgan 118 ta kimyoviy elementning u yoki bu tarzda o‘zaro birikishi natijasida hosil
bo‘lgan birikmalardir. Shuning uchun moddalarning kimyoviy va fizik xossalarini o‘rganish kimyo fanining asosiy vazifalaridan
biri hisoblanadi. Kimyoviy moddalar va ulardagi o‘zgarishlardan insoniyat o‘z ehtiyojlari uchun qadimdan foydalanib kelgan.
Xitoyda, Misrda, Markaziy Osiyoda qishloq ho‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda, turli xil bo‘yoqlar ishlab chiqarishda,
me'moriy obidalarni barpo etishda, kiyim-kechaklar tayyorlashda kimyoviy moddalar va hodisalardan keng foydalanganlar.
Jahonga tanilgan buyuk ajdodlarimiz Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziy, Abu Nasr Forobiy, Abu
Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino VIII—X asrlardayoq o‘zlarining ilmiy asarlarida kimyoviy moddalardan turmush ehtiyojlarida
va turli xil xastaliklarni davolashda foydalanish yo‘llari haqida dastlabki qimmatli ma'lumotlarni keltirganlar.Abu Ali ibn Sino
dorivor moddalarni ma'lum tarkibda bo‘lishini ta'riflash orqali tarkibning doimiylik qonuniga, ularni sodda va murakkab dorilarga
toifalash orqali atom-molekulyar ta'limotning dastlabki tushunchalarini shakllanishiga asos solganligi yurtimizda kimyoviy
bilimlar bilan shug‘ullanish tarixi chuqur ildizlarga ega ekanligidan dalolat beradi. O‘rta asrlarga kelib, Yevropadagi rivojlanish
kimyo sohasida ham o‘z aksini topdi. 1869-yilda rus olimi D.Mendeleyev tomonidan o‘sha davrgacha ma'lum bo‘lgan kimyoviy
elementlarni sinflash muvaffaqiyatli amalga oshirilib, elementlar Davriy jadvali yaratildi. XX asr oxirlariga kelib, kimyo fani
yanada jadal sur'atlar bilan rivojlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |