O’qtuvchi: Tayyorladi: Reja


II.Terrorizmning turlari?



Download 0,77 Mb.
bet2/2
Sana15.06.2022
Hajmi0,77 Mb.
#674752
1   2
Bog'liq
Terrorizm tushunchasi, shakllari, sabablari va unga qarshi kurash mexanizmi

II.Terrorizmning turlari?
Hozirda, tеrrorizm quyidagi: milliy ayirmachilik, etnik, diniy ekstrеmistik, siyosiy, iqtisodiy tеrrorizm, axborot tеrrorizmi kabi shakllarda namoyon bolmoqda. Milliy ayirmachilik, etnik xaraktеrdagi tеrrorizm nisbatan oz sonli etnik guruhlarning oz manfaatlarini himoya qilish, ozga millat hukmronligiga qarshi kurash usuli, vositasi sifatida qollanmoqda. Tеrrorizmning bunday korinishi dunyoning juda kop mintaqalarida, mamlakatlarida avj olgan, azaliy davom etib kеlayotgan ijtimoiy-siyosiy ofatdir. Qadimdan bir hududda yashab kеlayotgan turli etnik guruhlarning ozaro murosa qilib yashay olmayotganligi va gеosiyosiy, diniy e'tiqod jihatdan farqi kabi omillar oqibatida yuzaga kеlayotgan bunday tеrroristik hurujlardan tinch aholi jabr kormoqda va qurbon bolmoqda. Etnik xaraktеrdagi tеrrorizm diniy ekstrеmistik mazmundagi buzgunchi goyalar bilan qorishib kеtgan. Kichik Osiyoda Isroil va Falastin davlatlari ortasidagi, Hindistonda, Pokistonda, Turkiyada, Rossiyada, Buyuk Britaniyada, Bolqonda, Afrika va Lotin Amеrikasining bir qator mamlakatlarida sodir qilinayotgan tеrroristik hurujlar shular jumlasidandir. Xalqaro tеrrorizmning yana bir korinishi diniy ekstrеmistik mazmundagi buzgunchi goyalar asosida sodir bolmoqda.

III.Oʻzbekistonda Terrorizmga qarshi kurash?
Oʻzbekiston Respublikasida "Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida" maxsus qonun qabul qilindi (2000 y. 15 dek.). Ushbu qonunda terrorizm — siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sogʻligʻiga xavf tugʻdiruvchi, mol-mulk va boshqa obʼyektlarning yoʻq qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni bironbir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni koʻzlab igʻvogarliklar qilishga, aholini qoʻrqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, Oʻzbekiston Respublikasining JKda javobgarlik nazarda tutilgan zoʻrlik, zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar deb taʼriflanadi. Qonunda davlat organlarining Terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari, terrorchilikka qarshi operatsiyaning oʻtkazilishi, terrorchilik harakati oqibatida yetkazilgan zararni qoplash va jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi kabi masalalar huquqiy asoslab berilgan. Oʻzbekiston Respublikasining JKga koʻra, terrorchilik harakatlarini tayyorlash va sodir etish, bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablagʻ-vositalar va resurslar berish yoki yigʻishga, boshqa xismatlar koʻrsatishga qaratilgan harakat 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Terrorchilik harakati odam oʻlishiga, boshqa ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etish yoki mamlakatdan chiqarib yuborish jazosi belgilanadi.
Terrorizmni tayyorlashda ishtirok etgan shaxs, agar u hokimiyat organlariga oʻz vaqtida xabar berish yoki boshqa usul bilan ogʻir oqibatlar yuzaga kelishining hamda terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol koʻmaklashgan boʻlsa, basharti bu shaxsning xarakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi boʻlmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.

Jahonda
Erondagi Sistan, Belujiston va Gʻarbiy Ozarbayjon viloyatlarida uchta terroristik guruh yoʻq qilindi va 21-mart kuni Saravondagi teraktni sodir etganlar hibsga olindi. Sistan va Belujistondagi guruh aʼzolari boshqa mamlakatda harbiy tayyorgarlikdan oʻtgan va guruh rahbarligida jinoyat sodir etgan „Jaysh al-Adl“ terroristik guruhiga aloqador boʻlgan. Guruh yetakchisidan ikkita avtomat, shuningdek, bomba tayyorlash uchun baʼzi qurol va materiallar topilgan. Bayonotda uning avval giyohvand moddalar savdosi va qotillik bilan shugʻullangani keltirilgan. Gʻarbiy Ozarbayjonni talon-toroj qilish va terroristik harakatlarni amalga oshirish maqsadida bostirib kirgan qurolli guruh ortidan kuzatuv amalga oshirilgan va Urmiya bilan chegaradosh mintaqadagi qurolli toʻqnashuvdan soʻng ulardan ikkitasi oʻldirilgan, bittasi esa qochib ketgan.


Ekstremizm va terrorizm odamlarning ertangi kuniga bo’lgan ishonchiga putur yetkazibgina qolmay, balki xalqaro maydondagi muammolarni, jumladan, turli e’tiqod vakillari bo’lgan xalqlar orasidagi o’zaro ishonchga soya solib, jahon taraqqiyotining xalqaro iqtisodiy va madaniy hamkorlikning rivojiga to’siq bo’lmoqda. Ekspertlarning xabar berishicha, dunyoda terroristik tashkilotlarning yuzdan ortig’i eng zamonaviy qurollar bilan qurollangan va bu tashilotlar bir-birlari bilan axborot almashadilar, qo’poruvchilik ishlarinini amlaga oshirayotgan paytda o’zaro sherikchi bo’ladilar, zaruz bo’lgan vaqtda bir-birlariga moliyaviy va boshqa shakldagi yordam beradilar.Bunday tashkilotlarning eng yiriklari qatoriga ,, Al-Qoida’’, ,,Al-Jihod al-islomiy’’, ,,Hizbut-tahrir’’, ,,Tolibon’’ “ISHID” “Vahobiylar” va boshqa terroristik tashkilotlarni misol qilib aytishimiz mumkin. Islomiy ekstremizm hozirgi davrda va u bilan bog’liq terrorizm dunyoning 15 dan ortiq mamlakatiga alohida tahdid solmoqda. Bu davlatlar qatoriga Sudan, Misr, Suriya, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Jazoir, Liviya, Senegal, Pokiston, Malayziya, Indoneziya, Falastin, Iroq va boshqa davlatlarda terrorizm eng ashaddiy ildiz otgan davlatlar sirasiga kiradi. Hozirgi kunda eng dahshatli qo’poruvchilik ishlari Suriya, Iroq va Afg’oniston davlatlari hududlarida sodir bo’lmoqda. Bizning yurtimiz O’zbekistonda ham 1999-yil 16-fevral (Toshkent), 2004-yilning mart-aprel va iyul, 2005-yilning may (Andijonda) oylarida sodir etilgan voqealar keng ko’llamli xalqaro terrorchilik tuzilmasining navbatdagi ,,vahshiyliklaridan” biri ekaniga hech qnday shubha qolmaydi. Bizning davlatimiz diniy ekstremizm va terrorizm bilan duch kelgan va uning asoratlaridan aziyat chekkan birinchi davlat emas. U bugun jahonning ko’plab mamlakatlari xavfsizligiga tahdid solayotgan illatdir.Ma`lumki dunyoda hech bir din u hoh xristianlik bo‘lsin, hoh buddizm, yahudiylik dini bo‘ladimi insonlarni hech qachon yovuzlikka, qo‘poruvchilikka, qo‘rqitishga, odam o‘ldirishdek jirkanch bir holatlarga da`vat qilmaydi, balki insonlarni ezgulikka, diyonatga, halollikka undovchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shunday ekan diniy ekstremistik guruhlarning “din” yo‘lida olib borayotgan qo‘poruvchilik harakatlari mutloqo asossizdir. Yuqorida keltirib o‘tgan dinlardek islom dini ham ezgulik dini ekanligiga hech bir shak-shubha yo‘q. Lekin hozirgi kunda butun dunyoda olib borilayotgan ekstremistik va terroristik harakatlarning aksariyati aynan islom dini niqobi ostida sodir e`tilayotganligi muqaddas dinimizga bo’lgan munosabatni biroz salbiylashtirayotganligi bor gap. Ayniqsa hozirgi kunga kelib butun dunyoga xavf solayotgan terrorchilik guruhlarining eng yirigi, o‘zlarining ta`biri bilan aytganda “Iroq va Shom islom davlati”dir. Bir nechta yirik terrorchi guruhlarning o‘zaro birlashishidan tashkil topgan, niyatlari o‘z bayrog‘idek qora, hali hech bir davlat tan olmagan bu “davlat” bugungi kunda butun insoniyatga tahdid solayotgan siyosiy muammoga aylanib ulgurdi. Ular dunyoning turli burchaklarida teraktlar sodir etish va tinch aholining yuragiga g‘ulg‘ula solish bilan tartibsizliklar keltirib chiqarishni o‘zlariga kasb qilib oldilar. Shu o‘rinda bir savol kelib chiqadi: Ular qanday qilib tez fursatda bunday kuchga ega bo‘lishdi?
Bilamizki bola tug’ilgandayoq yugurib ketmagan, yohud darhol tili chiqib ona yoki ota degan so’zlarni aytmagan. Lekin yangi paydo bo’lgan bu terroristic tashkilot qisqa fursatda qanday qilib bunday kuchga ega bo’ldi. Javob bitta!! Ularning ortida ta’bir joiz boquvchi otalari dunyo uchun esa qora son kasalidek xavfli bo’lgan qora qo’l tashkilotlar mavjud. Ular shunday buzg’unchi guruhlarni qurol va moliyaviy jihatdan ta’minlab urush boshlashga undaydi. Shu zahoti ikkinchi niqoblarini taqib xujumga uchragan davlatga o’zini himoya qilishi uchun qurol yarog’ sotishadi va juda katta foizlar bilan qarz berishadi, tarix bunga guvohlik bera oladi.
Barchamizni tashvishga solib, o’ylantirib qo’ygan hamda vatanimizning osoyishtaligi bilan bog’liq bo’lgan muammolarga ko’proq e’tibor berishimizni taqazo etayotgan narsalardan biri Pokistondagi mazkur yashirin markazlarda Markaziy Osiyodan, asosan Tojikiston va O’zbekistondan 400ga yaqin kishilarning bizning davlatimizda turli qo’poruvchilik ishlarini olib boorish uchun tayyorgarlik ko’rayorganligidir. Anashunday murakkab sharoitda Vatanimizning har bir fuqarosi barcha o’ylarini, fikri- zikrini bir joyga yig’ib, o’z yurtining kelajagi, tinchligi haqida, xalqimiz istiqboli haqida o’z burchi, oila va Vatan oldidagi burchlari haqida chuqur mulohaza qilishlari zamon talabidir.

Adabiyotlar:

  1. Karimov I. A., Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, Terrorizm, 1997;

  2. Karimov I. A., Terrorizm xavfi toʻgʻrisida, Terrorizm, 2001; Karimov I., Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi oʻz kuch-qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bogʻliq. Terrorizm, 2004;

  3. Rajabova M, Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash muammolari, Terrorizm, 2003.

  4. https://uz.wikipedia.org/wiki/Terrorizm,www.ziyonet.uz...




Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish