Sufriya. Sufriya ham xavorijlarning bir guruhi bolib, Ziyod ibn al-Asfar degan kishi nomidan shunday deb ataldilar.
Sufriylar talimoti ozining nisbatan motadilligi bilan ajralib turadi. Bu guruhning ajralib chiqishiga xavorijlar orasida kotarilgan imon masalasidagi tortishuvlar sabab bolgan. Ular azoriqadan farqli olaroq qozgolonlarda qatnashmagan oz dindoshlarini kofirga chiqarmaganlar. Raqiblarning qariya, ayol va bolalarini oldirishdan qaytarganlar. Ongli ravishda taqiyaga oz imonini amalda emas, faqat ogzaki ravishda yashirishga yol berganlar. Bu firqa VIII asrgacha oz faoliyatini davom ettirganligi haqida malumotlar bor.
Xaraja feli chiqmoq manosida keladi. Xorijiylar ajralib chiqqanlar, yani islomchilar degan manoni anglatadi. U islomdagi ilk diniy-siyosiy oqim hisoblanib, xalifa Ali ibn Abu Tolib va Muaviya tarafdorlari bilan xalifalikdan hukmronlik uchun kurash ketayotgan bir davrda vujudga keldi. Ular xalifa diniy jamoa tomonidan saylanadi va unga boysunadi; har qanday taqvodor musulmon xalifa bolib saylanishi mumkin; agar xalifa jamoa manfaatlarini himoya qilmasa vazifasidan boshatiladi va hatto qatl qilinadi; eyiqod amaliy faoliyat bilan mustahkamlanishi lozim, deb hisoblaydilar. Etiqodsiz va gunohkor kishilarni jazolashda murjiylar (jazo muddatini kechiktirishni istovchilar) tarafdorlariga qarshi turganlar.
VIII asrning 2-yarmiga kelib, bu oqim oz rahbarlari nomi bilan ataluvchi bir necha guruhlarga Azraqiy, Ibodiy, Sufiriy kabilarga bolinib ketdi. Olimlarning fikricha, ichdan bolinishi hamda Ummaviy hamda Abbosiy halifalar VII-IX asrlarda Xorijiylarga qarshi keskin kurash olib borishi natijasida ularning katta qismi qirib tashlandi, qolganlari shimoliy Afrikada oz davlatini vujudga keltirdi. Hozirdan Xorijiylarning Ibodiy sektasi Magrib mamlakatlarida (Jazoir, Tunis) Ummon va Tanzaniyada uchraydi.
Islom dinida oz goya va qarashlarini ilgari surgan etirof etilmagan mazhablar hamda muayyan bir guruhni manfaatini kozlagan uning orzu intilishlarini royobga chiqarish maqsadida tuzilgan diniy-siyosiy oqimlar paydo bolgan. Bularga: Murjiylar, Mutaziylilar, Jabariylar, Jahmiylar, Qadariylar, Mushabbihalar yoki ahli At-tashbeh, As-Sifatiya, Salafiya, Vahobiylik, Ahmadiya harakati Hizbat-tahrir Al-Islomiy diniy tashkiloti, Tablihchilar jamoasi, Akromiylar, Nurchilar jamoasi, Tavba, Islom uygonish partiyasi, Islom lashkarlari, Adolat harakatlari kiradi.
Murjiylar alohida bir yonalish bolib emas, balki, mazhablar ichidagi oqim sifatida tarkib topgan. Ular asosida yana bir qancha kichi-kichik oqimlarga, yani firqalar vujudga keldi. Murjiylar bu dunyodagi inson halokati muhokama qilishni orqaga surib, insonning hatti-harakati, imonini yolgiz Allohning ozigina va faqat uning ozi inson ustidan hukm qila oladi, deb hisoblaydilar. Bu goyani xalifa Ali bin Abu Tolibning nevarasi Hasan bin Muhammad VII asrning 90-yillarida Kufalik Ali tartafdorlariga yozgan nomalarida ifodalanadi. Xuddi shu kabi nomalar xalifalikning boshqa shaharlariga ham yuboriladi. Ularning talimotida har qanday momin haqida hoh tiriklik bolsin, hoh olgan bolsin uni hukm qilish, muhokama qilish qoralanadi. VIII asrning 1-yarmida bu talimotga asos solingan edi.
Mutaziylilar. Birinchi yirik yonalish vakillari hisoblanib, Damashq va Bogdod xalifaligi hayotida VII-IX asrlarda muhim orin tutgan. Ularning aqidalari qatiy Allohning yagonaligiga siginish, xudo oz vadasiga turishi lozim, oraliq holat, yaxshilikka davat va yomonlikdan qaytarish.
Jabariylar. Arabcha jabrdan olingan bolib, bu oqim VII asr oxiri, VIII asr boshlarida Islom ilohiyotida paydo bolgan ilk yonalishlardan hisoblanadi. Jabariylar inson taqdirini xudo mutloq oldindan belgilab qoyadi, hech qanday iroda va faoliyat erkinligi yoq. Bular faqat ollohdagina mavjud, inson esa anashu faoliyatni ozlashtirib olish imkoniyatigagina ega, degan talimotni ilgari suradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |