Oqsillar biosintezini boshqarilishi


O’t pigmentlari almashinuvining kasalliklari



Download 94,47 Kb.
bet8/10
Sana24.05.2023
Hajmi94,47 Kb.
#943095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Oqsillar biosintezini boshqarilishi

3. O’t pigmentlari almashinuvining kasalliklari. Organizmda turli omillarning ta’siri natijasida bilirubin hosil bo’lishi, aylanishi va ajralishi, buzilishi mumkin. Bilirubinning qondagi miqdori oshishi uning to’qimalarda, jumladan teri va shilliq qavatlarda to’planib, ularni sariq rangga kirishiga sabab bo’ladi (bilirubinning rangi). Bunday holatga sariqlik deb aytiladi va uning bir nechta turlari farqlanadi: gemolitik (jigar usti), parenximatoz (yoki gepatosellyulyar) va obturatsion (yoki jigar osti).
Gemolitik sariqlik eritrotsitlarning tomir ichida yoki to’qimada (RES hujayralarida) parchalanishiga olib keluvchi bir qancha sabablar natijasida yuzaga keladi. RES hujayralaridan qonga o’tgan ko’p miqdordagi erkin bilirubin jigarda bog’lanishga ulgurmaydi va shu sababli uning miqdori qonda oshadi. Ko’p miqdorda ajralayotgan sterkobilin va urobilin ta’sirida axlat to’q rangli, siydikda esa urobilin miqdori ko’p bo’lganligi uchun to’q sariq rangli bo’ladi.
Parenximatoz sariqlik jigar hujayralarining viruslar, toksik gepatotrop birikmalar ta’sirida zararlanib, ularning o’tkazuvchanligi oshishi natijasida normada jigardan qonga kam miqdorda o’tadigan bilirubinglyukuronidlar ham o’tishi oshadi. Jigar hujayralarining zararlanishi oqibatida ularning qondagi bilirubinni qamrab olish va ularda bilirubinglyukuronidlar hosil bo’lishi sekinlashadi. Shu sababli normal gemoliz bo’lishiga qaramasdan erkin va bog’langan bilirubin miqdori oshadi (lekin gemolitik sariqlik darajasida emas). Axlat va siydik sterkobilin va urobilin kam miqdorda ajralgani uchun juda och rangli bo’ladi. Ammo siydikda normada mavjud bo’lmagan bog’lanmagan bilirubin kam miqdorda paydo bo’ladi.
Obturatsion sariqlik o’t suyuqligining ichakka o’tishini buzilishi natijasida kelib chiqadi. U bog’langan bilirubinni jigardan qonga qaytib o’tishi bilan kuzatiladi. Qonda miqdori oshgan bog’langan bilirubin yaxshi eruvchi modda sifatida ko’p miqdorda siydik bilan chiqib ketadi. Buning oqibatida to’q sariq rangli siydik hosil bo’ladi. Axlat esa o’t pigmentlari bo’lmaganligi sababli oqish-kulrang bo’ladi.
Chaqaloqlarning sariqligi fiziologik hisoblanadi. U bilirubinni bog’lovchi ferment glyukuronoziltransferaza fermenti yetishmasligidan kelib chiqadi. Shuning uchun biror bir sabab bilan eritrotsitlar parchalanishining oshishi qonda bog’lanmagan – erkin bilirubin miqdorining oshishi va sariqlikka olib keladi. Chaqaloqlarning fiziologik sariqligi jigarda glyukuronoziltransferaza miqdorini oshirilish choralari ko’rilganda 2 haftada o’tib ketadi. Qonda erkin bilirubin miqdorining uzoq vaqt yuqori bo’lishi rivojlanayotgan miyaga zaharli ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ba’zida bolalarda shaytonlash yoki nerv sistemasining qaytmas qo’zg’alishi kuzatiladi.
Pigment almashinuvining buzilishi ichak mikroflorasi faoliyati pasayishidan yuzaga kelgan disbakteriozda (masalan, tetrasiklin qatori antibiotiklari bilan davolanganda) ham bo’ladi.

Download 94,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish