Oqsillar biosintezini boshqarilishi



Download 94,47 Kb.
bet3/10
Sana24.05.2023
Hajmi94,47 Kb.
#943095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Oqsillar biosintezini boshqarilishi

3. Repressiya mexanizmi. Laktozaning fermentlar yordamida parchalanishi uning miqdorini kamaytiradi va glyukoza hosil bo’lishiga olib keladi. Glyukozaning parchalanishi natijasida qandaydir metabolit hosil bo’ladi va ATF dan sAMF hosil bo’lishini kamaytiradi. sAMF taqchilligi KFO ning bog’lanishini kamaytiradi, bu esa RNK-polimerazaning promotor bilan birikishini qiyinlashtiradi. Muhitda laktozaning butunlay tugashi uning repressorga ta’sirini pasaytiradi. Natijada repressor faollashadi, operator bilan bog’lanadi va transkriptsiyani blokirlaydi. Oqsil sintezi to’xtaydi.
Boshqa operonlar faqat salbiy (repressorlar) emas, balki ijobiy (sAMF-KFO kabi) boshqaruvchilarga ham javob beradilar. Bakteriyalarda mRNK ning yashash muddati juda qisqaligi (ular tez parchalanib ketadi), o’ziga xos xususiyat bo’lib, bu ularning oqsil to’plamini tashqi muhitning keskin o’zgarishi (oziqlanish sharoiti, ximiyaviy va fizikaviy omillar) ga tez moslashish imkonini beradi.
Eukariotlardagi oqsil sintezining boshqarilish mexanizmi prokariotlarga nisbatan kam o’rganilgan. Yuqori tuzilgan hayvon va o’simliklar xromatini bakteriyalardagiga nisbatan murakkab tuzilgan. Bundan tashqari xromatinning membrana bilan o’ralgan yadroda joylashganligi genetik axborotning sitoplazmaga – oqsil sintezi boradigan joyga o’tishini qiyinlashtiradi. Yuksak tuzilgan eukariotlarda bakteriya repressorlariga o’xshash boshqaruvchi oqsillar topilmagan.
4. Gen faolligining boshqaruvchilari. Ma’lumki, xromatin strukturasining tuzilishida DNK gistonlar, giston bo’lmagan oqsillar va kam miqdorda RNK bilan kompleks holida uchraydi. Mulohazalarga ko’ra, xromatin oqsillari faqat struktura emas, balki DNK ga bog’liq RNK-polimeraza yordamida xromatinning ma’lum bir genlarining transkriptsiyasini yengillashtirib yoki qiyinlashtirgan holda boshqaruvchi vazifasini ham bajaradi.
Gistonlar transkriptsiyaning salbiy boshqaruvchilari bo’lib hisoblanadi (bakteriyalardagi repressorlarga o’xshash). Ular musbat zaryadga ega bo’lgan holda DNK ning manfiy zaryadlangan fosfat qoldiqlari bilan bog’lanadi va transkriptsiyani blokirlaydi, ya’ni nusxa ko’chirish uchun DNK qismlarini matritsa sifatida ishlatilishiga yo’l qo’ymaydi. Transkriptsiyaning deblokirovkasi yoki derepressiyasi DNK bilan gistonlarning bog’i kuchsizlanganda ro’y beradi.
Gistonlar xromatin transkriptoni boshqarilishida ishtirok etadi, ammo ular gen boshqarilishining o’ziga xosligi (spetsifikligi)ni ta’minlay olmaydilar.
Giston bo’lmagan oqsillar judayam xilma-xil, shuning uchun ular transkriptsiyaning o’ziga xos boshqaruvchilari vazifasini bajaradi deb hisoblanadi. Bunday oqsillar o’zida manfiy zaryad saqlab, DNK ning istalgan qismi bilan emas, balki spetsifik qismi bilan bog’lanadi. Giston bo’lmagan oqsillar ijobiy boshqaruvchilar hisoblanib, DNK bilan bog’langan joylarida transkriptsiyani yengillashtiradilar. Ammo bunday oqsillarning transkriptsiyaga ta’sir mexanizmi aniqlanmagan. Bunda ayniqsa, fosforillangan giston bo’lmagan oqsillar samarali ravishda transkriptsiyani faollaydilar.
Shunday qilib transkriptsiyani boshqarilishida gistonlar RNK sintezini ingibirlaydilar, giston bo’lmagan oqsillar esa bunga qarshilik qiladilar.
Transkriptsiyani uchinchi tur boshqaruvchilari past molekulali turg’un yadro RNK si (vektor RNK) ning molekulalari bo’lib, doimo yadroda joylashadi va oqsil bilan kompleks holda uchraydi (RNP). Bunday ribonukleotid transkriptonlarning aktseptor qismiga komplementar o’zaro ta’sir yo’li bilan genlarga tanlab ta’sir o’tkazadi. Bunday molekulalarning boshqaruvchilik vazifalari o’rganilmoqda.
Translyatsiyadan so’ng boshqarilish initsiatsiya, elongatsiya va terminatsiya bosqichida bo’lib, ular har xil oqsil faktorlari va mRNK ga translyatsiya protsessingiga ta’sir etuvchi ingibitorlar ta’siri ostida bo’ladi.
Hozirgi vaqtda tibbiyot amaliyotida odam organizmiga ta’sir etmay, bakteriyalarda nuklein kislota va oqsil biosintezi jarayonini tormozlovchi ko’pgina antibiotiklar qo’llaniladi. Antibiotiklar nuklein kislotalar va oqsil biosintezining muhim reaktsiyalariga ta’sir etadilar.

Download 94,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish