Glyukozaning parchalanishi: hujayraviy nafas olish Energiya chiqaruvchi yoʻlga misol sifatida, keling, hujayralaringiz qand molekulasini (aytaylik, desertga tanovul qilgan shirinligingizdagi shakar) qanday qilib parchalashi mumkinligini koʻrib chiqamiz.
Bir qancha hujayralar, xususan, tanamizdagi hujayralarning koʻpchiligi hujayraviy nafas olish deb ataluvchi jarayon orqali glyukozadan
C6H12O6 energiya oladi. Bu jarayonda glyukoza molekulasi asta-sekin bir qancha kichik bosqichlardan oʻtib parchalanadi. Jarayonning umumiy reaksiyasi quyidagicha:
C6H12O6 + 6O2 = 6CO2 + 6H2O +energiya
Glyukoza parchalangach, energiya ajraladi. Bu energiya hujayra tomonidan adenozin trifosfat (ATF) koʻrinishida qabul qilinadi. ATF hujayralarga energiyani qisqa muddatga saqlash imkonini beruvchi kichik molekula hisoblanadi.
ATF hosil boʻlgach, u energiya manbai sifatida hujayradagi boshqa reaksiyalar uchun ishlatiladi. Biz odamlar puldan foydalanamiz, chunki bu har safar tovar ayirboshlagandan koʻra osonroq, hujayralarda ham xuddi shunday, hujayralar energiya uzatish uchun standart yoʻl — ATFdan foydalanadi. Shu bois ATF baʼzan hujayraning “energiya valyutasi” deb ham taʼriflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |