Oqsil almashinuvining umumiy yo‘llari


Hayvonlarda oqsillar almashinuvi



Download 144 Kb.
bet4/6
Sana01.04.2022
Hajmi144 Kb.
#522709
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3- mavzu lotincha

Hayvonlarda oqsillar almashinuvi
Hayvon organizmi oqsil moddalarga bo‘lgan ehtiyojini kundalik ovqat bilan ta’minlab turadi. Tarkibida azot tutuvchi birdan-bir oziqa modda oqsillar bo‘lganidan, tarkibida deyarli azot bo‘lmagan uglevod yoki yog‘lar uni qoplay olmaydi. Organizmning hayot faoliyati jarayonida oqsil moddalar doimo sarflanib, ular tarkibidagi azot tashqariga chiqarilib turgach, ovqat bilan ham ma’lum miqdor oqsil qabul qilib turilishi zarur. Oqsil modda tanada zaxira holida saqlanib turmaganidan sog‘lom organizmda uning kundalik kirimi chiqimiga teng bo‘lishi shart. Azot oziq moddalar ichida deyarli faqat oqsil tarkibida bo‘lganidan va organizmdan tashqariga chiqariladigan azot ham tananing oqsil moddalaridan kelib chiqqanidan, mashhur nemis olimi Karl Foyt (1831 — 1908) konsepsiyasi bo‘yicha, oqsillar almashinuvining miqdoriy tomoni haqida qabul qilingan va chiqarilgan azot miqdori, ya’ni azot balansiga qarab xulosa qilinsa bo‘ladi. Bunda oqsillar tarkibida azot o‘rta hisobda 16 % ni tashkil qilganidan oziq modda va chiqindi mahsulotlardagi azot mikdori 6,25 (100:16=6,25) ga ko‘paytirilsa, qabul qilingan hamda parchalangan oqsil miqdori ma’lum bo‘ladi.
Sog‘lom organizmda kundalik ovqatdagi oqsil miqdori organizmda parchalangan oqsil miqdoriga teng, ya’ni organizm azot muvozanatida bo‘ladi.Ammo kundalik ovqat bilan qabul qilinadigan oqsil organizm ehtiyojini to‘la qoplamasa u oriqlaydi, ya’ni o‘z tanasidagi oqsillar parchalanishi hisobiga hayotiy ehtiyojini ta’minlab turadi. Demak, azot balansi manfiy bo‘ladi. Bunday hodisalar och qolganda, isitma bilan kechadigan kasalliklarda, ovqat yaxshi hazmlanmaganda kuzatiladi. Buning aksicha, yosh, o‘sayotgan organizmda, isitmali kasalliklardan tuzalayotgan shaxslarda azot balansi musbat bo‘ladi. Ular organizmda sarf qilinayotgan oqsil miqdoriga qaraganda ovqat bilan ko‘proq oqsil iste’mol qilib turadilar. Ammo, kundalik ovqatdagi oqsil miqdori qancha bo‘lishi kerak?
Ko‘p yillar davomida o‘tkazilgan tadqiqotlar organizmning oqsillarga bo‘lgan kundalik ehtiyoji oqsilning tarkibiga bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi, ya’ni ovqat bilan qabul qilinadigan oqsillarning qimmati ularning aminokislota tarkibiga bog‘liq, degan fikrni tasdiqladi. Bu nuqtai nazarga binoan, oqsillarni to‘la qimmatli va to‘la qimmati yo‘q degan ikki gruppaga bo‘lish qabul qilindi. To‘la qimmatli oqsillar tarkibida organizmning normalo‘sishi va rivojlanishi uchun lozim bo‘lgan barcha aminokislotalar etarli miqdorda mavjud. Ular almashtirib bo‘lmaydigan (essensial) majburiy aminokislotalar deb ataladi. To‘la qimmati yo‘q oqsillar tarkibida esa almashinmaydigan aminokislotalarning ba’zi vakillari mutlaqo bo‘lmaydi, yo etishmaydi. Ovqatdagi hayvon oqsillari, ayniqsa, go‘sht, sut, tuxum, pishlok, balik oqsillari to‘la qimmatli, o‘simlik oqsillari, masalan, makkajo‘xori zeini, bug‘doy gliadini va boshqalar esa to‘la qimmati yo‘q oqsillardir. O‘simliklardan dukkaklilar doni, masalan, no‘xat oqsilga boy bo‘lib, tarkibidagi glitsinin hayvon oqsillariga teng kelmasa ham boshqa o‘simlik oqsillaridan afzalroqdir. Zamburug‘lar oqsili biologik qimmati jihatidan no‘xat oqsiliga yaqin, ya’ni o‘simliklar dunyosidagi boshqa barcha oqsillardan yuqori turadi. Shuning bilan birga ayrim oqsillar tarkibida ba’zi aminokislotalar bo‘lmasa ham ular to‘la qimmatga ega ekanligi aniqlandi. Masalan, sut oqsili kazein tarkibida glitsin yo‘q, lekin u to‘la kimmatli. Binobarin, glitsin tanada sintezlansa kerak. Demak organizmning sintetik qobiliyati chegarali, u ba’zi aminokislotalarni sintez kila oladi, boshqalarini esa sintez qilish qobiliyatiga ega emas. Mana shu organizmda sintezlanmaydigan, ya’ni almashinmaydigan muhim aminokislotalar, masalan, lizin, triptofan, leysin doimo oqsillar tarkibida organizmga kiritib turilishi lozim. Organizmda sintez qilinishi mumkin bo‘lgan, almashinadigan , organizmga kiritilishi zarur bo‘lmagan aminokislotalar, masalan, glitsin, alanin, glutamat kislota ovqat bilan iste’mol qilinmasa ham bo‘ladi. Binobarin, tarkibida barcha almashinmaydigan aminokislotalarni etarli miqdorda tutib, zarur bo‘lmagan
aminokislotalardan bir nechtasini tamomila tutmaydigan yoki kam tutadigan oqsil ham to‘la qimmatli bo‘ladi. Ammo qaysi aminokislotalar organizm uchun zarur, qaysilari zarur emasligini aniqlash hayvonlarda turli eksperimental tekshirishlar o‘tkazilishini talab qildi. Bu masalani hal qilish uchun eksperimental hayvonlarni to‘la qimmati yo‘q, tozalangan oqsil bilan boqilib etishmagan aminokislotalarni qo‘shib berish orqali, ularning biologik qimmati tekshiriladi. Aminokislotalarning ovqat tarkibida hayvonlar va odam uchun zarur yoki zarur emasligini keyingi davrda har tomonlama tekshirgan olim Rouz bo‘ldi. Bu maqsad uchun Rouz
yana ikki yangi usuldan foydalandi. Ulardan birida avval to‘la qimmatli oqsil, masalan, kazein gidrolizlanib uning barcha aminokislotalarini tutuvchi gidrolizati olinadi. So‘ngra aminokislotalar aralashmasidan iborat bo‘lgan gidrolizat tarkibidagi bir aminokislota to‘la buziladi. Endi hayvonlarni shu gidrolizatning o‘zini yoki yetishmagan (buzilgan) aminokislotani qo‘shib boqish bilan uning zarur yoki zarur emasligi aniqlandi (19-jadval). Agar bunday dietadagi hayvonlarning o‘sishi kontrol hayvonlarga nisbatan susaysa yoki azot balansi manfiy bo‘lsa, yetishmagan aminokislotaning zarurligi va uning almashinmasligi tasdiqlanadi.

  • jadval


Download 144 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish