O‘simliklarda azot almashinuvining asosiy yo‘llari.
O‘simlik organizmining ko‘pchilik turlari uchun asosiy azot manbai tuproqdagi nitrat va ammoniy tuzlaridir. Ular yerda odam va hayvon qoldiqlaridan organik shakldagi azotning tupro mikroorganizmlari ishtirokida parchalanishidan hosil bo‘ladi. Nitrat va shuningdek, ammiak o‘simlik ildizi orqali so‘rilib, oqsillar aminokislotalari va boshqa azotli organik birikmalar sintezi uchun sarf bo‘ladi. O‘simliklar dunyosining fakat bir turi — dukkakli (beda, lyupin, sebarga, mosh, no‘xatlar) havodagi erkin azotni o‘zlashtirish xususiyatiga ega bo‘lib, ular boshqa barcha o‘simliklardan keskin farqlanadi. SHuning uchun ham ular o‘g‘itning solinishiga muhtoj emas, hatto yerda azotli birikmalarni ko‘paytiradi. Dukkaklilarning havodagi azotni assimilyasiya qilish qobiliyati ularning ildizlaridagi tugunchalarda yashaydigan bakteriyalarning faoliyatiga bog‘liq.
Ammo tugunak bakteriyalari deb ataladigan bu mikroorganizmlar fakat dukkakli o‘simliklarning tugunchalarida yashagandagina erkin azotni bog‘lay oladi. Demak, bu hodisa ikkala organizm orasidagi simbiotik munosabatga bog‘lik. Lekin bunday alokaning ximiyaviy tabiati, erkin azotning organik shaklda bog‘lanishidagi ayrim boskichlar va bu fermentativ reaksiyalarning birin-ketin kelish tartibi hali to‘la belgilangan emas va bu jarayonni hujayrasiz sharoitda yaratishga erishilgani yo‘q.
Tuproqda erkin yashaydigan mikroorganizmlardan ba’zilari, xususan, anaerob bakteriyalardan Clostridium va aeroblaridan Azotobacter ham molekulyar azotni havodan yutib, uni o‘z tanasining aminokislota va oqsillariga aylantira oladi. Erda azotni ko‘paytirishda juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bu jarayonning ximiyaviy tabiati ham hali aniq emas. Ammo azotning izotoplari og‘ir stabil azot N15 va radioaktiv azot N13 dan foydalanib, in vitro sharoitda Clostridum va Azoto bacter ning yanchilgan hujayralardan tayyorlangan ekstraktlarda havo azotining bog‘lanishi ko‘satildi.Erkin azot bog‘lanishining dastlabki mahsuloti aniq belgilangan bo‘lmasa ham u ammiak bo‘lishi kerak degan faraz ehtimoldan holi emas.
Turli dastlabki bosqichlardan so‘ng bu jarayonlar natijasida bog‘langan azot, oxirida azot almashinuvining markaziy mahsuloti aminokislotalar tarkibida topiladi. Yuqorida aytilganidek, bu sintez uchun lozim bo‘lgan uglevodli birikma fotosintez orqali etkazib beriladi. Urug‘ unib chiqayotgan davrda hali fotosintez boshlanmasdan urug‘ tarkibidagi zaxira moddalar: oqsil, uglevod va yog‘lar parchalanib, o‘sayotgan o‘simlikning yangi to‘qimalari tuzilishiga sarf bo‘ladi. Urug‘ unib chiqishi davrida moddalar almashinuvi jarayonlari juda ham tezlashib gidrolitik, oksidlanish va sintetik reaksiyalar yuz beradi. Urug‘ yoki donda to‘plangan zaxira moddalar eriydigan holda keladi va tegishli joylarga etkazib beriladi. Urug‘ tarkibidagi oqsil zaxirasining o‘zgarishi urug‘dagi proteinazalar ta’sirida gidrolitik parchalanishdan boshlanadi. Bu o‘simlik enzimlari
Do'stlaringiz bilan baham: |