Yangi mavzu bayoni: 5- mashq. Matnni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga e’tibor bering.
Vodiyda shifobaxsh o‘simliklar juda ko‘p. Ulardan hamma sohada — sanoatda, tabobatda foydalaniladi. Mutaxassis olimlarning fikricha, o‘simliklardan olinadigan dori-darmonlar, oziq moddalar sun’iylariga qaraganda katta afzalliklarga ega. Ona zaminda o‘sadigan mevali, manzarali daraxtlar, o‘simliklar hayot uchun, inson salomatligi uchun nihoyatda zarur. Ilgari odamlar tabiat in’omi bo‘lgan mevalarni, giyohlarni shundayligicha iste’mol qilganlar. Keyinchalik esa shifobaxsh o‘simliklar astoydil o‘rganildi. Ular turlarga ajratildi, o‘zgartirildi, qayta-qayta tiklandi. Hozirgi kunda giyohlar va oddiy daraxtlar guli, bargi, ildizidan turli-tuman dori-darmonlar tayyorlanadi.
Bilib oling!
Sifatlar ham tuzilishiga ko‘ra juft va takroriy bo‘ladi. Ular chiziqcha bilan yoziladi.
Juft sifatlar Takroriy sifatlar baland-past shirin-shirin oq-qora issiq-issiq qing‘ir-qiyshiq baland-baland.
Do'stlaringiz bilan baham: |