O`qituvchi so`zining ingliz va o`zbek tillaridagi ayrim so`zlarni qiyosiy- semantik taqqosi
Muhammadaliyev Mirzohid,
NamDU ingliz tili yo‘nalishi
2-kursi talabasi
O`zbek tilida o`qituvchi so`zining bir qancha sinonimlari bor. Bular: murabbiy, ustoz, tarbiyachi va boshqalar. Ingliz tilida aynan o`qitish faoliyati bilan shug`ullanuvchi bir qancha sinonim so`zlar bor. Lekin bu so`zlar bir- biridan uslub, qo`llanish doirasiga ko`ra ( eskirgan yoki hozir ham iste`molda bo`lgan so`zlar), ishlash joylari, martaba, mansab darajalariga ko`ra farq qiladi. Shuning uchun bu tilni o`rganuvchilar uchun qiyinlik tug`diradi. Shuning uchun ham ularni alohida o`rganishni talab qiladi.
Academic( US also academician ) — kollejda o`qitish faoliyati bilan shug`ullanuvchi shaxs.
As sociate pro ˈ fessor – o`qituvchidan balandroq, professordan pastroq darajadagi kollej va universitetdagi o`qituvchi.
Board of edu ˈ cation — aniq bir hududdagi mahalliy maktab tizmini nazorat qilish uchun saylangan o`qituvchilar jamoasi.
Coach – sport, mahorat va maktabdagi fanlarni o`qituvchi shaxs.
Dean — universitetda yoki kollejda tashkilot va departamentga javobgar, mansabi yuqori bo`lgan shaxs.
Director MANAGER – maktabda har bir bola uchun javobgar shaxs.
Don – Angliyadagi Kambij va Oksford universitet ma’ruzachi, (kollej o`qituvchisi).
Educationalist ( also educationist ) – o`qitish metodikasi va usullari bo`yicha bilimlarga ega bo`lgan shaxs.
Educator – odamlarni o`qitish bilan shug`ullabuvchi shaxs.
Faculty COLLEGE – kollej va departamenda o`qitish bilan shug`ullanuvchi shaxs.
Fellow MEMBER – baland martabaga ega bo`lgan universitetdagi, kollejdagi yoki aniq bir jamoadagi o`qituvchilar jamoasi.
Governess – (eskirgan so`z) bir oila bilan yashab, o`sha oila farzandlariga ta’lim beruvchi ayol o`qituvchi.
Guru— hinduilik dinida diniy yetakchi va o`qituvchi.
Trainer – hayvon o`rgatuvchi murabbiy, asosan politsiya itlarini o`qituvchi shaxs.
Head LEADER ( headteacher ) – maktab direktori.
Headmaster – erkak maktab direktori.
Headmistress – ayol maktab direktori..
Headteacher ( US usually principal , UK also head ) – maktabdagi bosh, yetakchi o`qituvchi.
Housemaster – makrtabdagi yotoqxonasida birga yashab, bolalarni o`qituvchi erkak murbbiy.
Housemistress – maktabdagi yotoqxonada yoki maktab xududidan ajratilgan joyda birga yashab, bolalarni o`qituvchi ayol o`qituvchi.
Instructor — aniq bir maxoratni, san’atni o`rgatuvchi murabbiy.
Instructor – universitet va kollej fanlarini o`qituvchi shaxs, o`qitish sinflari cheklangan.
Lectur — kollej yoki universitet o`qituvchisi.
Lectureship — Britaniyada universitetdagi eng quyi mansabdagi o`qituvchi.
Master teacher -- (eskirgan so`z) maktabdagi erkak o`qituvchi.
Mentor — ma`lum bir davr davomida yordam va maslahat beruvchi va o`z ishlarini qanday amalgam oshirishlarini o`rgatuvchi ustoz.
Miss – ba’zan maktab o`quvchilari tomonidan o`qituvchilarga murojaat qilish uchun ishlatikadi. Mislo uchun: Can I help you open the door, Miss?
Do'stlaringiz bilan baham: |