IV. Uyga vazifa.
2-mashq
O’qituvchi: Shamsiyeva Dilnoza Baxodirovna «Tasdiqlayman»
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari
_______________________________
Informatika-9. 9– dars.
Sinf
|
9 « »
|
9 « »
|
9 « »
|
9 « »
|
|
|
|
Sana
|
|
|
|
|
|
|
|
Mavzu: Algoritmning asosiy turlari
Maqsad:
Ta’limiy: O`quvchilarga algoritmning asosiy turlari haqida ma’lumot berish;
Tarbiyaviy: O`quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish;
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarga algoritmlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
DTS: Algoritmning asosiy turlarini bilish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars o`tish metodi: Aqliy hujum, aralash, interfaol.
Dars jihozi: Tarqatma materiallar, 9-sinf darsligi, jadvallar.
Texnik jihozlar: Kompyuter, multimedia vositalari, slaydlar, proektor.
I. Tashkiliy davr
II. Takrorlash
Qanday algoritmlar chiziqli algoritm deb ataladi?
Qanday algoritmlar tarmoqlanuvchi algoritm deb ataladi?
Qanday algoritmlar takrorlanuvchi algoritm deb ataladi?
III. Yangi mavzuni o`rganish
Har qanday algoritm mantiqiy tuzilishiga, ya’ni bajarilish tartibiga qarab uch asosiy turga bo‘linadi: chiziqli (ergashish), tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi.
Chiziqli algoritmlar. Barcha ko‘rsatmalari ketma-ket joylashish tartibida bajarib boriladigan algoritmlar chiziqli algoritmlar deyiladi. “Choy damlash”, doira yuzini hisoblash algoritmlari chiziqli algoritmlarga misol bo‘ladi. Lekin hayotimizdagi juda ko‘p jarayonlar shartlar asosida boshqariladi.
Tarmoqlanuvchi algoritmlar. Shartga muvofiq bajariladigan ko‘rsatmalar ishtirok etgan algoritmlar tarmoqlanuvchi algoritmlar deb ataladi. Algoritmlarning bu turi hayotimizda har kuni va har qadamda uchraydi. Eshikdan chiqishimiz eshik ochiq yoki yopiqligiga, ovqatlanishimiz qornimiz och yoki to‘qligiga yoki taomning turiga, ko‘chaga kiyinib chiqishimiz ob-havoga, biror joyga borish uchun transport vositasini tanlashimiz to‘lash imkonimiz bo‘lgan pulga bog‘liqdir. Demak, tarmoqlanuvchi algoritmlar chiziqli algoritmlardan tanlanish imkoniyati bilan farqlanar ekan. Avvalgi darslardagi kvadrat tenglamani yechish, ikki sonning EKUBini topish algoritmlari tarmoqlanuvchi algoritmlarga misol bo‘ladi.
1–misol. Algoritmi formula yordamida berilgan funksiyani qiymatini hisoblashga doir tarmoqlanuvchi algoritmni blok-sxema yordamida tasvirlaymiz:
2–misol. Berilgan ikkita A va B sonlardan kattasini topish uchun (IKT nomi bilan ataluvchi) algoritm tuzing.
Bu misoldan quyidagicha xulosa qilish mumkin: agar A > B shart bajarilsa 4-banddagi ko‘rsatma qaralmaydi, aks holda, ya’ni A B bo‘lganda 3-banddagi ko‘rsatma qaralmaydi. IKT algoritmi tarmoqlanishni yaqqol tasavvur qilish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |