Mavzu: Algoritmni tasvirlash usullari mavzusiga oid amaliy mashg’ulot Maqsad: Ta’limiy: Oq`uvchilarda algoritmni turlishakllarda tasvirlash ko`nikmalarini hosil qilish;
Tarbiyaviy: O`quvchilarga vatanparvarlik tarbiyasi berish;
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning algoritmlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
DTS: nazariy bilimlarni masalalar yechishga qo`llay bilish.
Dars turi:Takrorlovchi
Dars o`tish metodi:Aqliy hujum, aralash, interfaol.
Dars jihozi: Tarqatma materiallar, 9-sinf darsligi, jadvallar.
Texnik jihozlar: Kompyuter, multimedia vositalari, slaydlar, proektor.
I. Tashkiliy davr II. Takrorlash Algoritmni tasvirlash usullari haqida ma’lumot bering.
Algoritmni so‘zlar orqali ifoda etilishiga hayotiy misollar keltiring.
Qaysi fanlarda algoritmni formulalar yordamida berish qulay?
Algoritmni formulalar orqali ifoda etilishiga fizika fanidan misollar keltiring.
Algoritmni jadval ko‘rinishida berilishiga misollar keltiring.
Algoritmni grafik shaklda berilishiga misollar keltiring.
Blok-sxema nima?
III. Yangi mavzuni o`rganish 1. Quyidagi masalalar algoritmlarini so’zlar yordamida tuzing.
A. Berilgan x da funksiyasining qiymatini hisoblash algoritmini tuzing.
1. x ning qiymati aniqlansin;
2. x ni 23 ga ko`paytirib, y deb olinsin;
3. y dan 1963 ayrilib, y deb olinsin;
4. natija y deb olinsin.
B. Ijrochining ko’rsatmalar sistemasi faqat {5 ni qo’sh; 3 ni ayir} ko’rsatmalaridan iborat. Bu ijrochi 0 sonidan 11 sonini hosil qilishi uchun algoritm tuzing.
D. Ijrochi ko’rsatmalar sistemasi faqat {1 ni qo’sh; 2 ga ko’paytir} ko’rsatmalaridan iborat. Bu ijrochi 0 sonidan 17 sonini hosil qilishi uchun 3 xil usulda algoritm tuzing.
E . A=5 va B=8 bo’lganda ijrochi 4 litr suv o’lchab olishi uchun algoritm tuzing.
2. Quyidagi masalalar algoritmlarini blok-sxema yordamida tuzing.
A. Radiusi R ga teng aylana ichiga chizilgan kvadratning tomonini topish algoritmini tuzing.
B. Uchta tanga berilgan. Ulardan biri soxta va og‘ir. Tortish uchun ikki pallali tarozi o’lchov toshlarisiz berilgan. Soxta tangani aniqlash algoritmini tuzing.
D. Uchta tanga berilgan. Ulardan biri soxta va faqat og‘irligi bilan farqlanadi (aniq og’ir yoki yengilligi ham ma’lum emas). Tortish uchun ikki pallali tarozi o’lchov toshlarisiz berilgan. Eng kam tortish yordamida soxta tangani aniqlash algoritmini tuzing.