46
9.6-mashq.
Testlarni yeching. Javobingizni izohlang.
I. Qaysi gapda so‘zlar bog‘lanishidagi moslik buzilgan?
A. Titroqni bosishga chiranganidan peshanasi va yuzlarida sovuq ter
tomchilari paydo bo‘ldi. (X. Do‘stmuhammad)
B. Momoqiz o‘rog‘ini yerga qadab, ro‘molini boshiga yelvagay qilib
o‘radi. (T. Murod)
C. Zarkosani etaklari ancha tekis, yilqilarni yozda boqish uchun juda
bop yaylov edi. (M. Safarov)
D. U o‘ziga kelganida mashinaning qizil chiroqlari uzoqlashgan,
yo‘l chekkasida to‘planib turgan odamlar allaqachon tarqalib ketgandi.
(M. Tillayev)
Do'stlaringiz bilan baham: