„O‘qituvchi nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020



Download 5,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/111
Sana21.07.2021
Hajmi5,29 Mb.
#125078
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   111
Bog'liq
ona tili 10 uzb

NAZORAT ISHI. 

TEST

11.1-mashq.

 

Matnni  o‘qing.  Unda  zid  juftliklarning  qaysi  sino nimlari 



qo‘llanilganligini aniqlang. 

MAHMUD G‘AZNAVIY VA AYOZ

Bir  kuni  Mahmud  G‘aznaviy  ovga  chiqdi.  Bir  jayronning  ortidan 

quvar  ekan,  hamrohlaridan  ancha  uzoqlashib  ketdi.  Nihoyat,  bir  uyni 

ko‘rdi.  Horg‘in,  terlagan,  suvsagan  holda  o‘sha  uyga  yaqin  borib  suv 



11-mavzu.  ANTONIM SO‘ZLAR USLUBIYATI

http://eduportal.uz




54

so‘radi.  Qarshisiga  yosh  Ayoz  chiqdi.  Sulton  Mahmudning  qiyofasidan 

obro‘li,  martabali  zot  ekanini  fahmladi  va  hurmat  bajo  keltirib  dedi: 

–  Sultonim,  jaziramada  qolibsiz.  Nafasingizni  rostlab,  salqinda  dam 

olib  turing.  Shu  atrofda  suvi  muzdek  va  zilol  bir  chashma  bor.  Otam 

haligina  o‘sha  yerga  ketdilar,  hademay  keladilar.  Sizga  o‘sha  suvdan 

berayin,  –  dedi.

Ayoz  kambag‘al  bo‘lsa-da,  shirinso‘z  va  odobli  yigit  edi.  Tevarak-

atrofning  go‘zalligidan,  odamlar  hayotidan  gapirib,  ancha  payt  hukmdorni 

chalg‘itib  turdi.  Yigit  suhbat  asnosida  bir  kosa  tiniq,  sovuq  suv  olib 

keldi.  Sulton  suvni  miriqib  ichdi  va  tan-u  joni  xiyla  rohatlanganini  aytdi, 

chidayolmay:

–  Otangning  uzoq  chashmadan  suv  olib  kelishini  aytgan  eding. 

Vaholanki,  suvni  uydan  olib  chiqding,  buning  sababi  nimada?

Ayoz  javob  berdi:

–  Podshohim,  bu  yerga  kelganingizda  issiqdan  tanangiz  qizib,  juda 

charchagan  va  terlagan  edingiz.  Sizni  gapga  solib  biroz  sovishingizni, 

teringiz  qurishini  kutdim,  afv  eting,  hazrati  oliylari. 

Sulton  Mahmud  bu  yoshgina  yigitchaning  farosatiga,  iliq  muomalasiga 

qoyil  qoldi.  Oilasidagilarning  roziligini  olib,  uni  saroyga  keltirdi. Ayozning 

oyog‘idagi  chorig‘i,  egnidagi  arzon  po‘stinini  yechib,  unga  qimmatbaho 

ko‘ylaklar  kiydirdi  va  xizmatiga  oldi.



11.2-mashq.

 

Berilgan  so‘zlardan  moslarini  topib  gaplarni  tugallang.



1.  Biz  qanchalik  …  bilsak,  shunchalik  …  taxmin  qilamiz.  (G. Shou)

2.  …  chehra  ortida  …  qalb  borligini  bilib  bo‘lmaydi.  (Koreys xalq 



maqoli)

3.  …  ehsondan  qochar,  …  mehmondan  qochar.  (O‘zbek xalq maqoli)

4.  Dushmaningga  yengilganing  uning  …ligidan  emas,  sening  …- 

ligingdan  dalolatdir.  (U. Xayyom)



Tavsiya etiladigan so‘zlar:  baxil-xasis,  kam-ko‘p,  dono-nodon,  go‘zal-

xunuk.


11.3-mashq.

 

Nutq uslublariga xos sifat antonim so‘zlar tanlang va ularni 



berilgan  jadvalga  to‘g‘ri  joylashtiring.

Namuna:  zaif  fikr  –  asosli  fikr,  kuchli  fikr,  yorqin  fikr.

http://eduportal.uz




55

1.  Zaif  fikr  –  (asossiz,  asosli,  kuchli,  baland,  yorqin).   

2.  Vafodor  yigit  –  (bevafo,  sotqin,  xiyonatkor,  sadoqatli,  jafokor,    mu-

nofiq).


3.  Oson  jang  –  (qiyin,  mushkul,  oddiy,  o‘ng‘ay,  og‘ir,  mashaqqatli, 

dushvor).

4.  Chiroyli  yozuv  –  (xunuk,  qo‘pol,  tasqara,  beo‘xshov,  sovuq,  ko‘r-

kam).


5.  Zerikarli  uchrashuv  –  (qiziqarli,  qiziq,  ajoyib,  antiqa,  g‘aroyib,  

allambalo).

6.  Qoloq  jamoa  –  (ilg‘or,  zaif,  zarbdor,  peshqadam,  yetakchi,  kar-

vonboshi,  kuchsiz).

7.  Harakatchan  xodim  –  (sovuqqon,  beg‘am,  serharakat,  ishyoqmas,  

urinchoq,  loqayd,  tanbal).

8.  Sodda  yigit  –  (yuvosh,  qo‘ydek,  ayyor,  munofiq,  muttaham,  anoyi).

9.  Qorong‘i  g‘or  –  (yorug‘,  nurli,  charog‘on,  oydin,  ravshan,  nu-

rafshon).


Download 5,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish