O’qituvchi: Maxmudov Yormamat 2021 Mundarija


-mavzu Kommutatsion apparatlarni ta'mirlash va montaj qilish ishlarini bajarish



Download 2,2 Mb.
bet63/75
Sana23.01.2022
Hajmi2,2 Mb.
#401935
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   75
Bog'liq
Maruza matni (4)

24-mavzu Kommutatsion apparatlarni ta'mirlash va montaj qilish ishlarini bajarish

Reja:

  1. Kommutatsion apparatlarni ta'mirlash

  2. Kommutatsion apparatlarni montaj qilish ishlarini bajarish

Bitta elektr zanjirida o‘rnatilgan kommutatsiya qurilmalari bilan amallar ushbu apparatlarning vazifalari va uzib-ulash ishlarini ba-jarishda xavfsizlikni ta’minlovchi ketma-ketlikda bajariladi. Uzib-ulashning o‘rnatilgan tartiblarining har qanday buzilishi, «mayda-chuyda» deb hisoblanishi va e’tibor bermaslik amallarni bajarishda avariyalarni keltirib chiqaradi va kishilarning hayotiga xavf soladi.

Quyida uzgich va ajratkichlar bilan amallar bajarish tartibini ko‘-rib chiqamiz. Qo‘shni obyektlar personalining roziligini talab qi-luvchi amallar o‘z vaqtida dispetcherning qo‘li ostida amalga oshiriladi.

Tipik amal bo‘lib har ikkala tomonidan uzgich, liniya va shina ajratkichlariga ega bo‘lgan liniyani uzish hisoblanadi. Birinchi amal sifatida yuklamali zanjirni uzish va liniyadan kuchlanishni oluvchi uzgich uziladi. Uzgichning uzganligi tekshirilganidan so‘ng liniya va so‘ngra shina ajratkichlari uziladi. Bu ketma-ketlikdagi amallar orqali personalning xato harakati natijasida bo‘ladigan shikast-lanishlarni kamaytirishga erishiladi. Liniyani ishga tushirishda amallar teskari ketma-ketlikda bajariladi: birinchi navbatda shina, keyin liniya ajratkichlari va so‘ngra uzgich ulanadi.

Shuni nazarda tutish lozimki, liniyani uzishda faqat shu li-niyadagi ish uchun uni uzgich va liniya ajratkichlari bilan uzish yetarli hisoblanadi. Zanjirda va shina ajratkichlarida qo‘shimcha ko‘rinuvchi uzilishni hosil qilish ortiqcha hisoblanadi.



Transformatorni ulashda chulg‘amdagi nominal qiymatdan katta bo‘lgan miqdorda magnitlovchi tokning qiymati tezda o‘sishi natijasida qisqa muddatli o‘tkinchi jarayon paydo bo‘ladi. Pasay-tiruvchi podstansiyalarda ikkita va undan ortiq parallel ishlovchi transformatordan birini ulash yuqori kuchlanish chulg‘ami to-monidan bajariladi. Bu holatni hisobga olgan holda himoyalar sozlanadi. Bunday holatda transformatorni ikkilamchi chulg‘am tomonidan kuchlanish ostida ulash magnitlovchi tokning yuklama tokiga qo‘shilishi natijasida ishlayotgan transformatorning hi-moyasi uni uzish xavfini hosil qiladi. Amaliyotda uch chulg‘amli transformatorni ishga ulash, odatda, quyidagi ketma-ketlikda ba-jariladi: yuqori, o‘rta va pastki kuchlanish tomonidan shina va transformator ajratkichlari ulanadi, keyin esa yuqori, o‘rta va pastki kuchlanish tomonidan uzgichlar ulanadi. Uzishda esa ushbu ketma-ketlik teskarisiga bajariladi: pastki, o‘rta va yuqori kuch-lanish uzgichlari uziladi; shundan so‘ng uning har uchala tomonidan transformator va shina ajratkichlari uziladi.

Oddiy sxemada bajarilgan pasaytiruvchi podstansiyalarda kuch transformatorlari yuqori kuchlanish tomondan uzgichiga ega bo‘lmaydi, lekin ikkilamchi chulg‘am tomonidan uzgich bilan ta’minlanadi. Bunday sxemalarda amallar ketma-ketligi shunday nazarda tutiladiki, yuklama toki ajratkich va bo‘lgichlar bilan uzil-masin va ulanmasin. Buning uchun yuklama tokini uzish va trans-formatorni yuklamaga ulash ikkilamchi tomondagi uzgich, trans-formatorning magnitlovchi tokini uzish va ulash esa bo‘lgichlar yoki ajratkichlar yordamida amalga oshiriladi. Elektr stansiyalarida transformatorlarni ishga ulash va tizim bog‘lovchi transformatorlarni ta’mir yoki zaxiraga chiqarish uchun uzishda bajariluvchi amallar ketma-ketligi mahalliy sharoitlarga bog‘liq (jihozlarning hududiy joylashuvi, sinxronizatsiya uskuna-larini ulash imkoniyatlari va h.k.) va tez-tez mahalliy yo‘riqno-malar bilan belgilanuvchi boshqacha tartibga ega bo‘ladi. Simlarni yoritgichlarning ichiga kiritadigan qurilma yoritgichning turiga va o’tkazgichlarni o’tkazish usuliga bog’liq. Yoritgichlarning kirish simlarini kiritishni tahminlovchi qurilmalar, ularga elektr o’tkazgichning po’lat trubalarini biriktirish mumkin bo’lishi uchun rez’bali nipellar bilan tahminlangan. Zax, achchiq bug’lar va gazlar mavjud bo’lgan xonalarda o’rnatishga, shuningdek simlar ochiq o’tkazilganda ochiq havoda o’rnatishga (roliklarda yoki izolyatorlarda) mo’ljallangan armaturalarda tahminlovchi simlarni ajratib kiritish uchun ikkita teshik ko’zda tutilgan. turli qurilmalar, mashinalar, mexanizmlar va boshqalarning elektr va noelektr parametrlarini oʻzgartirish, rostlash, oʻlchash, nazorat qilish hamda ularni ortiqch kuchlanishlardan himoya qilish uchun moʻljallangan elektr qurilmalar. Vazifasiga koʻra, kommutatsion, ishga tushiruvchirostlovchi, rostlovchi, cheklovchi, oʻlchovchi, nazorat qiluvchi turlarga boʻlinadi. Ishi qanday fizik hodisaga asoslanganligiga qarab, Elektr apparatlarni elektromagnit, issiqlik, induksion va boshqalar turlarga ham boʻlish mumkin. Baʼzan, bir apparatning ishi bir necha fizik hodisalarga asoslangan boʻladi. Avtomatik va noavtomatik Elektr apparatlar ham farqlanadi. Elektr apparatlar jumlasiga boshqarish knopkalari, rubilniklar, ajratkichlar, viklyuchatellar (kommutatsion Elektr apparatlar), kontaktorlar, kontrollyorlar, magnitli ishga tushirgichlar, reostatlar va boshqalar (ishga tushiruvchirostlovchi Elektr apparatlar), rostlagichlar, stabilizatorlar va boshqalar (rostlovchi Elektr apparatlar), elektr reaktorlar, eruvchan saqlagichlar, razryadniklar va boshqalar (cheklovchi Elektr apparatlar), tok transformatorlari, kuchlanish transformatorlari (oʻlchovchi Elektr apparatlar) va boshqalar qurilmalar kiradi. Elektr apparatlar elektr tarmoqlarini himoya qilish tizimlarida, ishlab chiqarish jarayonlarida qoʻllaniladigan ishga tushirishrostlash qurilmalarida, transport vositalarida, avtomatika va telemexanika tizimlarida, aloqa, radio va televideniye tarmoqlari va boshqalar koʻp sohalarda ishlatiladi.

25-mavzu. Elektr stansiya va elektr tarmoqlari jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta'mirlash va montaj qilish ishlarini bajarishda asosiy xavfsizlik texnika qoidalarini o‘rganish.


Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish