O’qituvchi: Maxmudov Yormamat 2021 Mundarija


Kommutatsion apparatlarning asosiy turlari



Download 2,2 Mb.
bet62/75
Sana23.01.2022
Hajmi2,2 Mb.
#401935
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   75
Bog'liq
Maruza matni (4)

Kommutatsion apparatlarning asosiy turlari

  • Kommutatsion apparatlarga texnik xizmat ko‘rsatish.

    Kommutatsion apparatlarda amallarni bajarish texnikasi

    Uzgichlar bilan amallar. Uzgichi mavjud elektr zanjirni uzish yoki ulash uzgich yordamida amalga oshirilishi kerak. Uzgich bilan boshqarish masofali yoki qo‘l yuritmasida amalga oshiriladi. Masofali boshqaruvda uzgichni ulash va uzish uchun buyruq boshqaruv kaliti va telemexanika qurilmalari yordamida beriladi. Amallar qu-rilma o‘rnatilgan joydan faqat ta’mirlashda va avariyani bartaraf etishda bajariladi. 6—10 kV li moyli uzgichni qo‘l yuritmasi bilan qo‘lda ulashga yuritma uzgichdan yetarli darajada mustahkam devor bilan ajratilgan hollarda ruxsat etiladi, chunki kuchlanish uzgich avtomatik uzganidan so‘ng bartaraf etilmagan qisqa tutashuvda yoki ishdan keyin jihozda unutib qoldirilgan qisqa tutashtirishda berilgan bo‘lishi mumkin. Muhofazalovchi devor mavjud bo‘lma-ganda, qo‘lda ulash masofadan boshqaruv zanjiriga bog‘lovchi shnur yordamida vaqtincha ulanib, operatorga uzish haqida buy-ruqni uzgichdan xavfsiz masofada joylashgan holda bera olish im-koniyatini yaratuvchi tugmacha yordamida amalga oshiriladiTa’mir va sozlash ishlarida havoli uzgichlar bilan amallar masofadan — laboratoriya va ustaxonalardan turib amalga oshiriladi. Uzgich bilan bog‘liq bo‘lgan u yoki bu amallar yakunlangach, uning haqiqiy holati tekshiriladi, chunki uzish yoki ulash koman-dasi bajarilmagan bo‘lishi mumkin. Agar uzgich uzilganidan so‘ng ajratgich yoki bo‘lgich bilan amallar o‘tkazilishi kerak bo‘lsa, unda uzgichning holatini tekshirish o‘rnatilgan joyida mexanik ko‘rsatkich, qo‘zg‘aluvchan kontakt va tirsaklarning holati, gaz to‘ldirilgan bo‘lgichli uzgichlardagi havoli manometrlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Uzgichning holatini signalli lampalar va o‘lchov asboblarining ko‘rsatishi bo‘yicha tekshirish faqat transformator, liniyalar, shi-nalarni uzgichlar yordamida uzishda (ajratkichlar bilan amallar bajarmasdan) ruxsat etiladi. Bir qator holatlarda personalning ajratkichlar bilan amallar bajarishni boshlashidan avval uzgichni ma’lum holatda qayd qilish zarurati tug‘iladi. Masalan, shinalar tizimini biridan ikkinchisiga o‘tkazishda shinalarni birlashtiruvchi uzgich yoqilgan va har qa-naqa tasodifli harakatlar uning holatini o‘zgartirmasligiga perso-nalning ishonchi komil bo‘lishi shart. Bunga uzgich bilan boshqaruv zanjirdagi har ikkala qutbda uning joydagi haqiqiy holati tekshiril-guncha saqlagich olinishi (yoki avtomat uzilishi) bilan erishiladi. Ajratkich va bo‘lgichlar bilan amallar. Uzish va ulashdan oldin ajratkich va bo‘lgich ko‘zdan kechiriladi. Ularda ko‘rinuvchi de-fekt va shikastlanishlar bo‘lmasligi shart. O‘lchanganda defektli izo-latorlar aniqlansa, ulardan kuchlanish olingach, ajratkichlar bilan bog‘liq amallar bajariladi. Ajratkich qo‘lda ulanganda, kontaktlar orasida yoy paydo bo‘l-ganda pichoqlarni yana qaytadan yurgizish mumkin emas, chunki yoy uzayishi va fazalar o‘rtasida qoplanish bo‘lishi mumkin. Hamma holatlarda ham boshlangan amal oxirigacha davom ettiriladi. Ajratkichni qo‘lda uzishda avval tortmalarning sozligi, izo-latorlarning silkinishi va defektining yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun yuritmaning richagi bilan sinov harakati bajariladi. Agar kontaktlar ajralayotgan paytda ular orasida yoy paydo bo‘lsa, ular zudlik bilan ulanadi va yoyning paydo bo‘lish sabablari aniqlanma-guncha, u bilan bog‘liq amallar bajarilmaydi. Havo va kabel liniyalarining zaryad toklari va kuch transforma-torlarining magnitlovchi toklarini uzish yoki ulash uchun ajrat-kich va bo‘lgichni ishlatilish imkoniyati ekspluatatsiya amaliyoti bilan tasdiqlanadi. Shu munosabat bilan amallarni bajaruvchi personal tomonidan saqlanuvchi ayrim umumiy qoidalar ishlab chiqilgan. Ajratkich va bo‘lgichlari mavjud bo‘lgan 35—220 kV kuchlanishli zanjirlarda magnitlovchi va zaryad toklarini uzish va ulash jihozning elementini uzishga ishlovchi prujina bo‘lgan bo‘l-gichlar yordamida bajariladi. Transformatorning magnitlovchi tokining kattaligi unga beril-gan kuchlanish kattaligiga bog‘liq. Kuchlanish oshishi bilan mag-nitlovchi tok keskin o‘sadi. Yuklanmagan transformatorni ajrat-kich yoki bo‘lgich bilan uzishda magnitlovchi tokning qiymati kamayishiga harakat qiladi. Buning uchun YOR li transformator-lar kam qo‘zg‘algan holatiga o‘tkaziladi. 110—220 kV li yuklanmagan transformatorni ajratkich va bo‘lgich bilan uzishda o‘ta kuchlanishga olib keluvchi alohida qutb kontaktlarini har xil vaqtda qo‘zg‘alishi ta’sirida qisqa muddatli noto‘liq fazali holat bo‘lishi mumkin. Neytrali zaminlangan transformatorlarda o‘ta kuchlanish xavfliligi pastroqdir. Shuning uchun ham, agar transforma-tor normal holatda zaminlangan va razryadnik bilan himoyalangan bo‘lsa, uni uzishdan oldin uning neytralini zaminlash samaralidir. Shuningdek, yoy so‘ndiruvchi g‘altaklarni ham zaminlash tavsiya etiladi. Ajratkich yoki bo‘lgichlar bilan uzish yoki ulash amallari baja-rilganidan so‘ng, ularning haqiqiy holati ko‘rikdan o‘tkazish orqali tekshiriladi, chunki ishlatish davrida pichoqlarning oxirigacha ulanmasligi, ularning lablarga to‘g‘ri tushmasligi, tortmalarini uzi-lishi va yuritmalar rostlanmasining buzilish holatlari kuzatilgan


    Download 2,2 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   75




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish