5-mavzu . Kuch kabel liniyalarini ishlatish va ta'mirlash.
Reja:
Elektr tarmog’I liniyalarini ko’rikdan o’tkazish.
Elektr tarmog’I liniyalarini sinovdan o’tkazish.
Elektr tarmog’I liniyalarini ta’mirlash.
Elektr uskunalarini texnik ishlatish qoidalariga ko‘ra boshqa sohalarning qurilish-montaj tashkilotlari tomonidan qurilib, ener- getika tizimiga ishlatishga topshiriluvchi har qanday kuchlanishli kabel liniyalarini yotqizish va montaj qilish energetika tizimining ishlatuvchi personalining texnik nazorati ostida amalga oshiriladi. Texnik nazoratda ishlarning sifatini tekshirish ta’minlanadi.
Nazoratni amalga oshiruvchi personal barabanlardagi yotqizi- luvchi kabellarning holatini, qo‘llaniluvchi mufta va montaj mate- riallarining sifatini tekshiradi. U yotqizilayotgan kabelni ko‘rik- dan o‘tkazish, kabellarni boshqa kabellar va yer osti inshootlariga yaqinlashish joylarida zaruriy gabaritlarni saqlash, muftalarni montaj qilish singari yopiq ishlarni qabul qiladi.
kabel liniyasini ishlatishga qabul qilish maxsus komissiya to- monidan amalga oshiriladi. komissiya a’zolari texnik hujjatlarni tekshiradi va trassani aylanib chiqadi.
kabel liniyasini ishga tushirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
kabelning butunligi va uning simlarining fazalanganligini aniqlash;
chekka muftalarda zaminlashning qarshiligini o‘lchash;
himoya qurilmalarini daydi toklar ta’siridan ishlashini tekshirish;
l kV gacha kuchlanishli liniyalarning izolatsiyalarini mega- ommetr, 2 kV va undan yuqori kuchlanishli liniyalarning izola- tsiyasini esa oshirilgan o‘zgarmas tok kuchlanishi yordamida sinash;
kabel simlarining aktiv qarshiligi va ishchi sig‘imlarni aniqlash
(20 kV va undan yuqori kuchlanishli kabellar uchun).
Moy to‘ldirilgan kabellarni ishlatishga qabul qilishda faqat kabel liniyalarining o‘zidan tashqari liniyada o‘rnatilgan moy bilan to‘l- dirib turuvchi qurilmalar, muftalar uchun kabel quduqlari, tunnel- lar, kanallar, korroziyaga qarshi himoya, signallash va avtomatika tizimi kabi barcha inshootlar majmuasi ham qabul qilinadi. kabel va kabel liniyalari trassalarining texnik holati surunkali tartibda nazorat qilinadi. kabel liniyalarini muhofazalash bo‘yicha asosiy tadbirlarga quyidagilar kiradi: kabel liniyalarining trassala- rini davriy tarzda aylanib chiqish va ko‘rikdan o‘tkazish; kabel liniyalarining trassalari va ularning yaqinida qazish ishlariga ruxsat etish va ularni nazorat qilish; aholi va korxonalarning rahbarlariga o‘z xohishiga ko‘ra kabellarni qazib olish va ularga mexanik shikast yetkazish mumkin emasligini tushuntirish.
kabel liniyalarini ko‘rikdan o‘tkazish davriyligi ularning kuch- lanishi va kabellarning yotqizilish shartlariga bog‘liq holda grafik bo‘yicha amalga oshiriladi. Masalan, shaharlarda yotqiziluvchi takomillashgan yopilmali 35 kV gacha kuchlanishli kabellar tras- salarining ko‘rik davri har 6 oyda l marta; transformatorli va boshqa xonalarning ichidagi chekka muftalarning ko‘rigi qolgan jihoz- larning ko‘rigi bilan bir vaqtda va h.k. o‘tkaziladi.
kabel liniyalarining davriy ko‘riklaridan tashqari montyorlar tomonidan tanlash tartibida muhandis-texnik ko‘riklar, suv bo- sish davrlarida va jalalardan so‘ng esa navbatdan tashqari ko‘zdan kechirishlar amalga oshiriladi.
Elektr stansiyalari va podstansiyalarda tunnellar, shaxtalar va kabeli yarimqavatlarda yotqizilgan kabellarning ko‘rigi ishlatuvchi personal tomonidan mahalliy yo‘riqnomalarga asosan amalga oshiriladi. ko‘rik davrida quyidagilar tekshiriladi: yoritish tizimi va ventilatsiyaning sozligi; tutun hosil bo‘lganda ishlovchi signaliza- tsiyaning ishi va yong‘inni o‘chirish vositalarining mavjudligi; kabellar yotqizilgan xonalar va bo‘lmalar orasidagi yonmaydigan to‘siq va eshiklarning holati; xonalar va kabellar metall qobiqlarining harorati; tayanch qurilmalarining holati; tutashtiruvchi muftalarning po‘lat yoki asbest-sement quvurlar bilan himoyalanganligi; kabellarning chekka muftalari va metall qobiqlari hamda zirhning korroziyaga qarshi qobig‘ining holati; suvning yo‘qligi, drenaj va suvni avtomatik chi- qaruvchi qurilmalarning sozligi; kabellar markalanishining mav- judligi; begona predmet va yonuvchan materiallarning yo‘qligi.
Kabel trassalari ua ularning yaqinida qazish ishlarini nazorat qilish. kabel liniyalarining trassalarida bajariluvchi barcha ishlar kabel tarmoqlarini ishlatuvchi tashkilot bilan oldindan kelishilgan va undan ruxsat olingan holatda amalga oshirilishi mumkin.
Yer ishlarini amalga oshirish joylari kabellarni shikastlashning mumkin bo‘lgan darajasi bo‘yicha ikkita zonaga bo‘linadi:
l-zona — liniyalarning trassasida yoki chekkadagi kabeldan l m gacha bo‘lgan masofada bajariluvchi ishlar;
2-zona — chekkadagi kabeldan l m dan uzoq bo‘lgan maso- fada bajariluvchi ishlar.
l-zonadagi yer ishlarida ishlatuvchi tashkilotning vakili ishlarga ruxsat beradi va butun ish jarayonida ishlarning bajarilishi ustidan uzluksiz nazoratni olib boradi. 2-zonadagi ishlarni nazorat qilishda montyor davriy tarzda ish joyiga tashrif buyuradi.
l-zonada amalga oshirilgan ishlar yakunlanganidan so‘ng ochilgan kabellar ishlatuvchi tashkilotning vakili tomonidan ko‘zdan kechiriladi va uning kuzatuvida yotqizilib, ko‘miladi. Ish- larning yakunlanganligi tegishli hujjat bilan rasmiylashtiriladi. Bundan keyin ishlash uchun ochilgan barcha kabellar yuqori kuchlanish ostida sinaladi.
Aholiga ma’lumot berish ua ular orasida tushuntirish ishlarini o‘tkazish. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, kabellarga mexanik shi- kast yetkazish ko‘pgina hollarda binolarni qurish va ta’mirlash, sport inshootlarini barpo etish va h.k. hollarda kishilar va tash- kilotlarning yerosti kabellarining o‘tgan joylarini bilmasliklari natijasida sodir etiladi. Shu sababli kabel tarmoqlarini ishlatuvchi korxona aholini kabel liniyalarini muhofazalash qoidalari va yerosti ishlarini olib borish tartiblari haqida xabardor qilishdan manfaatdordir. Bu maqsadda gazetalarda e’lonlar berish, mahalliy radiotranslatsiya tarmog‘i orqali e’lonlar va plakatli ma’lumot- lardan foydalaniladi.
«Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini muhofazalash qonun- lari» buzilganda va kabellar shikastlantirilganda (shu jumladan, korroziya tufayli daydi toklar ta’sirida) aybdorlar javobgarlikka tortilib, keltirilgan moddiy zarar ular tomonidan qoplantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |