Kabellarni ta’mirlash
Ta’mirlash uchun kabel liniyasi uzilgan va zaminlangan bo‘- lishi shart. kabelni avariyaviy ta’mirlash hajmiga quyidagilar kiradi: shikastlangan joyni aniqlash; trassani ochish va shikast- langan joyni qayd etish; ta’mirni amalga oshirish; kabel liniyasini sinash, fazalash va ishga tushirish. kabel liniyalarida qazish va ta’mirlash ishlari xavfsizlik tex- nikasi qoidasining talablarini bajargan holda amalga oshiriladi. Ishlar kamida ikkita shaxs tomonidan amalga oshiriladi. kabelni kesish yoki uning muftasini ochishdan avval kuchlanishning yo‘q- ligiga ishonch hosil qilish uchun u izolatsiyalovchi shtangaga ega bo‘lgan maxsus moslama yordamida teshiladi.
Quyida avariyaviy bo‘lmagan va bo‘lgan ta’mir ishlarining ayrim turlari ko‘rib chiqiladi.
Bevosita yerning tagida yotqizilgan kabellarda zirhli qoplamani ta’mirlash ishlatish jarayonida amalga oshirilmaydi. Zirhning mahalliy shikastlanishlari olib tashlanadi; uning qirqilgan joylari qo‘rg‘oshin qobiq bilan kavsharlanadi va qobiq korroziyaga chidamli qoplama bilan yopiladi.kabelning germetikligi buzilganda qo‘rg‘oshin qobiqni ta’mirlash faqat izolatsiyaning shikastlanmaganligi va unga nam kirmaganligiga ishonch hosil bo‘lgan hollardagina amalga oshiriladi. Bunga ishonch hosil qilish uchun shikastlangan joydan qo‘rg‘oshin qobiq olib tashlanadi, belbog‘ izolatsiyaning yuqoridagi lentasi olinadi va namlikning yo‘qligiga tekshiriladi. Izolatsiyada namlik mavjud bo‘lmaganda kabelning ochilgan uchi uzunasiga qirqilib, keyinchalik choklari va bo‘yinlari kavsharlangan quvurga tiqish, quvurlarni teshiklar orqali issiq kabel massasi yordamida to‘ldirish orqali kabel qayta tiklanadi. Ta’mirlangan joy smolalangan lenta bilan o‘raladi va cho‘yan yoki po‘lat qoplama bilan yopiladi. Tok o’tkazish simlarni ta’mirlash. kabel simining shikasti, montaj va sozlash uchun kabelning zaruriy zaxirasi mavjud bo‘lgan taqdirda, bitta tutashtiruvchi muftani o‘rnatish orqali bartaraf etiladi. Aks holda shikastlangan qism qirqib olinadi va ikkita muftani o‘rnatish orqali kabelning yangi bo‘lagi bilan almashtiriladi. Qirqilgan mis simlarni o‘zaro tutashtirish FM tipidagi mis gilzalarni qo‘llab, presslash yoki kavsharlash orqali amalga oshi- riladi. Aluminiy simlarni tutashtirish termit payvandlash, asetilen kislorodli yoki propan-butanli alangada kavsharlash va gazli payvandlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Muftalarni ta’mirlash. Tutashtiruvchi muftalarni ta’mirlash ko‘pgina hollarda defektli muftani olib, yangi muftani o‘rnatish orqali amalga oshiriladi. Zarurat bo‘lganida uzaytirilgan muftalar o‘rnatiladi. Chekka muftalarni ta’mirlash shikastlanganlarini demontaj qilish, kabelning izolatsiyasini namlikka tekshirish va yangi muftani montaj qilish bilan amalga oshiriladi. kabelning simlarini qirqish bilan bog‘liq bo‘lgan ta’mir ishlari jarayonida simlarning o‘zaro tutashtiriluvchi uchlarida fazalarning mosligini tekshirish zarur. kapital ta’mirdan so‘ng kabel simlarining butunligi tekshiriladi va oshirilgan kuchlanish ostida sinaladi. Yuklama ostiga ulashdan oldin kabel liniyasi TQning shinalari bilan fazalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |