O’qituvchi: Maxmudov Yormamat 2021 Mundarija


V gacha bo’lgan havo elektr o’tkazish liniyalarini ishlatish



Download 2,2 Mb.
bet22/75
Sana23.01.2022
Hajmi2,2 Mb.
#401935
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   75
Bog'liq
Maruza matni (4)

1000 V gacha bo’lgan havo elektr o’tkazish liniyalarini ishlatish.

  • Kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan havo elektr o’tkazish liniyalarini ta’mirlashni o’rganish.

    Havo liniyasi o‘rmon va ko‘kalamzorliklardan o‘tgan hollarda kesib o‘tuvchi daraxt va o‘simliklarni qirqish shart emas. Solqilik yoki og‘ishning eng katta bo‘lgan joyida o‘tkazgichdan daraxtlar, butalar va boshqa o‘simliklargacha bo‘lgan masofa l m dan kam bo‘lmasligi shart.

    Liniya tayanchlari o‘rnatiluvchi chuqurlar mexanizatsiyalashgan usulda parmalash mashinalarini qo‘llagan holda qaziladi. Cho‘qqi- liklarda ularni qazish portlatish usulida amalga oshirilishi mumkin. Bir ustunli tayanchlarni o‘rnatishda chuqurlar tayanchning liniya yo‘nalishidan chiqib ketmasligi uchun aniq to‘g‘ri chiziq bo‘yicha qaziladi. Parmalash paytida parmani tutuvchi ustun qat’iy tartibda vertikal holatda joylashtiriladi.Chuqurlar bevosita tayanchning o‘rnatilishidan oldin qaziladi.

    Havodagi elektr uzatish liniyalarining tayanchlari transport va piyodalarning harakatlanishiga to‘sqinlik qilmaydigan qilib joy- lashtiriladi. Transportning urilish xavfi bo‘lgan joylarda tayanchlar maxsus temir-beton to‘siqlar bilan himoyalanadi.

    Tayanchlarning uchlarini yerga kiritish chuqurliklari (3.l-jad- val) ularning balandliklari, ulardagi o‘tkazgichlarning soni, yer qatlamining holati va, shuningdek, yer ishlarini bajarish usuliga bog‘liq holda aniqlanadi.

    Burchak tayanchlarining tirsaklari liniya burilish burchagining bissektrisasi bo‘ylab joylashtiriladi. O‘rnatilgan tayanchlarga ularning tartib raqami va o‘rnatilgan yilini ko‘rsatuvchi yozuv qayd etiladi. Tirsaklar, kronshteynlar va izolatorlar tayanchni ko‘tarishdan oldin o‘rnatiladi. Izolatorlar montajdan oldin sinchiklab ko‘zdan kechiriladi va ularning defektlilari brak sifatida ajratiladi. Izola- torlar singan va ko‘chgan joylarga ega bo‘lmasligi shart. Ularni me- tall predmetlar yordamida tozalashga ruxsat etilmaydi. Shtirli izolatorlar alif shimdirilgan pakliya o‘ralgan ilgak yoki shtirga qattiq burab kiritiladi. Shtirli izolatorlarning o‘qlari vertikal ko‘rinishda joylashtiriladi

    .

    Aylanib o‘tuvchi o‘tkazgichni mahkamlashda shtirli izola- torlar vertikalga nisbatan 45˚C gacha burchakka og‘gan holda o‘rnatiladi. Zanglashdan himoyalash uchun ilgaklar va shtirlar asfalt loki bilan aralashtirilgan issiq alif yordamida yopiladi.

    Po‘lat o‘tkazgichlar ruxlangan bo‘lishi shart. Vaqtinchalik li- niyalarda bir simli ruxlanmagan o‘tkazgichlardan foydalanishga ruxsat etiladi.

    O‘tkazgichlar shtirli izolatorlarga simli to‘qimalar yordamida mahkamlanadi. Har qanday ko‘ndalang kesim yuzasiga ega bo‘l- gan o‘tkazgichlarni shtirli izolatorlarga mahkamlovchi to‘quvchi simning diametrlari quyida keltirilgan:



    O‘tkazgich va to‘quvchi simning materiali

    Po‘lat

    Aluminiy

    To‘quvchi simning diametri, mm

    2—2,7

    2,5—4

    Liniyada o‘tkazgichlar tutashtiruvchi qisqichlar yoki pay- vandlash orqali ulanadi. Bir simli o‘tkazgichlar uchma-uch pay- vandlanmaydi. O‘tkazgichlarning uchlarini o‘zaro eshib, so‘ngra kavsharlash orqali tutashtirish mumkin. O‘tkazgichlar liniya izo- latorlariga asosan bitta joydan mahkamlanadi. Faqat havo liniyasi- ning aloqa va signallash liniyalari, kontaktli tarmoqlar, yo‘llarni kesib o‘tish joylarida ikkita joydan mahkamlanadi. Shoxobchalanish o‘tkazgichlari tayanch izolatorlariga qat’iy mahkamlanishi shart.

    Trassaga tayyor holda tashib kelingan yoki shu joyning o‘zida yig‘ilgan tayanchlar chuqurga bevosita parma-kran mashinalari yoki tayanchni o‘rnatuvchi maxsus kranlar yordamida o‘rnatiladi. Massasi 4 tonnagacha bo‘lgan bir ustunli yog‘och yoki temir- beton tayanchlar avtomobil kranlar yordamida o‘rnatilishi mumkin. Ilgaklarga mahkamlangan shtirli izolatorlar yog‘och tayanch- larning bevosita ustuniga tirsaklarsiz o‘rnatiladi. Tayanchda par- malash orqali teshik ochilib, unga ilgakning uchi burab kiritiladi. Ilgaklarni burash qulay bo‘lishi uchun maxsus kalitdan foyda- laniladi. Shtirlarga mahkamlanuvchi izolatorlar tirsaklarda o‘rna-

    tiladi. Bunda shtir tirsakka gayka yordamida mahkamlanadi.

    Havodagi liniyalarni qurish oqimli usulda amalga oshiriladi. O‘tkaz- gichlarni montaj qilish quyidagi amallarga bo‘linadi: o‘tkazgichlarni barabandan aylantirib chiqarish, o‘tkazgichlarning bo‘laklarini tu- tashtirish; o‘tkazgichlarni tayanchlarga ko‘tarish; o‘tkazgichlarni taranglash; o‘tkazgichlarni anker va oraliq tayanchlariga mahkamlash. Havodagi liniyalarning izolatsiyalanmagan o‘tkazgichlari yog‘och barabanlarda olib kelinadi. Barabanlar maxsus aravachada o‘rna- tilib, ulardan bir vaqtning o‘zida bir nechta o‘tkazgichlar aylanti- rib chiqariladi. O‘tkazgichlarni barabandan aylantirib chiqarish traktor yoki avtomashinalar yordamida amalga oshirilib, ular bir vaqtda, odatda, bitta anker oralig‘idan ikkinchi anker oralig‘igacha

    tortiladi. Liniyalarni va binolarga kirish joylarini ko‘rikdan o‘tkazishda elektr montyorlar o‘tkazgichlar simlarining uzilganligi va eri- ganligi, bog‘langan joylarning butunligi, o‘tkazgichlarning rostlan- ganligi, kuygan joylarning mavjudligi, izolatorlarda yoriq va siniq- larning mavjudligi, tayanchlarning holatlari, bandajlar va zamin- lovchi qurilmalarning butunligi, daraxtlar shoxlarining o‘tkazgich- larga tegishi, liniyaning ustiga predmetlarning tushib qolganligi, kirish shoxobchalari va saqlagichlarning holatlari, kabel voronka- larining holatlariga alohida e’tibor berishlari shart.



    Solqilikning eng katta bo‘lgan holatida (harorat eng yuqori, muz- ning qatlami eng qalin bo‘lgan holatlar) o‘tkazgichdan yer sirtigacha bo‘lgan masofa har qanday joyda 6 m dan kam bo‘lmasligi shart.

    Havodagi liniyalarning tayanchlarida ularning raqamlari va o‘r- natilgan yillari yozilgan bo‘lishi shart.

    Yog‘och ulamalarga ega bo‘lgan tayanchlar davriy tarzda chi- rishga tekshirib turiladi. Yog‘ochning yerning tagidagi qismini tek- shirishda u 0,3—0,5 m chuqurlikkacha ochiladi. Tayanch ustuni ko‘ndalang kesimining diametri 25 sm va undan katta bo‘lgan holda chirishning chuqurligi 3 sm dan oshsa, tayanch yoki ula- malar ishlatishga yaroqsiz hisoblanadi.

    Tayanchning chirish chuqurligi yarim santimetrlik bo‘lim- larga ega bo‘lgan maxsus shup yordamida o‘lchanadi. U yog‘ochga qo‘l kuchi bilan bosib kiritiladi. Shupni bolg‘a yoki boshqa qurol yordamida qoqib kiritish taqiqlanadi. Bu maqsadda g‘ovak par- machadan foydalanish tavsiya etiladi.

    Tayanchlardagi bandajlar 4 mm va undan katta diametrli yum- shoq ruxlangan simlardan tayyorlanadi. Shuningdek, bu maqsadda 5—6 mm diametrli ruxlanmagan simlarni asfalt loki bilan qoplan- gan holda foydalanishga ruxsat etiladi. Loyihada maxsus ko‘rsatilma- gan hollarda bandajdagi o‘ramlarning soni quyidagicha tanlanadi:

    diametri 4 mm bo‘lganda — l2 ta. Simning diametri 5 mm bo‘lganda — l0 ta. Simning diametri 6 mm bo‘lganda — 8 ta Tanlov asosida ochib ko‘rish orqali temir-beton tayanchlar va yog‘och tayanchlarning ulamalarida yoriqlarning mavjudligini tek- shirish namgarchilik o‘zgaruvchan bo‘lgan hududlarda ishlatishning to‘rtinchi yilidan boshlab har 6 yilda kamida l marta amalga oshiriladi.

    Yog‘och tayanchlar detallarining chirish darajasi har 3 yilda bir marta aniqlanadi.

    Liniyaning aloqa liniyalari, temiryo‘llar va sh.k.lar bilan kesi- shish joylarida solqilik va o‘tkazgichlardan turli obyektlargachabo‘lgan masofalar ko‘rikdan o‘tkazish paytida belgilangan masofa saqlanganiga shubha tug‘ilgan har qanday holatda o‘lchab ko‘riladi:



    • zaminlashning qarshiligi ishlatishning birinchi yilida bir marta va keyinchalik har 3 yilda l marta o‘lchanadi;

    • liniyaning navbatdan tashqari ko‘rigi avariyalar, to‘fonlar, liniyaning yaqinida sodir bo‘lgan yong‘inlar, katta muz qatlamlari;

    —40˚C dan past sovuqliklardan keyin amalga oshiriladi.


    Download 2,2 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   75




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish