177
tayanib ajratib ko‘rsatilgan o‘rinlardan kompyuter yordamida max-
sus modullar yaratishlari o‘z amaliy faoliyatlarini tasavvur qilish-
lariga imkon yaratishi mumkin.
Adabiyotchi o‘qituvchilarning «Kichkina shahzoda»ni
o‘rganish qiyin degan e’tirozlarida jon bor. O‘quvchilarning uni
anglashi qiyin kechayotganini ham tushunish mumkin. Chunki asar
bizning milliy ruhiyatimizga uncha yaqin emas. Avvalo, bizning
bolalar hamisha kattalarni haq deb biladilar. O‘zbekning
milliy-
axloqiy xususiyatida kattalarni tanqid qilish, ularning xatti-hara-
katlariga tahrir kiritish hissi yo‘q. Bu o‘zbekcha axloqiy me’yor
bolalarning genida mavjud. Ayrim 5-sinf o‘quvchilarining asardan
ma’naviy zavq ololmayotganlari va asar qahramoniga xos bo‘lgan
jihatlarni his qilmayotganlarining sababi ham shunda.
Ishni qiyinlashtiradigan yana bir holat shundan iboratki, asar-
dan amaldagi darslikda berilgan parchada qissaning aslidagi surat
-
lar yo‘q
84
. Holbuki, parchada:
«Rasmlarni muallifning o‘zi chiz-
gan», «Mana o‘sha surat», «Mana, men chizgan narsa», «shu
rasmni chizib berdim
» degan jumlalar bor (Bu sezgir o‘quvchida
e’tiroz uyg‘otadi. O‘quvchining xafsalasi pir bo‘lib
qolmasligi
uchun keyingi nashrda bu nomuvofiqlik bartaraf etilishi lozim).
O‘qituvchi bu rasmlarning har birini internet orqali topib alohida
modullashtiradi.
Har qanday asar matni o‘qituvchi tomonidan o‘qib berilayotgan
paytda o‘quvchilar ham u bilan birga o‘z darsliklaridan asarni ich
-
dan o‘qib borishlari tavsiya etiladi. Bu usul, avvalo, o‘quvchilarni
eshitish orqali ifodali o‘qish ko‘nikmasini egallashga yo‘naltiradi,
o‘zlari o‘qish asnosida esa o‘qituvchidan ortta qolmaslikka intilib
tez o‘qish ko‘nikmasini ham egallab boradilar. Asar to‘liq o‘qib
bo‘lingandan so‘ng, ikkinchi darsda uning tahliga kirishiladi.
Ma’lumki, «Kichkina shahzoda» qissasi dunyodagi ko‘p til
-
larga tarjima qilingan. Unda Antuan de Sent-Ekzyuperi niho-
yatda nozik qalbli, xayolot olami boy, sog‘lom
mantiq asosida ya-
shaydigan o‘zga sayyoralik bolakay timsolini yaratgan. Asar qah-
ramoni Kichkina shahzoda yaxshini yomondan, go‘zalni xunukdan
farqlay olmaydigan, fantaziyasi qotib qolgan kattalar ruhiyatini tu-
shunmaydi. Hodisalarga tor manfaat yuzasidan qaraganligi, bag‘ri
84
Ahmedov S., Qosimov B., Qo‘chqorov R., Rizayev Sh. Adabiyot. 5-sinf uchun
darslik-majmua. – T.: «Sharq», 2007. 64-b.
178
179
keng bo‘lolmagani uchun bir-birini anglamay, bir marta beriladi
-
gan hayotda maza qilib yashash o‘rniga urushlarni, qirg‘inlarni
o‘ylab topadigan kattalar shahzodaning kinoyaviy nazari bilan
tasvir etiladi. O‘quvchilarga asardagi mana shu haqiqatlarni kashf
etishda ko‘maklashish kerak. Buning uchun o‘qituvchiga asar mat
-
ni yuzasidan tayyorlangan savol-topshiriqlar yordam beradi. Af-
suski, darslikda taqdim etilgan savol-topshiriqlar o‘quvchilarning
asar mohiyatini anglashlari uchun yetarli emas. Shuning uchun
o‘qituvchi asar matnidagi diqqatga sazovor o‘rinlarni modul-
llashtirishi, ularni ekranda namoyish etishi yoki kichik guruhlarda
ishlayotgan o‘quvchilarga taqsimlab berishi va har bir qism zami
-
ridagi muhim jihatlarni savol
yoki topshiriqqa aylantirib, ularga
o‘quvchilarning e’tiborini qaratishi kerak bo‘ladi.
Asar tahlilining asosiy quroli bo‘lmish savol-topshiriqlarning
dastlabkisi birinchi modulning mazmuni asosida tuzilgan: «Qis
-
sa qahramoni chizgan rasmga kattalarning munosabati, ularning
jug‘rofiya, tarix, arifmetika va husnixatni o‘rganish borasida bergan
maslahatlari hamda shu sababli «rassomlikning porloq istiqbolidan
voz kechishga majbur bo‘lgani»ga o‘z
munosabatingizni bildi-
ring!» – topshirig‘i bo‘lib, unga javob berish uchun o‘quvchilar
mustaqil mulohaza yuritishlari kerak bo‘ladi. Avvalo, jungli haqida
xayol surish uchun u haqda biror narsa bilish kerak. Unga xos jihat
-
larni tasavvur qilish kerak.
Ma’lumki, bolaning xayolot olami chegara bilmaydi. Xa-
yolda aqlga sig‘maydigan ishlar ham oppa-oson sodir bo‘laveradi.
Hikoyachining rasm chizishga undagan narsa ham undagi xayol
ufqining kengligidir. Maslahat bergan, uzoqni ko‘ra
biladigan kat-
talarning haq ekani ko‘rinib turgan esada, ular nafaqat asar qahra-
moniga, balki shu darsda o‘tirganlarga ham yoqmasligi mumkin.
Lekin baribir, chizilgan rasmni ko‘rgan bolalar kattalar haq ekanini
ichdan tuyib turadilar. O‘qituvchi o‘quvchilarining javoblaridan
buni ilg‘ashi mumkin. Lekin kattalarning «aqlliligi» bilan shakl-
lanib kelayotgan iste’dod yo‘qqa chiqarilmadimi? Kattalar bu bi
-
lan hisoblashishlari kerakmidi? Bolalar shular haqida ham o‘ylab
ko‘rsinlar.
Ikkinchi modul – muallifning bolalikda chizgan dastlabki sura
-
ti bo‘ladi. «Kattalarning
Do'stlaringiz bilan baham: