O‘QISH
I-chorak
T/R
|
NI mavzusi
|
Soat
|
Bilim
|
Ko’nikma
|
Malaka
|
Kompetensiya
|
1-NI 8-dars
|
“Mustaqillik ahillikda” she’rini yoddan aytish
|
1
|
|
|
|
|
2-NI 21-dars
|
Bo’limga oid notanish matnni o’qish (o’qish texnikasi aniqlash)
|
1
|
|
|
|
|
3-NI 31-dars
|
“Danakvoy”qayta hikoyalash
|
1
|
|
|
|
|
4-NI 39-dars
|
Test-sinovi
|
1
|
|
|
|
|
5-NI 44-dars
|
“Olma” qayta hikoyalash
|
1
|
|
|
|
|
1-NI
Mavzu: Mustaqillik ahillikda
Maqsad: Kompetensiyalarning shakllanganligini aniqlash.
Nazorat shakli: She’rni yoddan aytish
2-NI
Mavzu: Bo’limga oid notanish matnni o’qish
Maqsad: Kompetensiyalarning shakllanganligini aniqlash.
Nazorat shakli: O’qish texnikasi aniqlash
3-NI
Mavzu: Danakvoy hikoyasi
Maqsad: Kompetensiyalarning shakllanganligini aniqlash.
Nazorat shakli: Qayta hikoyalashi
4-NI
Mavzu: O’tilganlarni takrorlash.
Maqsad: Kompetensiyalarning shakllanganligini aniqlash..
Nazorat shakli: Test-sinovi.
5-NI
Mavzu: Olma
Maqsad: Kompetensiyalarning shakllanganligini aniqlash.
Nazorat shakli: Bayon
Bayon rejasi o`qituvchi va o`quvchilar bilan birgalikda tuziladi.
II-chorak
5-NI
Mavzu: “SO`ngi axborot”
Maqsad: O`quvchilarning shе'rni ifodali O`qish ko`nikmalarini nazorat qilish .
Nazorat shakli: Shе'rni yoddan aytish.
6-NI
Mavzu: “Mеhnatkash qiz”
Maqsad: O`quvchilarning rеja asosida insho yozish ko`nikmalarini nazorat qilish
Nazorat shakli: Insho.
7-NI
Mavzu: “ Cho`pon yigit Shiroq”
Maqsad: O`quvchilarning og`zaki nutq malakalarini aniqlash.
Nazorat shakli: Rivoyat mazmunini qayta hikoyalash.
8-NI
Mavzu: Tеst sinovi.
Maqsad: O`quvchilarning bilim , ko``nikma , malaka va kompеtеntsiyalarini tеkshirish.
Nazorat shakli: Tеst sinovi.
1. “Qish”matni qaysi manbadan olingan?
A) Yilnomadan
B ) Lug`at kitobidan
S) Tabiatshunoslikdan
D ) Jurnaldan
2.Zafar Diyor qalamiga mansub “Birinchi qor ” shе'ri qanday boshlanadi ?
A) Oppoq – tiniq , oppoq – qor
B ) Qor qo`ynida O`ynaymiz
S ) Oyoqlarda konkilar, ham chang`ilar quvnaymiz
D) Qishning momiq choponi
3 “Farhodning dadasi chana olib kеldi ”. Ushbu gap qaysi matndan olingan ?
A) “Qish zavqi”
B) “Chana”
S) “Qish еrtagi”.
D) “ Birinchi qor”
4 Farhod va Bahodir kabi qahramonlar qatnashgan “Chana”nomli matn muallifi kim ?
A) O`tkir Hoshimov
B) Erkin Vohidov
S )Aziza Ahmеdova
D) Safar Barnoyеv
5. “Ozod erkinlikning ramzi – bu kiеob”. Shе'r muallifi va sarlavhasini toping ?
A) S. Barnoyеv
B) N. Yoqubov
S) S. Barnoyеv
D) Z. Diyor
6. S. Barnoyеv “Bosh kitob” shе'rida bosh kitob dеb qaysi kitobni aytadi ?
A) Konstitutsiya
B) Matеmatika
S) O`qish kitobi
D) Odobnoma
7. O`qish bO`lmasligini xoxlagan Sanobar obrazi ?aysi matnda uchraydi ?
A) “Qish bo`lmasa -chi”
B) “ Chana ” matnida
S) “ Qish ”
D) “ Birinchi qor”
8. “ Qish bo`lmasachi ?” matnida Sanoborning oyisi kim?
A) Salima xola
B) Muruvvat opa
S) Malika opa
D) Oysha opa
9. “ Qish ” ertagining muallifi kim ?
A) A. Ahmеdov
B) A. Ahmеdova
S) O`. Hoshimov
D) ? . To`xtabayеv
10. “ Qish ertagining” matni nеcha qismdan iborat ?
A) 2. B) 3. S) 4. D) 5.
11. “Yaxmalak ” hikoyasida Qo`rqmas bеzatgan archada nima kam edi ?
A) yuldkzcha
B) zarlar
S) elеktor chiroqlari
D) archa
12. “Ayamajiz ” shе'rining muallifi kim ?
A) Q. Hikmat
B) Shuhrat
S) M. Yusuf
D) H. Nazir
13. “ Yilda bir bor mеhmon bo`lar... “ topishmoqni davom ettiring.
A) Yashil sochli opamiz
B) Uy to`riga o`tkazib
S) Taqinchoqlar taqamiz
D) To`g`ri javob yo`q
14 “ Ko`k maysalar nish urib .....” kеyingi misrani davom ettiring ?
A) Еrning baland - pastida
B) Go`zal bahor sеlkillab
S) Hammasi to`g`ri
D) Kеldi ko`klam kabi soz
15. “ O`tda yonmaydi , suvda chukmaydi ” ushbu topishmoqni javobini toping
A) Qor
B) Muz
S) Archa
D) O`yinchoq
III-chorak
8-NI
Mavzu: Maqsud Shayhzoda “Jigarlarga tilaklarim” she’rini yoddan aytish.
Maqsad: : O`quvchilarning se’rni yoddan ifodali o`qish ko`nikmalarini va kompetensiyalarini tekshirish.
Nazorat shakli: Shе'rni yoddan aytish
Nazorat qilinishi lozim bo’lgan BKM elementlari nomi va soni:
1. She’rni to’liq yoddan bilish
2.Urg’uni to’g’ri qo’ya bilish
3. Sherning ritmiga rioya qilish.
4.His-hayajon va ohangni to’g’ri qo’llash
9-NI
Mavzu: “Elim deb, yurtim deb yashagan inson” matni bo`limlariga sarlavha qo`yish
Maqsad:O`quvchilarning o`qigan matnlarini qismlarga bo`lib sarlavha qo`yish malakalarini rivojlantirish va kompetensiyalarini tekshirish.
Nazorat shakli: matnning bo`limlariga sarlavha qo`yish
10-NI
Mavzu: “Sayilda” Mirza Karim
Maqsad: Mavzular yuzasidan olgan bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalarini tekshirish
Nazorat shakli: Qayta hikoyalash
Tekshirilishi lozim bo’lgan BKM elementlari nomi va soni:
1. Matn mazmunini to’g’ri so’zlash.
2. Og’zaki nutqning ravonligi
3. Ifodali so’zlab berish
4. Adabiy tilda so’zlash
11-NI
Mavzu:Yusuf Shomansur “Bayramingiz muborak” she’rini yod olish
Maqsad: O`quvchilarning she’rni ifodali o`qish malakasini va kompetensiyalarini aniqlash.
Nazorat shakli: She’rni yoddan aytish
Nazorat qilinishi lozim bo’lgan BKM elementlari nomi va soni:
1. She’rni to’liq yoddan bilish
2.Urg’uni to’g’ri qo’ya bilish
3. Sherning ritmiga rioya qilish.
4.His-hayajon va ohangni to’g’ri qo’llash
12-NI
Mavzu: “Orzular qanotida”, “Ulug`lardan o`ganmoq – oqillik”, “Keldi bahor – gulbahor” bo`limlari yuzasidan
Maqsad: O`quvchilarning bo`limlar yuzasidan test savollariga to`g`ri va aniq javob bera olish malakalani va kompetensiyalarini aniqlash.
Nazorat shakli: Test sinovi
1.”Istiqlol kemasi” hikoysi qahramonlari ismlarini yozing. (o`qish va yozish kompetensiyasi)
J: _________________________________________________________________
2. Kimning oilasi “Zamonaviy oila” sifatida berilgan (o`qish va yozish kompetensiyasi)
J:____________________________________________________________
3. “Iki qiz” hikoyasida Gulnoraning qanday kamchilligi bor edi?
A) Yolg`onchi edi B) Qizg`onchiq edi
S) “s” va “r” harflarini aytolmas edi D) dangasa edi
4. “Unitilmas bayram” hikoyasida muallifi qayerga bordi?
A) Bolalar uyiga B) Istirot bog`iga
S) Do`konga D) Kinozalga
5. “Barakalla bo`tam” hikoyasining muallifi qaysi qatorda ko`rsatilgan?
A) Zafar Diyor B) Farhod Musajonov
S) A.Oripov D) X.To`xtaboyev
6. Yillar sizni kutadi,
Siz yillarni kutasiz! satrlari bilan boshlanuvchi she’r nomi qaysi qatorda to`g`ri ko`rsatilgan?
“Istiqlol” B)“Vatan”
S) “Jigarlarga tilaklarim” D) “Lola”
7. “Zehni o`tkir bola” matni kim haqida yozilgan?
A) Ibn Sino B) Abu Rayhon
S) Ulug`bek D) Navoiy
8. Amir Temur qaysi qishloqda tug`ilgan? (o`qish va yozish kompetensiyasi)
J:______________________________________________________________
9. Amir Temurning otasining ismi qaysi qatorda ko`rsatilgan? (o`qish va yozish kompetensiyasi)
J:______________________________________________________________
10. Eng qudratli kuch nima? (o`qish va yozish kompetensiyasi)
13-NI
Mavzu: Tabiat bilan suhbat
Maqsad: Kompetensiyalarning shakllanganligini aniqlash.
Nazorat shakli: Qayta hikoyalash
14-NI
Mavzu: O`qish texnikasi
Maqsad: Kompetensiyalarning shakllanganligini aniqlash.
Nazorat shakli: Ifodali o’qish
15-NI
Mavzu: Chin o`rtoqlar
Maqsad: Kompetensiyalarning shakllanganligini aniqlash.
Nazorat shakli: Bayon
Bayon rejasi o`qituvchi va o`quvchilar bilan birgalikda tuziladi.
16-NI
Mavzu: Yil davomida o`raganilganlarni takrorlash
Maqsad: Kompetensiyalarning shakllanganligini aniqlash.
Nazorat shakli: Test-sinovi
“Ona tabiat” she’rining muallifini toping
T. Xolmatov b) Muhammad Yusuf d) T. Yo’ldosh
“Ey soy, menga suv ber”-qaysi mavzudan olingan?
“Hosili deb… ko’chat ekarman” b) “Non haqida”
d) “Soy suvi haqida ertak”
3.Bobur qanday inson bo’lgan?
a) kuchli b) dovyurak d) kuchli, dovyurak, epchil, irodali
4. Hadislar bizga nimani o’rgatadi?
a) mehr-oqibatli bo’lishni b) kuchli bo’lishni
d) ishyoqmas bo’lishni
5. “Hunarni sev” she’rining muallifi kim?
a) S. Ochil b) T. Yo’ldosh d) E. Vohidov
6 . Topishmoqning javobini toping? O’zi tanho yagonadir, tabiatga chin onadir
a) oy b) quyosh d) yulduz
7. ”Uch yashar bola-sozlaydi biyron” bu parcha qaysi she’rdan olingan?
a) yoz b) “Quvnoq o’tsin ta’tilingiz” d) “Dorboz bola”
8. “Bahs” hikoyasining bosh qahramonlarini yozing.
J:_______________________________________________________________
9. 9 may qanday kun?
________________________________________________________________
10. “E’zoz” so`zining ma’nosini yozing.
J:_______________________________________________________________
ONA TILI
t/r
|
NI mavzusi
|
Soat
|
Bilim
|
Ko’nikma
|
Malaka
|
Kompetensiya
|
1-NI
13-dars
|
Tovushlar va harflar. Bo`g`in. So`z. Gap.
|
1
|
unli tovushlar va harflarni;
- undosh tovushlar va harflarni;
-unli va undosh tovushlaning talaffuzi va yozilishini;
-aytilishda tushib qoladigan undoshlarni;
- ism va familiyalarning bosh harf bilan yozilishini;
-tutuq belgisining vazifasini;
-ko`chirish qoidalarini;
|
-xat boshini farqlash;
-ga’larni va ismlarni bosh harf bilan yozish;
-a va o, i va u unlili sozlarni to`g`ri yozish;
-jarangsiz jufti bor jarangli undoshli so`zlarni to`g`ri yozish;
-aytilishda tushib qoladigan undoshli so`zlarni to`g`ri yozish;
-tutuq belgili so`zlarni to`g`ri yozish;
|
-bosh harfli so’zlarni to`g`ri yozish;
-so`zlarni bo`g`inlab to`g`ri ko`chirish;
-so`zlarda harflarni grafik qoidalar asosida ulash va husnixat bilan yozish.
|
Eshitilgan so’z, gaplarni orfografik va grafik jihatdan to’g’ri yoza olish
|
2-NI
21-dars
|
Undosh tovush va harflarni, tutuq belgisi.
|
1
|
-tutuq belgi va uning vazifalarini;
- gap va so`zlarning bosh harf bilan yozilishini;
-jarangsiz jufti bor jaranglilarni;
-aytilishda tushib qoladigan undoshlarni;
-harf birikmalarini;
-so’zlarning satrdan -satrga bo`g`inlab ko`chirilishini.
|
tutuq belgi so`zlarda tutuq belgisini to`g`ri qo`yish;
- tutuq belgili so’zlarni ko’chirib yozish;
-so’zlarni satrdan satrga bo`g`inlab ko`chirish;
- gap va so`zlarni bosh harf bilan yozish;
- so`z oxirida kelgan jarangsiz jufti bor jaranglilarni to`g`ri yozish;
-harf birikmali so`zlarni bo`g`inlab ko`chirish;
-aytilishda tushib qoladigan undoshli so’zlarni to`g`ri yozish.
|
Gap oxirida tinish belgilarini to`g`ri qo`yish;
Matnni husnixat bilan yozish.
|
Tutuq belgili oxiri jarangli tovushlar bilan tugagan so’zlarni, gaplarni orfografik jihatdan to’g’ri yozish
|
3-NI 27-dars
|
Gap. Gapning maqsadga ko’ra turlari.
|
1
|
-gapning tugal fikr bildirishini;
-gapning so`zlardan tuzilishini;
-har bir gap bosh harf bilan yozilishini;
- darak gap, so`roq gap, undov gapni va ularning aytilish ohangini;
- darak gapning oxiriga nuqta qo`yilishini;
- so`roq gapning oxiriga so`roq belgisi qo`yilishini;
-buyruq gapning oxiriga nuqta qo’yilishi.
|
-har bir gapni bosh harf bilan yozish;
-gapda so`zlarni alohida yozish;
-gapning oxiriga ohangga mos tinish belgisini qo`yish;
-o’zgalar fikrini yozma ifodalay olish: -so`zlarni bo`g`inlab ko`chirish;
-gap oxirida tinish belgilarini to’g’ri qo’yish .
|
-gaplarni turlarga to’g’ri ajrata bilish;
-husnixat qoidalari asosida yozish.
|
So’zlarni yonma-yon kelgan undoshlarni tog’ri talaffuz qilish va yozish. Gaplarning chegarasini aniqlay olish.
|
4-NI 37-dars
|
Gap. Darak gap. So’roq gap. Undov gap.
|
1
|
-gapning tugal fikr bildirishini; - gap so’zlardan tuzilishini; - har bir gap bosh harf bilan yozilishini ; darak gap, so’roq gap va undov gaplarning aytilish ohangini – darak gapning oxiriga nuqta qo’yilishini; -so’roq gapning oxiriga so’roq belgisi qo’yilishini; -undov gapning oxiriga undov belgisi qo’yilishini.
|
-har bir gapni bosh harf bilan yozish; - gapda so’zlarni alohida yozish; -gapning oxiriga ohangga mos tinish belgisini qo’yish; o’z fikrini gap vositasida ifodalash; -so’zlarni bo’g’inlab ko’chirish; -jufti bor jarangli so’zlarni to’g’ri yozish.
|
-gaplarni turlarga to’g’ri ajrata bilish ; -husnixat qoidalari asosida yozish
|
Gaplarni ohangiga rioya qilib o’qiy olish, yozuvda kerakli tinish belgilarini qo’ya olish
|
5-NI 42-dars
|
Gap va uning turlari. His- hayajonli gaplar.
|
1
|
jufti bor jarangli undoshlarni;
-gap oxiriga qo`yiladigan tinish belgilarni;
-yonma-yon kelgan bir xil undoshlarni;
- an’anaviy bayramlarni.
|
-gapning mazmuniga mos so`z qo`yish;
-jarangli va jarangsiz undoshlarni farqlash; -jarangli va jarangsiz undosh tovushlarning aytilishi va yozilishini farqlash;
- jarangsiz jufti bor jarangli undoshli so`zlarni to`g`ri yozish.
|
test yechish;
-yechgan testini izohlas
|
Gaplarning mazmuniga mos tinish belgilarini qo’ya olish; har bir gapni bosh harf bilan yoza olish
|
I-chorak
1-NI
Mavzu: Tovushlar va harflar. Bo`g`in. So`z. Gap.
Maqsad: Ikkinchi sinfda o’tilgan mavzular bo’yicha bilim, ko’nikma, malaka va kompentensiyalarni aniqlash
Nazorat shakli: Diktant
Yordamchilar
Yozgi ta’til kunlari edi. Ravshan bilan Oydin dala shiyponiga kelishdi. Dalada ish qizg’in, hamma g’o’za parvarishi bilan band edi. Oydin shiyponni supurdi, Ravshan suv sepdi. Ular ovqat tayyorlashda oshpazga yordam berdilar.Tushlik boshlandi. Hamma ulardan hursand bo’ldi.(38 so’z)
2-NI
Mavzu: Undosh tovush va harflarni, tutuq belgisi
Maqsad: O’quvchilarning undosh tovush va harflar, tutuq belgisi, tutuq belgili so`zlarning imlosi yuzasidan bilim, ko’nikma, malaka va kompentensiyalarini aniqlash
Nazorat shakli: Diktant
Ra’no Miraziz A`zamning “Saylanma“ nomli to`plamini sotib oldi. Kitobdagi she’r va rivoyatlarni o`qidi. Ra’no yong`oq haqidagi she’rlarni yodlab oldi. Yodlagan she’rlarini baland ovozda Ma`mura va Jur`atga aytib berdi. Ular ham kitobni o`qish o`qishga qiziqib qolishdi. Ra’no kitobni keltirib berishga va`da berdi.
3-NI
Mavzu: Undosh tovushlar va harflar
Maqsad: O’quvchilarning undosh tovush va harflar yuzasidan bilim, ko`nikma, malaka va kompentensiyalarini aniqlash
Nazorat shakli: Lug’at diktant
Tilla, to’qqiz, muddat, avval, diqqat, zarra, izzat, achchiq, tonna, assalom, tashakkur, Abbos.
Topshiriq: Berilgan so`zlar asosida 4 ta gap tuzish va bosh bo`laklarini aniqlash.
4-NI
Mavzu: Gap. Darak gap.So`roq gap. Undov gap.
Maqsad: O’quvchilarning gap, darak gap, so`roq gap, undov gap haqidagi bilim, ko’nikma, malaka va kompentensiyalarini aniqlash
Nazorat shakli: Ijodiy diktant
Topshiriq: Savollarga o`z fikringizni yozing.
Nonni e’zozlang
Halima ozgina suvi qochgan nonni yemay, surib qo’ydi. Buvisi uning ishidan ranjidi. Nonlarni to’g’rab, sho’rvaga soldi va mazza qilib yedi. Halima esa yumshoq nonni yeb o’tirdi. Bolalar ayting-chi, Halima to’g’ri ish qildimi? Siz uning o’rnida bo’lganingizda nima qilgan bo’lardingiz? (41 so’z)
5-NI
Mavzu: Gap va uning turlari
Maqsad: O’quvchilarning gap va uning turlari yuzasidan bilim, ko’nikma, malaka va kompentensiyalarini aniqlash
Nazorat shakli: Test-sinov
1. Nutq nimalardan tuziladi?
gaplardan
so’zlardan
harflardan
E) matnlardan
Matn nima?
kim? nima? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar
nutqining yozma shakli
tugallangan fikrni aniqlatuvchi so’zlar
E) tugallanmagan fikrning ifodalanishi
3.Tartib bilan berilgan harflar ……. deb ataladi.
tovushlar
harf birikmasi
alifbo
E) jarangli va jarangsiz harflar deb ataladi
4.Nuqta o’rniga qanday harf qo’yiladi? Obo…..
A) t
d
C) harf qo’yilmaydi
E) tutuq belgisi qo’yiladi
5 .Darak gap oxiriga qaysi tinish belgisi qo’yiladi?
A) nuqta
B) so’roq belgisi
C) undov belgisi
E) hech qanday belgi qo’yilmaydi
6. Nuqtalar o’rniga qaysi so’z qo’yiladi?
Kuz ….. oyidan boshlanadi
A) sentyabr B) avgust
C) noyabr E) oktabr
7. Kuchli his-hayajonni bildirgan gap qanday gap deb ataladi?
A) undov gap B) darak gap
C) so’roq gap E) buyruq gap
8.O’zbek tilida nechta unli harf bor?
A) 10 ta B) 6 ta
C) 8 ta E) 5ta
9.Qaysi so’zda harf tushib qolgan?
A) tilla B) yeti
achchiq E) soat
10. Birinchi oktyabr qanday kun?
“Mustaqillik kuni”
“Hosil bayrami”
“O’qituvchilar va murabbiylar kuni”
E) “Konstitutsiya bayrami”
6- NAZORAT ISHI
Mavzu: Gap bo‘laklari.
Nazorat ishi: Tekshiruv diktanti.
Dorivor o‘simliklar
Bahorda turli-tuman o‘t-o‘lanlar bilan qoplangan qir- adirlarni ko'rib, hammaning bahri dili ochiladi.
Ularning nomi shunchalik ko'pki, sanab tugatish ham qiyin.
Ismaloq, jag‘-jag‘, otquloq, yalpiz, marvaridgul, dala- choy, qogidgul kabi o‘t-o‘lanlar shifobaxsh o'simliklardir.
Bu o'simliklardan damlama tayyorlab ichsangiz tananqir yayrab ketadi, kuchingizga-kuch qoshiladi. Ularni gishda foydalanish uchun quritib qo‘yish kerak. (54 so‘z)
7- NAZORAT ISHI
Mavzu: O‘zak va o‘zakdosh so‘zlar.
Nazorat shakli: Diktant.
Savob ish qildi
Nosir kavlab olingan piyoz paykalida qolgan piyozlarni yig‘di. U bir necha kunda to‘rt qop piyoz to'pladi. Uning xolasi shaharda yashaydi. Nosir ikki xalta piyozni xolasinikiga olib bordi. Xolasi Nosirdan juda minnatdor bo‘ldi. Kechqurun bu haqda ota-onasiga aytdi. Ular ham mamnun bo‘lishdi va shunday deyishdi:
— Nosirjon bolam, bugun juda savob ish qilding. Chunki xolangning dastyorlari yo‘q. Bozorga borishga qiynaladilar. (62 so‘z)
8- NAZORAT ISHI
Mavzu: O‘tilganlarni takrorlash.
Nazorat shakli: Test sinovi.
I variant
1. Berilgan gapdagi ikkinchi darajali bo‘laklarni belgilang: Sarg‘aygan barglar yerga to‘kildi.
Sarg‘aygan
to‘kildi
barglar
2. Gapda so‘zlarning bog‘lanishi qanday aniqlanadi?
Qo‘shimchalarning qo‘llanishiga qarab
so‘roqlar yordamida
ohangiga qarab
3. Mayin shamol yaproqlarni tebratdi. Gapdagi «mayin» so‘zi qaysi so‘zga bog‘lanib kelyapti?
yaproqlarni
tebratdi
shamol
4. To‘g‘ri javobni tanlang. O‘zak-...
so‘zlarni bir-biriga bog‘laydigan,yangi so‘z yasamaydigan qo‘shimchadir
o‘zakdan anglashilgan ma'no bilan bog‘liq bo‘lgan yangi so‘z hosil qiladi
barcha yangi ma'noli so‘zlarning umumiy qismi
5.O‘zakdosh bo‘lmagan so‘zni belgilang
bilimli
billur
bilimsiz
6.So‘z yasovchi qo‘shimchalari bor so‘zlarni belgilang
akamning, bekat;
vatandosh, rejali
buvimga,ishsiz
7. Nuqtalar o‘rniga berilgan qo‘shimchalardan mosini tanlang: Hozirgi kunda qog‘oz.. .600 dan. ortiq turi bor.
-dan
-li
-ning
8. So‘z qismlaridan qaysi bin ishtirok etmasa, so‘z hosil bo‘lmaydi?
so‘z yasovchi qo‘shimcha
so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimcha
o‘zak
9. So‘z yasovchi qo‘shimchalar berilgan qatorni toping.
-li, -la, -siz, -kor, -dosh;
-la, siz, -dosh, -dan, -ga;
-chi, -kor, -da, -ning, -siz;
10. So‘z turkumlarini belgilang?
ot, sifat, fe'l, o‘zak
ot, sifat, fe'l, son
ot, sifat, fe'l, so‘z yasovchi qo‘shimcha
П variant
1.Ikkinchi darajali bo‘laklarning so‘roqlarini toping.
qanaqa? qayerga? nechanchi?
kim? nima? kimlar?
nima qildi?nima qilyapti?
2.Ikkinchi darajali bo‘laklarning gapdagi vazifasini aniqlang.
tugallangan mazmunni bildiradi
gapning mazmunini bildiradi
ikkala javob noto‘g‘ri
3.Faqat o‘zakdosh bo‘lgan so‘zlarni belgilang.
bilimli, bilimdon, bilimsiz
kuchsiz, kuchli, kuchuk
moy, moyla, mol
4. Yangi so‘zlar yasaydigan qo‘shimchalar qatorini toping,
-ning, -ni, -da, -ga, -dan;
-chi, -li, -kor, -siz, -ning;
-chi, -li, -la, -kor, -siz, -dosh;
5. Chumolilar bug‘doy ... inlariga olib ketishdi. Nuqtalar o‘rniga so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalardan mosini qo‘ying.
dan
ni
ning
6. So‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar qatnashgan so‘zlarni belgilang.
osmonda, baxtli;
g‘allakor, nonsiz;
ko‘zning, sayohatni;
7. O‘zak, so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalardan iborat so‘zni belgilang.
gulchidan
dehqonga
hushsiz
8. Onam shirmoy non yopdi.Gapdagi shirmoy so‘zi qaysi so‘zga bog‘lanib kelyapti?
onam
non
9. Gapda so‘zlarning bog‘lanishi qanday aniqlanadi?
ohangiga qarab
so‘roqlar yordamida
qo‘shimchalarning qo‘llanilishiga qarab
10. Qaysi so‘z turkumlari gapda bosh bo‘lak bo‘lib keladi?
ot, sifat
fe'l, son
ot, fe'l
Do'stlaringiz bilan baham: |