200
II. Uy vazifasini so„rash va o„tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‗quvchilar uyga berilgan vazifa «Yaxshidan bog‗ qoladi» rivoyati
mazmunini so‗zlab beradilar.
«Pantomima» refleksiya mashqi
O‗quvchilar guruhlarga bo‗linadilar.
Vazifani esa, «Yaxshidan bog‗ qoladi»
rivoyati mazmunini ovoz chiqarmasdan pantomima ko‗rinishida ko‗rsatib bering,
deb aytiladi. Guruhlar ishlarini rejalashtirib olishlari uchun 3-5 daqiqa vaqt
beriladi. Taqdimotda guruhning barcha ishtirokchilari qatnashishlari mumkin. Ular
ovoz chiqarmasdan o‗tgan mavzu pantomimasini ko‗rsatib beradilar.
Mashq natijalari tahlil qilinadi.
III. Yangi mavzuni tushuntirish.
Yangi mavzu e‘lon qilinadi. «So‗zlovchi yomg‗ir». (Abdurahmon Akbar).
O‗qituvchi o‗quvchilarga savollar bilan murojaat qiladi:
-
Siz qanday tabiat hodisalarini bilasiz?
-
Tabiat hodisalari haqida maqollar bilasizmi?
O‗quvchilar navbat bilan tabiat hodisalari haqida bilgan maqollarini navbat
bilan aytib, ma‘nosini qisqacha tushuntirib o‗tadilar.
Yoz yomg‗iri yondan o‗tar,
Qish yomg‗iri — jondan.
Toqqa yog‗sa, cho‗l obod,
Cho‗lga yog‗sa, el obod.
Toqqa qalin qor tushgani —
Yerning qonib suv ichgani.
Chillada sug‗orilgan bog‗,
Chil botmon uzum berar.
Er tug‗ilsa — elning baxti,
Yomg‗ir yog‗sa — yerning baxti.
Ertalabki tuman ochar,
Kechki tuman yopar.
Qarg‗a ketmay, qor ketmas,
Turna kelmay, muz ketmas.
Qor yog‗di — don yog‗di,
Yomg‗ir yog‗di — osh yog‗di.
Qora bulutdan tiniq suv tomar.
Yomg‗ir — ekinning joni.
Tog‗ havosi — dard davosi.
O‗qituvchi «So‗zlovchi yomg‗ir»she‘rining muallifi Abdurahmon Akbar
haqida qisqacha ma‘lumot beradi:
‒ Iste‘dodli bolalar shoiri va tarjimon
Abdurahmon Akbar
Toshkent yaqinidagi Niyozbosh qishlog‗ida 1962-yilning 22-
aprelida
tavallud
topgan.
1987-yili
O‗zbekiston
Milliy
universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan.
1986-yildan
«
Yulduzcha
»
(bugungi Cho‗lpon nomidagi nashriyot-matbaa
ijodiy uyi)da muharrir vazifasida ishlagan.
Uning
«
Kichkintoy va
paxtaoy
»
(M. Qodirov bilan birgalikda, 1987),
«
So‗zlovchi
yomg‗ir
»
(I. Donish, D. Shokirovlar bilan birgalikda, 1990),
«
Ehtiyotkor toshbaqa
»
(1991),
«
Yozning tug‗ilgan kuni
»
(1992),
«
Kuylayotgan
bog‗
«
(1994),
«
O‗yinqaroq bulutcha
»
(1996),
«
O‗rdakcham
»
,
«
Jonli
savatcha
»
201
(2005),
«
Uyquchining tushlari
»
(2006)
nomli ko‗plab asarlari nashr etilgan.
«Ehtiyotkor toshbaqa» nomli kitobi uchun 1991-yili Usmon Nosir nomidagi
mukofotga sazovor bo‗ldi. 2006-yili «O‗zbekistonda xizmat ko‗rsatgan madaniyat
xodimi» faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Abdurahmon Akbar 1995-yildan
O‗zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi bo‗lgan.
She‘r mazmuniga mos videolavha namoyish etiladi.O‗qituvchi
o‗quvchilarga she‘rni ifodali o‗qib beradi.
O‗quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat etiladi.
-
Bu she‘r nima haqida ekan?
-
Uni eshitganingizda ko‗z oldingizga nimalar keldi?
O‗quvchilar she‘rni mustaqil o‗qiydilar.
- She‘rdagi tushunarsiz so‗z va iboralarni belgilang.
She‘rda uchragan notanish so‗zlar yuzasidan lug‗at ishi o‗tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: