Gulliverning sayohatlari. Jonatan Svift (Romandan parcha) Darsning maqsadi. 1. «Gulliverning sayohatlari» asari bilan o'quvchilarni tanishtirish. Jonatan Svift hayoti va ijodi haqida tushuncha berish. O'quvchilarning guruhlarga bo'linib asar mazmunini o'zlashtirish, matnni tahlil qilish, qiyin so'zlar lug'atini tuzish, asar yuzasidan savollar tuzish ko'nikmasini shakllantirish.
2. O'quvchilarda kasb egallashga ishtiyoq uyg'otish. Asar mazmuni orqali ularning mehmondo'stlik, o'zaro yordam berish tuyg'ularini o'stirish.
3. O'quvchilarda asar mazmunidan anglashilgan xulosani mulohaza etish ko'nikmasini shakllantirish.
Darsning turi. Sinfdan tashqari o’qish, hikoya o'qish darsi.
Darsning metodi. Qadamba-qadam, suhbat metodlari.
Darsning jihozi. Jonatan Svift asarlari ko'rgazmasi, kartochkalar.
Darsning borishi. 1-qadam. 4-5 kishidan iborat o'quvchilar guruhini shakllantirish.
O'qituvchi 4 xilda o'quvchilar soniga mos kartochkalar tayyorlaydi. Bu guruhlar boshlang'ich guruh deb nomlanadi.
Boshlang'ich guruhlarning o'tilgan mavzular bo'yicha savollarga javob berishi. O'qituvchi har bir guruhga alohida savollar tuzib tarqatadi. Masalan, 1-gurih uchun savollar: «Bolalar gurungi» asari muallifi qayerda tug'ilgan? «Bolalar gurungi» asarining qahramoni — kambag'al bola kelajakda kim bo'lib etishdi? «Bolalar gurungi» asarida qizcha nimasi bilan maqtandi? «Bolalar gurungi» asarida bolalar nima haqida bahs qilishdi?
2-guruh uchun savollar: Aka-uka Grimmlar yozgan ertaklari sanab bering. «Bir xurmacha shavla» ertagida kampir nima uchun qizchaga xurmacha sovg'a qildi? «Bir xurmacha shavla» ertagida onasi kerakli so'zlarni esidan chiqqani uchun nima hodisa yuz berdi? Bu hodisadan shahar ahli aziyat chekdimi?
O'qituvchi qolgan guruhlarga ham shu kabi savollar tarqatadi.
2-qadam. Ekspert guruhlarga ajralish.
Boshlang'ich guruh a'zolari soniga qarab 1 dan 5 gacha va ho-kazo raqam beriladi.
Bir xil raqam egalari bitta guruhga birlashadi. Bu guruhlar ekspert guruhlar deya nomlanadi. Ekspert guruhlarga «Gulliverning sayohatlari» asari 4 qismga bo'lib tarqatiladi.
Ekspert guruhlar uchun topshiriqlar: 1. Berilgan matnni ifodali o'qib mazmunini o'zlashtirish. 2. Matn yuzasidan savollar tuzish. 3. Berilgan qismga sarlavha topish. 4. Qiyin so'zlar lug'atini tuzish.
Guruhlar topshiriqlarni taxminan quyidagicha bajaradilar. 1-ekspert guruhi tuzadigan savollar. «Antilopa» kemasi qayerga suzib ketdi? Qirg'oqda Gulliverning kimlari qoldi? Gulliver yoshligida nimalarga qiziqar edi? U otasining xohishiga ko'ra qaysi kasbni egalladi? Gulliver qaysi kemalarda sayohatga chiqqan edi? Dengiz safarida u nima bilan shug'ullanar edi? U daftarning birinchi betiga nimalarni yozib qo'ydi? Bu qismga «Safarning birinchi kuni» deb sarlavha qo'yish mumkin.
Guruhlar taxminan qismlarga quyidagicha sarlavha topadilar: 1-qism. Safarning birinchi kuni. 2-qism. Bo'ronda qolgan kema. 3-qism. Kichkina odamchalar hujumi. 4-qism. Liliputiya mam-lakatiga yo'l oldik.
b) Guruhlar quyidagi so'zlarning lug'atini tuzadilar.
pristan - qirg'oqda kemalar joylashadigan joy qoyatosh — tog'ning, ustki qismi sadoq — o'q solingan idish mergan — kamondan o'q otadigan odam minbar — kishilarning xalq oldiga chiqib nutq so'zlaydigan joyi Imperator — davlat boshlig'i
mash 'al — uchiga latta bog'lanib yondirilgan yog'och 3-qadam. Boshlang'ich guruhlarga birlashish. O'quvchilar o'z boshlang'ich guruhlariga birlashib quyidagi topshiriqlarni bajaradilar:
1. Asarning butun holicha o'zlashtirish.
Bunda ishtirokchilar ekspert guruhida o'zlashtirganlarini guruh a'zolariga aytib beradilar. Qaysi qismni o'qigan bo'lsalar, savollar yordamida uning mazmunini hikoya qiladilar. 2. Asar voqealari tasvirlangan rasmlar chizish. 3. Asar matnida qatnashgan so'zlar ishtirokida krossvord tuzish. «Antilopa», Gulliver, Lilipitiya, Hindiston, imperator, gvardiya so'zlari bo'yicha krossvord tuzish topshiriladi.
4-qadam. Guruhlarni baholash. Guruh ishtirokchilari quyidagi jadvalni to'ldiradilar.
Eng faol ishtirokchi: Eng faol guruh: Eng bilag'on ishtirokchi:
Uyga vazifa. «Gulliverning sayohatlari» asarini o'qib, mazmunini qayta hikoyalashga tayyorlanish.