O’qish 4- sinf 1-dars Mavzu: Istiqlolim- istiqbolim. Mangulikka tatigulik kun


O'quv materiali. To'maris. Hamdam Sodiqov



Download 14,36 Mb.
bet144/176
Sana28.05.2022
Hajmi14,36 Mb.
#613849
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   176
Bog'liq
4-sinf O\'qish

O'quv materiali. To'maris. Hamdam Sodiqov.
Darsning maqsadi.
1. O'tmishda yashab o'tgan vatanparvar ajdodlarimizdan To'maris haqida ma'lumot berish, uning Vatan oldidagi burchini to'g'ri anglaganini o'quvchilar ongiga yetkazish.
2. O'quvchilarda Vatan tuyg'usini kengaytirish, ularni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash.
3. O'quvchilar nutqiga To'maris, Sparganiz, Kurush, Krez ismlarini, massaget, forslar kabi qabila nomlarini, Oks (O'kuz)— Amudaryo so'zlarini kiritish; qayta hikoyalash asosida bog'lanishli nutqini o'stirish.
Dars turi. Yangi bilim beruvchi tarixiy hikoya o'qish darsi.
Dars metodi. Izohli o'qish metodi.
Dars jihozi. Janglar tasvirlangan sujetli rasmlar.
Darsning borishi.
1. O'quvchilarni asarni o'qishga tayyorlash.
1. Bo'lim yuzasidan suhbat. Ajdodlarimiz deganda kimlarni tushunasiz?
Nima uchun biz ular bilan faxrlanamiz? To'maris kim? U haqida nimalar eshitgansiz? Massaget, sak, so'g'd qabilalari haqida ma'lumot.
O'qituvchining hikoyasi: Qadimda ajdodlarimiz o'z farzandlarini qiz yoki o'g'il bo'lishidan qat'iy nazar jasur, o'z vatanining haqiqiy hi-moyachisi qilib tarbiyalaganlar. Ular bolalarini besh yoshdan bosh-lab o'qitganlar, otda yurish, yoydan o'q otishga o'rgatganlar. Ularni jasurlik, to'g'rilik, botirlik aihida, o'z xalqi erki va mustaqilligining himoyachilari qilib tarbiyalaganlar. To'maris ham shunday tarbiya topgan ayollardan biri.
2. Lug'at ustida ishlash:
— Bu asarda Kurush, Sparganiz, Krez ismlari bor. Ularni esda saqlang. Oks (O'kuz) ~ Amudaryoning qadimgi nomi. Massaget — qabila nomi. 3. «To'maris» asari bilan tanishtirish. jjk/jb 4. Asar yuzasidan dastlabki suhbat: — Asar kimlar haqida ekan? (Massaget qabilalari bilan fors qabilasi boshlig'i Kurush haqida ekan.) — Kurush kimning gaplarini tingladi?
5. Asarni qismlarga bo'lib o'qitish. Bolalar, o'qilayotgan paytda forslar podshosi Kurushning xatti-harakatlariga, elchining aytgan gaplariga, podsho atrofida o'tirgan sarkarda va mulozimlaming holatlariga e'tibor bering.
6. Topshiriqlar asosida o'qitish: 1-bo'lim necha qismga bo'lindi? (4 qism). 1- qismni o'qing va unga sarlavha toping. ("Oltin — ro'zg'or buyumi" yoki "Massagetlar g'alati xalq".) Qolgan qismlar ham shu tarzda topishmoqlar asosida o'qitiladi. 2- qismga "Sodda xalq" yoki "Sharob nimaligini bilmaydigan xalq"; 3- qismga "Qiziq tomosha"; 4- qismga "Taklif rad etildi" sarlavhasi qo'yiladi. Ox-irida bu sarlavhalar reja tarzida doskaga yozib qo'yiladi.
Reja.
1. Oltin— ro'zg'or buyumi,
2. Sharob nimaligini bilmaydigan xalq.
3.Massagetlar to'yi.
4. Taklif rad etildi.
5. Tanlab o'qish. O'quvchilarga rejaning oltin ro'zg'or buyumi sifatida ishlatilishini ifoda etgan qismini o'qib, qayta hikoya qiling. Qolgan qismi ham shu tarzda o'qitilib, qayta hikoya qildiriladi.
6. To'liq qayta hikoyalash. Bir o'quvchi reja asosida asarni to'liq qayta hikoyalab beradi.
7. Asarning 2- bo'limi birorta yaxshi o'qiydigan, o'qish ko'nikmasini yaxshi egallagan o'quvchiga o'qitilishi yoki magnit tasmasidan eshittirilishi mumkin. Suhbat yo'li bilan bu bo'lim yuzasidan quyidagicha reja tuziladi.
Reja
1. Krez — aqlli maslahatchi.
2. Krezning samo bilan aloqasi.
3. Artabazning taklifl.
4. To'marisning elchi bilan suhbati.
Reja asosida tanlab o'qish va qayta hikoyalash mashqi o'tkaziladi.
Darslikdagi savol-topshiriqlar ustida ishlash.
Qisqartirib qayta hikoyalash. Doskada ikkala bo'limga tuz-ilgan reja yozilgan bo'ladi. Yaxshi o'qiydigan o'quvchiga asar qisqartirib qayta hikoya qildiriladi.
Umumlashtiruvchi suhbat.
Darsda kim haqida hikoya qilingan asarni o'rgandik?
Kurush nima uchun massagetlar yeriga ko'z olaytirdi?
Kurushning taklifini To'maris nima uchun rad etdi?
Kurush qanday qarorga keldi?
Samo bilan aloqa deganda nimani tushundingiz?
To'maris nima uchun jangga tayyorlana boshladi?
13. Qahramonlarga tavsif. Tavsif T yizimi asosida beriladi. Buda o'quvchilar To'maris va Kumushni taqqoslaydilar, to'g'ri xulosa chiqaradilar.
— To'maris — sezgir ayol. Chunki u Kurushning niyatini darrov fahmladi.
— U — ehtiyotkor. U xalqini urush ofatlaridan saqlash uchun Kurush taklifini yumshoqlik bilan boshqa sabablar ko'rsatib rad etadi.
— To'maris — jasur ayol. U dushmanga qarshi urushdan cho'chimaydi. Shuninguchun uelchiga: "Bizurushdanqo'rqmaymiz va o'z ona yurtimizni himoya qilamiz, shohingga ayt", — deydi.
Shu tarzda Krezning ayyorligi, mug'ambirligi, Kurushning bosqinchiligi, molparastligi, elchining ayg'oqchiligi haqidagi fikr-mulohazalar eshitiladi.
To'maris Kurush
sezgir ayyor
ehtiyotkor mug'ambir
jasur bosqinchi
vatanparvar molparast
Suhbat yakunida tarbiyaviy xulosa chiqariladi: — "To'maris" asarini o'qish orqali sizda qanday tuyg'u pay-do bo'ldi? "Siz kimning o'rnida bo'lishni istar edingiz?", "Siz o'z shaxsingizda qanday xislatlar bo'lishini istaysiz?"
14. Uyga 1 va 2- bo'limni o'qib, qayta hikoyalashga; ko'z yu-gurtirdi, ko'zlarida yongan qiziqish, uloq chopish, chavandoz-lik, nigoh kabi so'z va iboralar ma'nosini izohlab berishga tayy-orlanib kelish vazifa qilib beriladi.
15. O'quvchilami rag'batlantirish.
Izoh. O'quvchilar tarixiy davrdan hikoya qiluvchi afsona va ri-voyatlarni ham tarixiy haqiqat sifatida anglaydilar. Ular afsonan-ing ham haqiqatga aylanishini, u real voqelikda yuz bergan deb o'ylashni istaydilar.
Dars yaxshi tashkil etilsa va o'tilsa, To'maris haqidagi afsona o'quvchilarga tarixiy haqiqat kabi tuyuladi. Bunday shaxs va vo-qealar tarixda bo'lgan deb biladilar. o'quvchilarda unga o'xshash istagi paydo bo'ladi. Vatanning gullab-yashnashi uchun har bir shaxs harakat qilishi lozimligini anglay boradilar. "Bunga erishish uchun nima qilish kerak?" — degan savol berilsa, o'ylashga majbur bo'ladilar. Shunda, hozir ularning oldidagi birdan-bir vazifa yaxshi o'qish, bilimlarini boyitish, o'qiganlariga amal qilish ekanligini o'qituvchi ta'kidlab, ularning shaxsini shakllantirib borishi lozim.

Download 14,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish