137- dars
MAVZU: NAJMIDDIN KUBRO
O'quv materiali: Najmiddin Kubro.
Darsning maqsadi.
1. O'quvchilarga Vatanimiz tarixida o'tgan xalq qahramonlari, ularning jasorati haqida, vatan uchun kurashi haqida bilim berish;
2. O'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
3. O'qish malakasi sifatlarini, tez, to'g'ri anglab o'qish, ifodali o'qish sifatlarini takomillashtirish, lug'atini boyitish, nutqini o'stirish.
Dars jihozi. Najmiddin Kubroning rasmi, asar mazmuniga mos jang tasviri.
Darsning borishi. 1. O'tilgan mavzu yuzasidan o'quvchilar bilimini aniqlash. Darslikdagi savol-topshiriqlardan foydalaniladi. Asar so'ngidagi 3- topshiriqni qanday bajarganliklari so'raladi. O'quvchilarning taxminiy javoblari quyidagicha bo'ladi: 1-bo'lim uchun: "Oks sohilidagi mamlakat", "Elchi hikoyasi", "Massagetlar mamlakati". 2-bo'lim uchun: "Maslahatchilar kengashi", "Kengash". 3-bo'lim uchun "Krezning hiylasi", "To'marisning qayg'usi", "Sparganizning ehtiyotsizligi". 4-bo'lim uchun: "Dush-man yengildi", "Massagetlarning g'alabasi", "Intiqom".
2. Tanlab o'qish. Topshiriq. Massagetlarning urf-odatlari tas-virlangan o'rinni topib o'qing. To'marisning elchiga bergan javo-bini topib o'qing. Forslar yukmdori nima maqsadda massagetlar yurtiga keldi? Shu o'rinni o'qing. Sarkardalar orasida nima uchun g'ala-g'ovur ko'tarildi? Shu o'rinni tohib o'qing. Krush nima uchun Krezdan hayiqardi? Shu o'rinni o'qing. Quyidagi topshiriqlar asosida tanlab o'qitiladi:
II. Yangi mavzu. 1. Asarni o'qish va o'rganishga o'quvchilarni tayyorlash. O'qituvchining kirish suhbati: Tarixda o'tgan qah-ramonlardan kimlarni bilasiz? Ularning jasorati haqida so'zlab be ring.
2. O'qib berish orqali asar bilan tanishtirish.
3. Asar yuzasidan dastlabki suhbat: Asar sizga yoqdimi? Asar kim haqida hikoya qiladi? Najmiddin Kubro qanday kishi bo'lgan ekan?
4. Asarni qismlarga bo'lib o'qitish (8 qism).
O'quvchilar asar necha o'quvchiga o'qitilganiga qarab, uni qan-cha qismga bo'linishini bilib oladilar va aytadilar.
5. 2-qayta o'qitilganda quyidagi topshiriqlar beriladi:. Har bir qismdagi asosiy fikrni aniqlang: Urush-janglardan begona yurt (1- qism). Mo'g'ul bosqinchilari Xorazmga yurish boshlaydi (2-qism). Xorazm qayg'uga tushadi (3- qism). Najmiddin Kubroning ko'ngillari ozor topmasin (4- qism). Taklif qabul qilindi (5- qism). Chopar maktub keltirdi (6- qism). Choparlarning keyingi takliflari (7- qism). Vatan uchun shahid bo'lgan qahramon (8- qism).
O'qituvchi bu asosiy fikrlarni doskaga yozib boradi. O'quvchilar daftarlariga ko'chirib oladilar. Uyda shular asosida asarga reja tuzib kelish topshirig'i beriladi. Reja 8 qismdan iborat bo'lmasligi ham mumkinligi aytiladi.
Taxminiy reja namunasi:
Reja
1. Tabiati bo'ston, xalqi — dono yurt.
2. Mo'g'ul bosqinchilarining hiyla-nayranglari.
3. Najmiddin Kubroning Vatan uchun shahid bo'lishi.
6.Asarni tanlab o'qitish.Topshiriq. Xorazm tasvirlangan o'rinni topib o'qing. Ahli Xorazm nima uchun qayg'uga tushibdi? Shu o'rinni topib o'qing. Ayg'oqchining gaplarini topib o'qing. Najmiddin Kubroning javoblarini topib o'qing. To'rtinchi kun yuz bergan voqealar tasvirlangan o'rinni topib o'qing.
7. Lug'at ustida ishlash. so'lim — yoqimli, go'zal;
bo'ston — gul-u gulzor, mevalari ko'p bo'lgan joy; halim — yumshoq ko'ngilli, qattiq va yomon gapirmaydigan; mo'g'ul — millat nomi; qava — shahar; farmon — buyruq;
murid — buyuk kishilarga ergashadigan odamlar.
8. Asardagi ko'chma ma'noli iboralar ustida ishlash:
cho'p qadasang, biror ishga qo'l urmoqchi bo'lsa — biror ishni bosh-lamoqchi bo'lsa; ko'chma ma'noli so'z: qayg'uga tushibdi — ezilibdi, siq-ilibdi. Badiiy til vositalari: bir qoshiq qonimdan kechsangiz, ko'ngillari ozor topsa, donolarning donosi, qonga-qon, jonga-jon, jangda shahid bo'libdi kabi.
9. Darslikdagi savol-topshiriqlar ustida ishlash.
10. Qahramonlarga tavsif berish va tarbiyaviy xulosa chiqarish: Najmiddin Kubro qanday inson edi? Siz uning o'rnida bo'lsangiz qanday ish tutgan bo'lardingiz? Najmiddin Kubrodan nimalar o'rgandingiz?
11. Test sinovi.
12. O'quvchilar rag'batlantiriladi.
13. Uyda asarni o'qish, uning mazmini yuzasidan savollar tuzib kelish topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |