Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, «raqamli joylashuv»
ta’limiy o‘yini.
Dars jihozi: manzarali daraxtlar rasmi, multimedia
ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
Salomlashish.
davomatni aniqlash.
o‘quvchilarning darsga hozirligini tekshirish.
Fasl haqida suhbat.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustah-
kamlash.
Uyga berilgan vazifa so‘raladi. o‘quvchilar «yersevarni –
el sevar» matnini navbat bilan o‘qib, mazmunini so‘zlab bera-
dilar.
o‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida «raqamli
joylashuv» mashqi o‘tkaziladi.
«Raqamli joylashuv» mashqi
«yersevarni – el sevar» matnidan olingan bir necha gap-
dagi so‘zlar raqamlar ostiga joylashtiriladi. o‘quvchilar
so‘zlarning raqamini aytib, gaplar hosil qilishlari kerak
bo‘ ladi.
1 tabiatning
2 U
3 birinchi
4 ajoyib
5 qadamni
6 sizni
7 tuhfasi
8 kiyintiradi
9 uning
10 to‘ydiradi
11 ona
12 bag‘rida 13 yerimizdir 14 ardoqlaydi 15 qo‘yasiz
1,4,7,11,13 (tabiatning ajoyib tuhfasi – ona yerimizdir.)
3,5,9,12,15 (birinchi qadamni uning bag‘rida qo‘yasiz.)
2,6,8,10,14 (U sizni kiyintiradi, to‘ydiradi, ardoqlaydi.)
Do'stlaringiz bilan baham: |