O’qish 10. 09. 2019 Mavzu: Biz Vatanning ertasi. (Muqim Qodir). Maqsadlar: Ta'limiy



Download 415 Kb.
Sana24.09.2019
Hajmi415 Kb.
O’qish 10.09.2019

Mavzu: Biz Vatanning ertasi. (Muqim Qodir).

Maqsadlar:

Ta'limiy: O'quvchilaming to'g'ri, ifodali va ravon o'qish ko'nikmalarini takomillashtirish, nasriy asarlar mazmunini tushunish va tahlil qila bilishga o'rgatish.

Tarbiyaviy: O'quvchilarga “Biz vatanning ertasi. (Muqim Qodir)” haqida ma'lumot berish, Vatanga e'tiqodni tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: O'quvchilarda birgalikda ishlash, o'zaro yordam ko'rsatish ko'nikmalarini hosil qilish, lug'at boyligini oshirish.

T/K::

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.

Fanga oid kompetensiyalar:tinglab tushunish, fikrni og’zaki bayon qilish, o’qish, fikrni yozma bayon qilish, hikoya, ularni ongli, ifodali to’g’ri o’qiy oladi.

Darsning turi: Izohli o'qish, ifodali o'qish, mashq, namoyish qilish, munozara.

Darsning usuli: Jamoa, guruh bilan ishlash.

Darsning jihozi: Vatan ko'chalari, binolar, bog'-rog'lar, kelajak, A4 formatli qog'oz.

Darsning borishi:



I.Tashkiliy qism a) salomlashish; siyosiy daqiaqa; davomat;

II. O'tgan mavzuni topshiriq asosida o'qitib mustahkamlash.

1. Hikoyada Toshkent shahri haqida qanday ma'lumotlarni bilib oldingiz?

2. Toshkent shahridagi istirohat bog'lari haqida ma'lumot bering.

O'quvchilardan uyga berilgan topshiriqni so'rash va o'tgan mavzuga doir tushunchalarni yana bir bor takrorlaah.



III. Yangi mavzu bayoni: Yangi dars e'lon qilinadi. She'mi o'qish, she'r mazmuniga e'tibor qaratiladi. O'quvchilar lug'atini boyitish maqsadida she'rdagi notanish so'zlar ma'nosini bilib olishga o'quvchilar diqqatini qaratadi. U so'zlar ma'nosini xattaxtaga oldin-dan tayyorlab qo'yiladi.

She'r mazmuni yuzasidan suhbat o'tkaziladi:

1. She'rda nima uchun Amir Temur va To'maris nomi yodga olingan?

2. O'quvchilardan yosh avlod nima uchun vatanning ertasi deyilishi haqida so'raladi.

O'quvchilar fikrlarini umumlashtiradi. Darslikdagi mavzuga doir qo'shimcha materiallar bilan ishlanadi. Ruboiyni o'qish va ma 'nosini izohlash. She'r o'quvchilarga navbat bilan o'qitiladi. Bunda qatorlararo musobaqa yoki she'mi qismlarga bo'lib o'qitish usullaridan foydalanish mumkin. 12 daqiqa

IV.Mustahkamlash: O'quvchilar guruhlarga bo'linadilar. Guruhlarga topshiriq.

O'quvchilaming Vatanning ertasini rivojlantirish uchun qanday sifatlarga ega bo'lishlari kerakligi tasvirlangan rasmlardan tanlab A4 formatdagi qog'ozga yopishtirish (rasm yo'q bo'lsa, yozish) topshirig'i beriladi.

-Bunday sifatlami egallash uchun siz nimalar qilishingiz kerak? Qog'ozning tagiga yozing.

- Har bir guruhdan bitta o'quvchi guruh ishini taqdimot qiladi.

• Dars sizga yoqdimi?

• Guruhlarda qanday ishladingiz?

• «El-yurt sha'ni orimiz, Pok saqlash shiorimiz» gapini tahlil qilish.

• Kelajakda el-yurtga xizmat qilish uchun qanday tayyorgarlik ko' rasiz?



V.Baholash. O'quvchilaming ifodali o'qishi, guruhlarda ishlashi, darsdagi faolligiga qarab va o'z-o'zini baholash natijalari e'lon qilinadi.

VI.Uyga vazifa: She’rni yod olish

Ona tili 10.09.2019

Darsning mavzusi: Gap va so’z

Darsning maqsadi: a)O’quvchilarni tovushlar va harflarni to’g’ri belgilay olishga o’rgatish.

b) O’quvchilarni do’stlariga bo’lgan mehrlarini oshirish, o’zaro

hurmat, do’stlik , hamjihatlik, milliy g’urur ruhida tarbiyalash.

d)O’quvchilarni so’z boyligini oshirish, xotirasini charxlash,

husnixat asosida yozishga o’rgatish.

T/K: O`zini o`zi rivojlantirish kompetentsiyasi — doimiy ravishda o`z-o`zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o`qib-o`rganish,

Milliy va umummadaniy kompetentsiyavatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo`lish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish.

1. Nutqiy kompetentsiya: Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi; og’zaki nutqda so’z va gaplar talaffuziga rioya qila oladi; xatboshi va husnixatga amal qiladi; imlo va tinish belgilarini ishlatish qoidalariga amal qila oladi;

2. Lingvistik kompetentsiya ona tilidagi nutq tovushlarini farqlay oladi, bo’g’in ko’chirish qoidalariga amal qila oladi; mavzuga oid yangi so’zlarni og’zaki va yozma nutqda qo’llay oladi

Darsninig turi: bilim , malaka , ko’nikmalarini shakllantiruvchi dars.

Darsning jihozi: darslik, rasmlar., multimedia ilovasi

Darsning usuli: suhbat, analiz-sintez, tushuntirish.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism. O’quvchilarni ona tili darsiga tayyorgarliklari tekshirib chiqiladi.

II.O’tilgan mavzuni mustahkamlash. O’quvchilarga o’rganilgan mavzular yuzasidan savollar beriladi:

1.Gapning oxiriga qanday belgilar qo’yiladi?

2.Gap qanday harf bilan boshlanadi?

3.”Kuz” mavzusiga doir rasm ko’rsatiladi. Shu rasm asosida gaplar tuzdiriladi.

Uy vazifasi o’qitish orqali tekshirib chiqiladi.

III.Yangi mavzuni tushuntirish.

12- mashq. Uchta gap yozing. Mazmuniga qarab, oxiriga nuqta, so‘roq, undov belgilarini qo‘ying.

13-mashq. 0‘qing.

Men maktabga har kuni mana shu katta yo‘l bilan boraman. Yo‘lning chetida bir oyoq so‘qmoq bor. O‘ng tomonidan katta kanal oqadi. Kanalning ikki tomonida qator mirzateraklar...

Nosir Fozilov

Nechta gap o‘qidingiz? Gaplarni husnixat qoida- lariga amal qilib yozing.

Dam olish daqiqasi o’tkaziladi.

IV.Mustahkamlash.



14-mashq. Sharti tushuntiriladi.

Ziroat opa ishdan qaytganda qizchasi Odila eshik oldida o‘ynab yurgan edi. U yugurib bo- rib, onasini quchoqladi. Ona Odilaning pesho- nasidan o‘pdi. Sumkasidan uch dona konfet ham olib berdi.

Mahmud Murodov

Nechta gap o‘qidingiz? Gaplarni yana qayta o‘qing.

Eslab qolganlaringizni yozing.

V. Baholash. Izohli baholanadi.

VI.Uyga vazifa. 15-mashq. 8- bet.


Matematika 10.09.2019

Mavzu: 96—44 ko'rinishidagi misollarni yechish. Misollarning yechilishini taqqoslab, qulay usulini toptirish

Maqsadlar: Ta'limiy: a) o'quvchilarning o'tilgan mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini didaktik o'yinlar yordamida boyitib borish; b) ayirishning qulay usullarini tanlashga o'rgatish.

Tarbiyaviy: Har bir matematik muammolarni ahillik, birodarlik, hamjihat- lik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o'quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.

T/K:: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.

Fanga oid kompetensiyalar. O'quvchilar dars yakunida 96-44 ko'rinishidagi misollarni tushuntirib yechish haqida bilimga ega bo'ladilar. Sonlarni xona birliklarining yig'indisi ko'rinishida ifodalashni o'rganib oladilar



T/K:Milliy va umummadaniy kompetentsiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo`lish,

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo`lish hamda foydalanish kompetentsiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy fikrga ega bo`lish

F/K:1. Matematika mazmuniga oid umumiy kompetentsiya: berilgan sonlarni o’qiydi, yozadi, taqqoslay oladi, tartibga solib, turli ko’rinishlarda tasvirlay oladi; ifodaning qiymatini, sodda amaliy, matnli va mantiqiy masalalarni og’zaki va yozma hisoblay oladi;

Darsning turi: suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “To’g’risini tez top”, “Eng vijdonli o’quvchi”, “O’zingni halol bahola” o’yinlari.

Darsning usuli: jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.

Darsning jihozi: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga oid rasmlar.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism: . Darsni tashkillash. Matematik daqiqa o‘tkazish

  2. O'tilgan mavzuni mustahkamlash: Uy vazifasini tekshirish. 6,7- misol.

O'tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida «Topgan topaloq» didaktik o'yinidan foydalanish.

O'yin qoidasi bilan tanishtiriladi. Magnit doskagabir necha xil gul va uning barglari tasvirlangan rasmlar yopishtirilgan bo'ladi.

Dam olish daqiqasini o'tkazish (qo'shiq kuylanadi).

III. Yangi mavzu bayoni:

1-misol. 96 - 44 = □□ yoki 96-44= □□

90-40 = 50 96-40 =56

6-4 = 2 5 6- 4 = 52

50 + 2 = 52 96 - 44 = 52

96-44 = 52



Misolni yechishda o'nliklardan o'nliklar, birliklardan birliklarni ayirib yechiladi. Qaysi usul qulay ekanligini bilish uchun o'quvchilar fikrini aniqlash.

2-masalani og'zaki va yozma ravishda bajarib yechish.

Masalaning qisqacha yozuvi:

Anorli yashik - 12 kg. Yechish: 12-4=8 kg

Uzumli yashik - ?, 4 kg yengil. Javob: Uzumli yashik 8 kilogramm.

3-misolni yechish.

87-34 = 53 90-50 = 40 98-64 = 34 58-32 = 26

38-12 = 26 70-30 = 40 29-13 = 16 46-24 = 22

4-masalani og'zaki yechish. Bor edi - 18 m atlas.

Qirqib olindi -8m atlas. Yechish: 18-8=10 m



Qoldi - ? m atlas. Javob: To'pda 10 metr atlas qolgan.

5-misol. Misollarni tushuntirib hisoblang:


Namuna: 40+30=70

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: Boshqotirma. Faqat qo'shish amalidan foydalanib 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 raqamlari yordamida 89 sonini hosil qiling.

Javob: 18+12+5+24+23+7=89; 26+4+17+13+21+8=89.



V..Baholash. O'quvchilarning bilimini baholab, rag'batlantirish.

VI. Uyga vazifa: 6, 7-misol. Ularni yechish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar beriladi.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa