Hozirgi zamon Usmon musʼhafi
Qur’onning birinchi „Fotiha“ surasi
Qurʼonning har bir nusxasi musulmonlar tomonidan eʼzozlanadi. Ammo ularning ichida Usmon Qurʼonlarining alohida oʻrni bor. Toshkentda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasining maxsus hujrasida saqlanayotgan Usmon Qurʼoni bevosita xalifa Usmon davrida (644—656) yozilgan muqaddas qoʻlyozma deb hisoblanadi. Hozirgi kunda jahonda „Usmon Qurʼoni“ degan nom bilan ataladigan 4 qoʻlyozma mavjud. Ulardan biri Madinada saqlanayotgan asl nusxa boʻlib, islom manbalarida u „Imom“ deb ataladi. Ikkinchi nusxa Kaʼbada, uchinchi nusxa Qohira (Misr milliy kutubxonasi)da saqlanmoqda. Toʻrtinchisi Toshkentda Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyida uzoq vaqt saqlanib, 1989-yil boshida musulmonlar qurultoyida Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasiga saqlash uchun topshirilgan. Boshqa tadqiqotchilar (Ahadjon Hasanov va boshqalar) maʼlumotiga koʻra, Toshkentdagi Usmon musʼhafidan tashqari Qohira va Istanbul shahrida (2 ta) saqlanayotgan nusxalari mavjud. Toshkentda saqlanayotgan Qurʼonning bu yerga kelib qolishi tarixi haqida turli taxminlar bor. Koʻpchilik tadqiqotchilar uni Amir Temur Basradan Samarqandga olib kelgan, degan fikrni bildiradilar. Boshqa tarixchilar (Hamid Ziyoyev va boshqalar) Amir Temur Toʻxtamishni magʻlubiyatga uchratib, Oltin Oʻrdani egallaganidan keyin, oʻsha Qurʼonni qoʻlga kiritib, Samarqandga keltirgan, degan xulosada. Tarixda yana boshqa farazlarga ham duch kelinadi. Ushbu Qurʼon 1868 (baʼzi manbalarda 1869-yil) Samarqanddan Sankt-Peterburgga olib ketiladi va avval Rossiya xalq maorifi vazirligiga, soʻngra shahardagi Saltikov-Shchedrin kutubxonasiga beriladi. Oktyabr toʻntarishidan soʻng, musulmonlar qurultoyining iltimosiga koʻra, RSFSR XKSning qarori bilan musulmonlarga qaytarib berilgan. Avval Ufada saqlanib, 1923-yilda Toshkentga keltirilgan. Bir necha vaqt Samarqandda, keyin Toshkentdagi Respublika xalq kutubxonasida, OʻzSSR FA Sharq qoʻlyozmalari institutida saqlangan. 20-asr boshlaridagi tekshiruvga koʻra, musʼhafning umumiy hajmi 68x53 sm hisoblanib, 353 varaqdan iborat boʻlgan. Bu varaqlarning yaltiroq va sargʻish rangdagi yuz tomoni yaxshi saqlanib, ularning orqa beti salgina gʻijimlangan, bir oz uringan kabi koʻrinar edi. musʼhafning sahifalari nam tortishi natijasida bir muncha shikastlangan va ularda qon dogʻlari bor edi. Uning yirtib olingan yoki qattiq shikastlangan varaqlari oʻrniga 69 ta teriga oʻxshash qalin va mayin varaqlar tikib qoʻyilgan. Bu varaqlar paxta qogʻozlardan mohirlik bilan ishlangan boʻlib, ularni musʼhafning asl sahifalaridan farqlash qiyin edi.
Qurʼonning asosiy gʻoyasi
Malika Bilqisning Shoh Sulaymonga tashrifi. Edvard Poynter, 1890-yil. Qadimgi Ahdda Sulaymon etti yuz xotin va uch yuz kanizak olgan va qarilik chog'ida bid'atchi sifatida U butlarga sajda qilgan. Sulaymon Qur'onga odamlar, jinlar va tabiat ustidan hukmronlik qilgan payg'ambar-podshoh sifatida kirdi.
Qurʼonning asosiy gʻoyasi — Alloh toʻgʻrisidagi taʼlimotdir. Uning mavzusi va mohiyati insonlar tafakkurida koʻpxudolikka barham berish, yakkaxudolikni targʻib qilish va islom dinini qaror toptirishdir. Shu bilan bogʻliq ravishda unda paygʻambarlar, oxirat, taqdir va boshqalar haqidagi aqidalar bayon etiladi. Alloh Qurʼonda oʻzining Odamato, Nuh, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaʼqub, Muso, Dovud, Iso, Muhammad va boshqa paygʻambarlarini zikr etadi. Ularga yuborilgan din — islom ekani, Tavrot, Zabur, Injil va Qurʼon oʻzi nozil qilgan ilohiy kitoblar ekani, yahudiylar, nasroniylar va musulmonlarni „ahli kitob“ deb atab, ularning eʼtiqodlari vahdoniyat ekanini Qurʼon oyatlarida qayta-qayta uqtiradi. Qurʼonda asosiy ibodat talablari (namoz, roʻza, zakot va boshqalar) belgilab berilgan. Undagi axloqiy va huquqiy normalar keyinchalik shakllangan shariatga asos qilib olingan.
Qurʼonda insoniyatning etnik boʻlinishi, ijtimoiy tabaqalanishi, ayirmachilik, millatchilik inkor etiladi. Alloh nazdida barcha tengdir. Insonlar Alloh tomonidan millati, nasabi, boyligi, imtiyozi va h.k.ga qarab emas, balki ularning qalbi va qilgan yaxshi yoki yomon amallariga qarab hukm qilinadilar.
Diniy eʼtiqodda mustahkam turish, yaxshilik, ezgulik, savob ishlar, mehr-shafqat, miskin va muhtojlarga yordam berish, insonparvarlikni ulugʻlash barcha ilohiy kitoblar kabi Qurʼonning mazmuni-mohiyatini belgilaydi. Unda tekinxoʻrlik, birovlar haqini yeyish, boshqalar hisobiga yashash, poraxoʻrlik, ishyoqmaslik, jabr-zulm, oʻgʻrilik, qotillik, dilozorlik, fitnachilik, kibru havo qoralanadi. Barcha xalqlar bir ota-onaning avlodi ekani eslatiladi.
Ulamolar Qurʼon oyatlarini Allohning amrlari va nahiylar (yaʼni moʻmin bandalarga buyurganlari va qilmanglar deb qaytarganlari), vaʼda va vaʼidlari (yaʼni bandalarga dunyo va oxiratda savob amallari uchun yaxshilik berurman deya qilgan vaʼdalari-yu, dunyo hamda oxiratda gunoh ishlari uchun azoblayman deb qoʻrqitishlari), avval oʻtgan ummatlar, paygʻambarlarning tarixlari, halol-harom narsalar, banda qilishi kerak boʻlgan duolar kabi qismlarga boʻladilar.
Kehf sahobalari yashagan deb ishonilgan o'nlab g'orlardan biri (Selchuk / Izmir): Dostonga ko'ra eng qadimiysi Mahaprasthanika Parvada, etti kishi it bilan birga shohlikdan yuz o'girgan va taqvo uchun dunyo. Afsonaning nasroniycha versiyasi Suruchdan Yakup tomonidan ishlab chiqarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |