Bill g'uj b o ‘lib yotgan itlarga nazar soldi, keyin k o‘zlarini ishqab
diqqat bilan tikildi, so'ng yana o'rniga yotdi.
— Genri! — deb chaqirdi u sherigini. — Genri!
Genri ko'zlarini ochgisi kelmay g'ingshidi:
— N im a bo'ldi?
— Hech nim a, — dedi Bill, — faqat ular yana yettita bo'lib qolishibdi.
Hozirgina sanadim.
Bunga javoban G enri po'ng'illab qo'yd i-d a, o'sha zahoti uyquga
ketdi. Zum o'tm ay uning xurragi eshitildi.
Ertalab G enri barvaqt sherigini uyg'otdi. Soat oltiga yaqinlashib
qolgan bo'lsa ham kun yorishishiga hali uch soatcha vaqt bor edi.
G enri qorong'ida timirskilanib nonushta hozirlashga tutindi. Bill esa
o'rin-to'shakni yig'ishtirib buyumlarni chanaga orta boshladi.
— Menga qara, G enri, nechta itim iz bor deganding? — deb so'radi
u kutilmaganda.
— Oltita.
— Bekorlarni aytibsan! — dedi balanddan kelib Bill.
Do'stlaringiz bilan baham: |