yumuq ko'zlariga ta ’sir qilar hamda behad yoqim li va shu bilan birga
g'alati hislar qo'zg'atayotgan haroratli sh u ’lalardan q ovog'i jim irlay
boshlardi. U bamisli quyoshga talpingan kungaboqar singari borliq vujudi
bilan istasa-istam asa shu nurga talpinar edi.
Bo'ri bolasi bir nimalarni g'ira-shira anglaydigan bo'lmasdan awalroq
dam-badam g'or og'ziga sudralib borardi. Hamzotlari undan bir nafas
ajralmasdilar. Hayotlarining mana shu davrida ulardan birontasi g'orning
qop-qorong'u qismiga bormasdi. Bamisli ular bir maysa-yu, g'or og'zidan
tushayotgan nur quyosh, ularning vujudida uyg'onayotgan hayot nurga
talpinar edi, ularning yashashi uchun nur nihoyatda zarur edi, shu boisdan
ko'zlari yarim ochiq, jajjigina bo'ri bolalari beixtiyor unga talpinardilar.
Keyinchalik ham ularning har biri, mustaqil harakat qila oladigan va
Do'stlaringiz bilan baham: |