yarim tasining qulog'idan tishlab silkigancha irillab u yoqdan-bu yoqqa
sudragan va yerga bulg'ashni odat chiqargan ham u edi. Shubhasiz,
boshqa bolalaridan ko'ra u ko'proq onasini tashvishga solardi.
G 'or og'zidan tushayotgan nur Kulrang bo'rivachchani tobora o'ziga
oshufta qilardi. U dam sayin tashqariga chiqish uchun g'orda timirski-
lanib yurar va xuddi shu alpozda sudrab joyiga keltirib qo'yishardi.
T o'g'ri, u tashqariga g'or og'zi orqali chiqilishini hali bilmasdi. U bir
yerdan boshqa yerga olib boradigan har xil kirish va chiqish yo'llari
borligidan shubhalanm asdi ham. U m u m an , u boshqa joylar mavjud-
ligidan bexabar edi. U yoqqa qanday borilishi haqida-ku gap bo'lishi
mum kin emas. Shuning uchun g'orning og'zi unga to'siq — nur to'sig'i
bo'lib ko'rinar edi. Erkinlikda yashayotganlar uchun quyosh qanday
Do'stlaringiz bilan baham: |